H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Byudjetning uch holati bo‘lishi mumkin
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
Byudjetning uch holati bo‘lishi mumkin:
— defitsit, ya'ni xarajatlarning daromadlardan oshib ketishi; — ijobiy qoldiqning mavjudligi, ya'ni daromadlaming xarajatlardan oshib ketishi; — balanslangan, ya'ni daromad bilan xarajatning tengligi. Darhaqiqat, amalda daromad va xarajatlarning to‘la tengligiga erishish 35 amrimahol. Shuning uchun balanslangan budjetda defitsit yoki ijobiy qoldiq umumiy xarajatlardan bir foizdan oshmagan bo‘lsa hisoblanadi. Davlat moliyaviy siyosatining mazmuni moliyaviy stabilizatorlardan foydalanish mexanizmini tashkil etishdir. Moliyaviy stabilizatorlarga quyidagilar kiradi: — soliqlar va soliqqa tortish; — davlat sug‘urtasi; — davlatning dotatsiyalari, subsidiyalari, subvensiyalari va tovon to‘lovlari; — fuqarorlarning shaxsiy jamg‘armalari. Ushbu stabilizatorlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri quyidagicha. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish salohiyatiga, ayrim tarmoqlarning, xo‘jalik sub'ektlarining va tadbirkorlarning ish faoliyatiga soliqlar o‘ziga xos tartibga soluvchi, rag‘batlantiruvchi, taqsimlovchi va fiskal funksiyalari orqali o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Soliqlarning o‘sishi o‘z navbatida investisiyalarga bo‘lgan talabning kamayishiga imkon yaratadi. Soliqlarning pasayishi xo‘jalik sub'ektlarining va fuqarolarning erkin bo‘lgan pul mablag‘larini o‘sishiga olib keladi. Bu esa kapital mablaglarga bo‘lgan talabning darajasini ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Davlat sug‘urtasi mamlakat va uning mintaqalari iqtisodiyotini rivojlantirish darajasini va fuqarolarning farovonligini barqarorlashtirib turishga xizmat qiladi. Davlatning dotatsiyalari, subsidiyalari, subvensiyalari va tovon to‘lovlari ma'muriy-hududiy tuzilmalarning iqtisodiy salohiyatiga, fuqarolarning hayot darajasining pasayishiga va ishsizlikning ko‘payishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Fuqarolarning shaxsiy jamg‘armalari — bu ularning istiqbolda ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘larining bir qismidir. Iqtisodiyotning inqirozga uchrashi va uning asosida ro‘y beradigan pulninng qadrsizlanishi (inflyatsiya) o‘z navbatida fuqarolarning shaxsiy jamg‘armalarining kamayishiga olib keladi. Fiskal stabilizatorlardan davlat va uning viloyatlarining budjetini shakllantirishda foydalaniladi. Davlatning moliyaviy siyosati pul siyosati bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi tufayli, uni umumlashtirib pul-kredit siyosati deb atashadi. Lekin ,,kredit" mustaqil iqtisodiy kategoriya hisoblanmaydi. Kredit munosabatlari bu moliyaviy munosabatlarning bir qismi bo‘lsa, kredit moliyaviy kategoriya hisoblanadi. Shuning uchun kredit siyosati — bu moliyaviy siyosatning 36 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling