H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Muolaja nomi: Yotoq yaralarning oldini olish


Download 485.49 Kb.
bet16/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Muolaja nomi: Yotoq yaralarning oldini olish
Маqsad. Yotoq yaralarni oldini olish va davolashni
o‘rganish.
Kerakli jihozlar. Kamfora spirti, iliq suv, rezina chambar,
yostiq jildi, sochiq.
Bajarish algoritmi
1. Yotgan bemor o‘rin-ko‘rpasini tez-tez to‘g‘rilab turing.
2. Bemor holatini kuniga bir necha marta o‘zgartiring, yotoq
yara lar paydo bo‘ladigan joylar (dumg‘aza, ko‘krak, tovon, ensa,
tirsak va suyak bilan mushak orasida yumshoq to‘qimalar uzoq
vaqt bosilib turadigan sohalar)ga ahamiyat bering.
3. Bemor badanining ozoda bo‘lishini kuzating, har kuni
badanini sochiq bilan arting. Badanning siydik va axlat tegib
ifloslangan­joylarini­suv­bilan­yuving.
4. Bemor terisini kamfora spirti bilan arting.
5. Rezina chambarni bemorning yotoq yaralar paydo bo‘lishi
mumkin bo‘lgan sohasiga qo‘ying. Agar yotoq yara paydo
bo‘ladigan joyda teri qizarib qolguday bo‘lsa, o‘sha sohaga
kuniga 1–2 marta 5 %li kaliy permanganat eritmasidan surting.
Muolaja nomi: Yotoq yaralarni davolash
Kerakli jihozlar. Brilliant yashili, 1 %li kaliy permanganat
eritmasi, sterillangan oqliqlar, malhamlar, yopishqoq plastir.
Bajarish algoritmi
1. Pufaklar paydo bo‘lganda brilliant yashilining spirtdagi
eritmasini surting, so‘ngra quruq bog‘lam qo‘ying.


35
2. Nekroz chegaralangandan so‘ng nekrozlangan to‘qimalarni


olib tashlang va jarohatni 1 %li kaliy permanganat erimasi
botirilgan ste ril salfetka bilan berkiting.
3. Bog‘lamni kuniga 2–3 marta almashtiring. Jarohat tuza-
la boshlaganda vishnevskiy, levamekol malhamlari, sintomitsin
emulsiyasi va boshqa malhamlar qo‘ying.
Eslatma. Shifoxonada yotgan bemorlarda yotoq yaralar paydo
bo‘lishi parvarishning yomonligidan dalolat beradi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling