H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


 Sirroz - jigar hujayralarning biriktiruvchi to‘qimalarga aylanishi (qotishi). 19. Transfuziya


Download 485.49 Kb.
bet107/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

18. Sirroz - jigar hujayralarning biriktiruvchi to‘qimalarga
aylanishi (qotishi).
19. Transfuziya - qon va qon preparatlarini quyish.
Nazorat uchun savollar
1. Infeksiya tushunchasiga ta’rif bering.
2. Yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi uchun qanday 
sharoitlar bo lishi kerak?


205
3. Yuqumli kasalliklarning qaysi tasnifi ко ‘proq ishlatiladi?


4. Nafas olish tizimi infeksiyalarini qanday tekshirish 
usullarini bilasiz?
5. Yuqumli kasalliklarni qanday tekshirish usullarini bilasiz?
6. Yuqumli kasalliklarning maxsus profilaktikasini qanday 
tushunasiz?
7. Yuqumli kasalliklarning umumiy profilaktikasida qanday 
tadbirlar о ‘tkaziladi?
8. DOTS nima?
9. Infeksiyani aniqlash uchun bilvosita tekshirish usullariga 
nimalar kiradi?
10. Outurish va kiiydirgi kasalliklarining oqihatlarini ayting.


206
IX-bob


Maktab yoshidagi bolalarning salomatligini himoya 
qilishda hamshiraning o‘rni
Reja:
1. Bolalalik davrlari va uning xususiyatlari.
2. Bolalarning jismoniy rivojlanishi.
3. Bolalar va o‘smirlarning kun tartibi.
4. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar muassasalarida
jihozlarga bo‘lgan gigienik talablar.
5. Bolalarning ovqatlanish tartibi.
6. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar salomatligiga
ta’sir etuvchi omillar.
7. Sog‘lom avlod davlat dasrurining asosiy yo‘nalishlari.
8. Kasalliklarni oldini olishda dispanserning roli va
hamshiraning vazifalari.
Bolalar organizmi muayan qonuniyqtlarga asoslangan holda
tinmay o‘sib, rivojlanib boradi. Bola o‘sib rivojlanish jarayonida
ma’lum bir davrlarni boshidan kechiradi. Har bir davr boladagi
o‘ziga­xos­anatomo-fiziologik­xususiyatlar­bilan­ta’riflanadiki,­
ushbu hususiyatlar jamlanib bola organizmining reaktiv xossalari
va qarshilik qilish qobilyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bu esa, o‘z
navbatida, turli yoshdagi bolalarda aniq bir kasalikning o‘tishiga
va patologik jarayonlarning o‘ziga xos kechishiga olib keladi.
Pediatriyada bolalik davrlarining N.P.Gundobin taklif etgan
sxemasi amaliy jihatdan qulayligi uchun qabul iqlingan. Bunga
muvofiq­bolalik­davrlari­quyidagi­davrlarga­bo‘linadi.
1. Bolaning ona qornidagi rivojlanish davri-urug‘lanishdan
to to‘g‘ilgagacha (9 kalendar oyi, 10 akusherlik oyi, 39-40 hafta
yoki 270-280 kungacha) davom etadi.


207
2. Embrional davr(embrion)-homiladorlikning dastlabki 3


oyi:
3. Platsentar davr(homila)-3 oydan keyingi davr;
4. Chaqaloqlik davri-28 kungacha
5. Sut tishlari davri:
a) maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi davr-(katta yasli
yoshi);
b) maktabgacha tarbiya yoshi-(bolalar bog‘chasiga qatnash)
davri;
6. O‘smirlik davri(kichik maktab yoshi);
7. Balog‘atga yetish davri(katta maktab yoshi).
Yuqoridagi davrlarning har birda, e’tiborga olinishi zarur
bo‘lgan ma’lumotlar haqida to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Maktabgacha tarbiyadan oldingi davri - 1 yoshdan 3
yoshgacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi. Bu davrning
xarekterli tomonlari shundan iboratki, bola juda serharakat,
qiziquvchan, atrof-muhit bilan ko‘proq muloqotda bo‘ladigan
bo‘lib qoladi. Shuning uchun bolaga gigiyenik ko‘nikmalarni
ko‘proq singdirish zaruriyati tug‘iladi. Bu davrda bolalarda
qizamiq, qizilcha, ko‘kyo‘tal, suvchechak, dezenteriya, virusli
gepatit, o‘tkir respirator infeksiyalar, skalatin va boshqa
kasalliklar bilan og‘rishi hollari ko‘proq uchraydi. Ayniqsa,
shu yoshdagi bolalarda organizmning turli sabablarga ko‘ra
zaiflashishi,­sil­intoksikatsiyasining­yuzaga­chiqishiga,­ba’zida­
esa uning lokal formalariga o‘tib ketishiga ham olib keladi.
Maktabgacha tarbiya davri-3 yoshdan 6-7 yoshgacha
oraliqni o‘z ichiga oladi va bu davr bola organizmining oldingi
davrlariga nisbatan anchagina musthkamlanishi, muskullarining
rivojlanib baquvvatlashishi,katta yoshdagi kishilar bilan bir
xil ovqatlanishga o‘tilishi bilan xarakterlanadi.Bu davrning
oxirlariga kelib bolada sut tishlari almashina boshlaydi,bola


208
intellektual jihatdan mukamallashadi va maktabga borishga


tayyorlanadi.
Bolalardagi kasalliklar deyarli yengilroq va asoratlarsiz
o‘tadi,­lekin­sil­bilan­kasallanish­xavfi­yuqoriligicha­qoladi,­turli­
xil endokrin kasalliklar paydo bo‘lishi ehtimoli oshadi.
Kichik maktab yoshidagi davri – 6-7 yoshdan 11-12
yoshgacha bo‘lib, suyak tizimining rivojlanishi oxiriga yetadi,
muskullari­zo‘r­berib­rivojlanishda­davom­etadi,­fikrlash,yozish,­
uyg‘unlashgan nozik harakatlarni bajarish ko‘nikmalarning
mukammalashishi bilan xarakterlanadi. Sut tishlari doimiy
tishlar bilan almashinib bo‘ladi,bola bog‘cha sharoitidan maktab
sharoitiga moslashadi.Bu yoshdagi bolalarda ham o‘tkir yuqumli
kasalliklar katta ahamiyat kasb etsa ham, kamroq va yengilroq
o‘tishi bilan qolgan davrlardan farq qiladi. Lekin bu davrda
bolalarda revmatizm bilan kasallanish darajasi ortadi.
Bolalarning jismoniy rivojlanishi
Bolalarning jismoniy rivojlanishini baholash katta ahamiyatga
ega bo‘lib, olib borilayotgan barcha parvarish va ko‘zatuv
ishlarining ko‘rsatkichi yoki nishonasi hisoblanadi. Bolalarning
asosiy xususiyatlaridan biri, uning o‘sishi va rivojlanishidir. Bu
ikki tushuncha yoki jarayonga alohida to‘talishni lozim topdik.
O‘sishi-bolada massa (og‘irlik) ortib borishi hisoblansa,
rivojlanish-boladagi turli organ va tizimlarning mukamallashuvi
va diferensiyallashuvini bildiradi.Bu ikki jarayon bolada doimiy
davom etadi, lekin hamma vaqt ham baravar kechmaydi, qaysidir
ma’lum bir davrda ustunlik qilsa, ikkinchisi ikkinchi o‘ringa
tushib qoladi va aksincha.
Bolaning turli davrdagi yoshiga xos farqlari ham ana shu
jarayonlarning qay birining ustun turishi bilan xarakterlanadi.
Bolalarning jismoniy rivojlanishi ularning vazni (og‘irligi),
bo‘yi, ko‘krak qafasi va bosh aylanasi, kattaroq bolalarda
o‘pkasining tiriklik sig‘imi va muskul kuchi, shuningdek,
umumiy ahvolini aniqlash bilan baholanadi.


209


Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling