H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Kasallikning oldini olishda dispanserning roli


Download 485.49 Kb.
bet117/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Kasallikning oldini olishda dispanserning roli
Salomatlikni saqlash va kuzatuvning faol turi dispanse-
rizatsiya—aholini yalpi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va uzluksiz
nazorat ostiga olishdir.
Dispanserizatsiya­davo­profilaktika­usullaridan­biri­bo‘lib,­
kasallikka barvaqt tashxis qo‘yish maqsadida bemorlarni va
shifokor kuzatuviga muhtoj kishilarni tekshirib aniqlash.
Aholining muayyan guruhlari va bemorlarni maxsus hisobga
olib, ular sog‘lig‘ini kuzatib borish: kasalliklar va ulardan
qoladigan asoratlarning oldini olish; bemorlarning sog‘lig‘ini
va mehnat qobiliyatini tezroq tiklash uchun o‘z vaqtida davo va
profilaktyika­o‘tkazish;­dispanser­hisobida­turgan­kishilarning­


232
mehnat va turmush sharoitlarini o‘rganish va kasalliklar


ko‘payishiga imkon beradigan omillarni bartaraf etishni o‘z
zimmasiga oladi.Aholi dispanserizatsiyaasida qatnashuvchi
muassasalarning 3 turi mavjud:
1. Ambulator-poliklinik muassasalar FAP shifokor
ambulatoriyalari tibbiy bo‘lim MSK, territorial poliklinikalar.
2. Ixtisoslashgan dispanser-kardiologiya,onkologiya, teri-
tanosil, buqoqqa qarshi, narkologiya,psixonevrologiya.
3. Viloyat va respublika kasalxonalari ixtisoslashgan
markazlar tibbiyot va ilmiy tekshirish institutlarini shifoxnalari.
Og‘ir surunkali kasalliklar (sil, yurak tomir kasalliklari, me’da
va 12 barmoq ichak yarasi kasalligi va boshqalar) shuningdek,
ko‘pchilik, sog‘lom kishilar, chaqaloq, maktabgacha va maktab
yoshidagi bolalar, 14-18 yoshdagi o‘smirlar hunar-texnika o‘quv
yurtlari o‘quvchilari muntazam dispanser kuzatuvida bo‘ladilar.
Turmush tarzining sog‘lomlashtirish aholi salomatligiga juda
katta ta’sir ko‘rsatadi. Aholiga tibbiy bilimlarni targ‘ib qilishda,
sog‘lom turmush tarzining oldini olishda sog‘liqni saqlash
muassalari, davlat va jamoat, madaniyat va matbuot tashkilotlari
hamkorligida ish olib borishlari zarur.
dispanserizatsiya ishlarini tashkil qilish uchun Sog‘liqni
saqlash vazirligining maxsus qarori chiqarilgan .Buning uchun
1998-yil Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori bilan hamda
aholini guruhlarga bo‘lib chiqish va bu guruhlar uchun maxsus
savollar yozilb, so‘rovnomalar ishlab chiqildi. Poliklinikaga
murojat qilgan har bir bemor savollariga javob yozadi va
savollar natijasi kompyuterga kiritiladi va kompyuter sog‘lig‘i
haqida ma’lumot beradi. Bundan tashqari bemorlarning ham
o‘ziga xos xususiytalarini hisobga olish, bemorlar bilan ish olib
boorish, ular ma’lum guruhlarga bo‘lib, dispanserizatsiya ishlari
olib boriladi.


233
Bu guruhlar:


- maktabgacha bo‘lgan bolalar guruhi;-
- o‘smirlar guruhi;
- mehnat qobilyatiga ega yoshdagi bemorlar;
- qari va keksaygan bemorlar guruhi;
- fertil yoshidagi xotin-qizlar guruhi.
Yil davomida shaharda, viloyatlarda, respublikada biror bir
yuqumli kasallik shubha qilinsa yoki shu kasallik tarqalgan zona
aniqlansa, tibbiy hamshiralar va vrachlar kuniga yoki kunora
ko‘chalarga aholini tibbiy korikdan o‘kazishga jalb qiladilar.
Har xonadonda alohida daftar tutilib, kunlik qilingan nazorat
yozib boriladi .
Agar maktab yoki bog‘chalarda yuqumli kassallik chiqsa,
proflatika­maqsadida­tibbiy­nazoratda­bo‘ladilar.­O‘sha­kasallikni­
yashirin davrigacha bolalar nazoratda bo‘ladilar. Shunday qilib,
sog‘lom turmush tirzi kurashish hozirgi avlodni ng manfaatlari
uchun gina emas, balki kelgusi avlodni eng maqbul genetik
dastur bilan ta’minlash uchun ham zarurdir .
1998-yil 29-dekabr Sog‘liqni saqlash vazirligining “Sog‘liqni
saqlasht tizimini isloh qilish” davlat dasturining qabul qilinishi
va 2007-yil Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va yanada
chuqurlashtirish davlat dasturlarining ishlab chiqarilishi, 2009-
yil 13-aprelda “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza
qilish” va 2009-yil “2009–2013-yillarda aholini reproduktiv
salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom ona va sog‘lom
bola,jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish”
O‘zbekiston Resbublikasi birinchi Prezidenti farmonlarining
qabul qilinishi va ijrosini taminlanishi aholi salomatligini saqlash
va mustahkamlashga xizmat qildi va dispanserizatsiya ishlarini
yanada yaxshilashga imkoniyatlar yaratdi.


234


Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling