Mavzu: Talabni tahlil qilishning asosiy konsepsiyalari


Birlamchi talab reaksiya funksiyasi sifatida


Download 0.89 Mb.
bet2/5
Sana15.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1704338
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 mavzu strategik marketing Amal

Birlamchi talab reaksiya funksiyasi sifatida. Bozor salohiyati talabning ma’lum bir vaqt oralig‘idagi eng yuqori ko‘rsatkichiga mos keladi. Tarmoqdagi birlamchi talab bilan umumiy marketing faoliyati (o‘zgarmas makromuhit sharoiti uchun) o‘rtasidagi munosabat quyidagi 4.2- b rasmda ko‘rsatilgan. Agar vertikal o‘q bo‘ylab birlamchi talab va gorizontal o‘q bo‘ylab umumiy marketing faoliyati qo‘yilsa, javob funksiyasi «S» shaklida bo‘ladi.

Demak, marketing bosimi bir xilda bo‘lganda ham birlamchi talab iqtisodiyot taraqqiy etgan davrda yuqori va iqtisodiyot susaygan davrda past bo‘ladi. Birlamchi talabni E(Q) kerakli darajada ushlab turish uchun taraqqiyot davridan turg‘unlik davriga o‘tilganda marketing xarajatlari M1 dan M2 - gacha ko‘payishi kerak (4.2-rasmga qarang).



Firma muhitning mavhumligi oldida mutlaqo ojizdir; uning qo‘lidan keladigan birgina narsa - birlamchi talab, ayniqsa, sezgir bo‘lgan asosiy omillar ustidan ishonchli nazorat qilib borish tizimini barpo etish yo‘li bilan kelajakni oldindan ko‘rishga urinib ko‘rishdir.

Kengayadigan va kengaymaydigan birlamchi talab. Birlamchi talabning minimal va maksimal darajasi o‘rtasidagi farq bozor imkoniyatlarining ko‘lamini tavsiflaydi.


  1. Egri chiziqning birinchi qismi bilan ifodalangan talab birlamchi talab deb ataladi, chunki birlamchi talab miqdoriga hajmni yoki umumiy marketing faoliyatining intensivligini o‘zgartirish orqali osonlik bilan ta’sir ko‘rsatish mumkin.

Egri chiziqning ustki qismida talab noelastik bo‘lib boradi, unga tegishli bozor esa kengaymaydigan bozor deb ataladi. Marketing faoliyatining yanada kuchayib borishi etuklik bosqichiga etgan bozorning hajmiga ta’sir qilmaydi.

Shunday qilib, kengaymaydigan bozorda uning hajmi aniq belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Savdo hajmining biror firma foydasiga salgina ortishi muqarrar ravishda uning bozordagi ulushi ham ortishini anglatadi.

Bozor salohiyatining mohiyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar xususida to‘xtalib o‘tamiz. Mahsulotga bo‘lgan umumiy talab xususiyati talabning o‘zgarishi va talab hajmining o‘zgarishi singari, bozorning kengligi va undagi xaridorlar ishtiyoqiga bog‘liq bo‘ladi. Bozor talabi funksiyasi vositasida yalpi talab miqdori tebranib turadi. YAlpi talab miqdori o‘z navbatida mamlakat, viloyat, tarmoq kabi ko‘lamlarda, turlicha davr mobaynida o‘ziga xos o‘zgarish xususiyatlariga ega bo‘ladi. Demak, yalpi talab o‘zining yuqori va quyi chegaralariga ega bo‘ladi. Jami talabning yuqori chegarasini ifodalovchi miqdor bevosita bozor salohiyatini aks ettiradi.

U holda bozor salohiyati yalpi talab miqdorini aks ettiradigan ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Bozor salohiyati ayrim adabiyotlarda bozor sig‘imi tushunchasi bilan tenglashtiriladi. Lekin, ko‘pgina xorijiy adabiyotlarda salohiyat tushunchasi yalpi talabni miqdoriy ko‘rsatkichi sifatidagina qaraladi.

Bozorda doimiy faoliyat ko‘rsatayotgan firmalar o‘zlariga mos keluvchi talab miqdoriga ega. Firma mahsulotiga bo‘lgan talab miqdori yalpi talabning funksiyasi sifatida bozorda muayyan firmaning mumkin bo‘lgan va amaldagi ulushini ifodalaydi. U holda firma o‘z mahsulotlariga talab funksiyasi va firmaning ishtiyoqlari funksiyasi sifatida yalpi talab ham o‘zgarib turadi.




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling