Mavzu: Talabni tahlil qilishning asosiy konsepsiyalari


Nazorat qilinmaydigan omillar


Download 0.89 Mb.
bet5/5
Sana15.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1704338
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 mavzu strategik marketing Amal

Nazorat qilinmaydigan omillar - tashkilot va marketing xizmatlari tomonidan boshqarila olmaydigan faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tarkibiy qismlardir. Nazorat qilinmaydigan omillarning salbiy ta’siri natijasida qanchalik jozibali bo‘lmasin, har qanday reja barbod bo‘lishi mumkin. SHuning uchun tashqi muhitni muntazam kuzatish, uning ta’sirini hisobga olish lozim bo‘ladi, kutilmagan vaziyatlar sodir bo‘lganda qilinadigan ishlar rejada ko‘zda tutilishi kerak. Quyidagi nazorat qilinmaydigan omillarni hamisha hisobga olish va oldindan ko‘ra bilish talab qilinadi: iste’molchilar, raqobat, hukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari.

Demak, yuqoridagilardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, firma yoki korxonaning butun faoliyati to‘la-to‘kis bozor munosabatlarni mujassamlashtiradi. Firma va bozor tushunchalari, bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan iqtisodiy kategoriyalar hisoblanadi. CHunki firmalar faoliyatisiz bozor bo‘lishi mumkin emas.



Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatib, dialektik bog‘liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni egallashiga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi o‘zgarishlar - bozor munosabatlari sabab bo‘ladi.
Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling