H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Maktab yoshidagi o‘quvchilarning kun tartibi
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
Maktab yoshidagi o‘quvchilarning kun tartibi:
O‘quvchilarning uzoq vaqt davomida ish qobiliyati va nerv sistemasi qo‘zg‘alishini yuqori darajada saqlashda kun davomida mehnat va dam olish vaqtining to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlashda oqilona tashkil etilgan kun tartibi katta ahamiyatga ega. Maktab o‘quvchilarining kun tartibini tuzishda nerv sistemasining funksional biologik ritmi asos qilib olinadi. Ko‘pchilik sog‘lom bolalarda bosh miya yarim sharlari qo‘zg‘alishining yuqori ko‘rsatkichlari ertalabgi va kunduzgi soatlarda,uning pasayishi esa kechki soatlarda kuzatiladi. Kuzatishlar o‘quvchilarning ish qobiliyatlari ko‘rsakichlari o‘zgarishining, yani kun davomida bu ko‘rsatkichning 2 marta ortishini (1-si soat 8 dan 12gacha, 2-si 16 dan 18 gacha bo‘lishini) aniqlanadi. Ish qobiliyatining birinchi ko‘tarilishi ikkinchisiga nisbatan yuqori va davomliroq bo‘ladi. Lekin hamma bolalarda 215
maktabyoshidagibolalarningfiziologikfunksiyalariningdavriy o‘zgarishini maxsus tatbiq qilish ularni turli xarakterdagi bioritm guruhlariga ajratishga imkon beradi.Birinchi guruhni kun mobaynidagifiziologikko‘rsatkichlari2martaortishikuzatilgan bolalar, ikkinchi guruhni esa funksional ko‘rsatkichlari kunning o‘rtacha 1 marta ko‘tariladigan bolalar tashkil etadi. Uchinchi guruhga yuqori funksional qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan bolalar to‘rtinchi guruhga fiziologik ko‘rsatkichlar inert bo‘lgan bolalar, beshinchi guruhga esa bu ko‘rsatkichlar noto‘g‘ri ko‘rinishga ega bo‘lgan bolalar kiradi. O‘quvchilarning kun tartibini organizm fiziologik funksiyalarining tabiiy ortishi va pasayishi davrlariga mos kelgan ravishda tuzish lozim. U quyidagi tarkibiy qismlarni : 1. Maktab va uydagi o‘quv mashg‘ulotlarini; 2. Ko‘proq ochiq havoda dam olishi; 3. Muntazam va to‘laqonli ovqatlanish; 4. Gigiyenik jihatidan to‘laqonli uyqu; 5. O‘z xohshiga qarab tanlangan mashg‘ulotlarga (badiiy kitob o‘qish, musiqa bilan shug‘ullanish, rasm solish va boshqalar) ham vaqt ajratishni o‘z ishiga oladi. O‘quv mashg‘ulotlari maktab o‘quv ishlari rejasi asosida tuziladi.Masalan,boshlang‘ich(1-4)sinflargakunda4-5soat darsvayuqori(5-11)sinflarga5-6soatdarsbelgilanadi Uyda dars tayyorlash o‘quv-tarbiya jarayonida mustaqil ishlarning muhim qismidir. U tushlik va dam olishdan so‘ng bosh miya hamda organizmning barcha sistemalarning funksional faoliyati yuqori bo‘lgan vaqtda bajarilishi lozim. Uy vazifalarini maktabdan keliboq bajarish kerak emas. Tushlik qilish, so‘ng toza havoda hordiq chiqarish va shundan keyin uy vazifasini 216
o‘quvchi darsni ertalab nonushtadan keyin bajarishi lozim. Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling