Mavzu: Talabni tahlil qilishning asosiy konsepsiyalari
Mutlaq va joriy bozor salohiyati
Download 0.89 Mb.
|
5 mavzu strategik marketing Amal
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozorning joriy salohiyati
Mutlaq va joriy bozor salohiyati. Iqtisodiy omillardan qat’i nazar, potensial bozor vaqt mobaynida iste’mol xarakteriga ta’sir ko‘rsatadigan madaniy va ijtimoiy omillar ta’siri ostida rivojlanib borishi mumkin. Bundan tashqari, atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi g‘amxo‘rlikning kuchayishi ekologik jihatdan toza asbob-uskunalarga bo‘lgan talabni rivojlantiradi. Hozirgi paytda kichik va o‘rta firmalarda axborot tizimlaridan foydalanish tarqatish, nusxa ko‘chirish va o‘qitish jarayonlari natijasida, ya’ni ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan marketing bosimidan qat’iy nazar, kengayib bormoqda.
SHu munosabat bilan ikki tushunchani: bozorning «mutlaq» salohiyati bilan bozorning «joriy» salohiyatini bir-biridan farqlash lozim. - Bozorning joriy salohiyati tushunchasiga yuqorida ta’rif berildi, u 4.2 - rasmda tasvirlangan, uni amalga oshirish raqobatchilar tomonidan ko‘rsatilayotgan marketing bosimi darajasiga bog‘liqdir.
Bozorning mutlaq salohiyati maksimal talabga mos keladi, ya’ni bunda potensial iste’molchilar tovarni har safar optimal miqdorda iste’mol qiladilar. Shunday qilib, bozorning mutlaq salohiyati uning joriy salohiyatining yuqori chegarasiga mos keladi. Ushbu ikki tushuncha o‘rtasidagi nisbat quyidagi rasmda tasvirlangan. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bozorning mutlaq salohiyati tushunchasi bozor hajmi tushunchasiga yaqin bo‘lib, bu tushuncha tovar «erkin» bo‘lganda, ya’ni mutlaqo tekin narxda taklif qilinganda uning bozor tomonidan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan hajmini tavsiflaydi. Amalda esa bozor salohiyati har doim tovarning aniq narxi uchun aniqlanadi. Shunday qilib, bozorning mutlaq salohiyatini bozordagi talab intiladigan chegara sifatida tushunish lozim. Bu tushunchaning foydaliligi shuki, u mazkur bozor ega bo‘lgan iqtisodiy imkoniyat ko‘lamini baholashga imkon beradi. Bozorning mutlaq salohiyatini hisoblashda uch fikrga asoslaniladi: tovarning har bir potensial iste’molchisi real foydalanuvchidir; har bir foydalanuvchi tovardan foydalanish imkoniyati vujudga kelgan har bir holatda undan foydalanadi; tovardan har safar optimal miqdorda foydalaniladi. 4.3-rasmda bozorning mutlaq salohiyatining vaqtga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Uning evolyusiyasi iste’molchilarning odatlaridagi o‘zgarishlar, madaniy qiymatlar, daromad va narx-navolar, texnologiyalar, davlat me’yorlari va shu kabi tashqi omillarga bog‘liqdir. Firma bevosita nazorat qila olmaydigan ushbu omillar bozorning rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zan firmalar bu tashqi sabablarga bilvosita ta’sir ko‘rsata olishlari mumkin (masalan, lobbi vositasida), biroq ularning imkoniyatlari cheklangan. Shuning uchun firmaning asosiy xatti-harakatlari muhitdagi o‘zgarishlarni avvaldan bilishga qaratilgan bo‘ladi Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling