H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Muolaja nomi: Uy sharoitida tibbiy muolajalarni


Download 485.49 Kb.
bet14/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Muolaja nomi: Uy sharoitida tibbiy muolajalarni
(tana harorati, arterial bosim va pulsni o‘lchash) o‘tkazish
Maqsad. Uy sharoitida tibbiy muolajalar (tana harorati, arte-
rial bosim va pulsni o‘chash) o‘tkazishni o‘rganish.
Kerakli jihozlar. Tonometr, fonendoskop, shpatel, ter-
mometr, soat, kuzatuv kundaligi, sochiq, salfetka, banka, suv,
xloramin kukuni, osh qoshiq, choy qoshiq, cho‘p-tayoqcha, rezi-
na qalpoq, sovun, cho‘tka.
Bajarish algoritmi
qo‘lingizni yuving.
Uyda muolajani bajarish uchin sharoit yarating:
a) kerakli jihozlarni qo‘yish uchun stolni tayyorlang, 0,5 %
li xloraminga botirilgan salfetka bilan arting;
b) termometrni oqar suvda xo‘jalik sovuni bilan yaxshilab
yuving;
d) zararsizlantirilgan termometrni salfetka bilan artib qurit-
ing.
Tana haroratini o‘lchash
Maqsad. Bemorning tana haroratini o‘lchash va uni isitma
varag‘iga belgilashni o‘rganish.
Kerakli jihozlar. Termometr, sochiq, isitma varag‘i zararsiz-
lantiruvchi eritma, ruchka.


32
Tana haroratini qo‘ltiq osti sohasidan o‘lchash


1. Kerakli jihozlarni tayyorlang.
2. Bemorga muolajaning maqsadini tushuntiring.
3. Bemorni qulay vaziyatda o‘tqazing yoki yotqizing.
4. Termometr qo‘yiladigan joyni ko‘zdan kechiring.
5. qo‘ltiq osti sohasini avval ho‘llangan sochiq bilan, keyin
quruq sochiq bilan artib tozalang.
6. Termometrning simobli qismini teriga tegib tu ra di gan qilib
qo‘ltiq osti soha si ga qo‘ying.
7. 5 daqiqadan so‘ng termometrni oling.
8. Termometr ko‘rsatki chini ko‘ring va uni harorat varag‘iga
belgilang.
9. Termometrni silkitib, ko‘rsatkichini 35 gradusdan past-
ga tu shuring.
10. Termometrni oqar suvda xo‘jalik sovuni bilan yaxshilab
yuvib, sochiq yoki salfetka bilan quritib arting va toza banka-
ga so ling.
11. Natijalarni 004 formaga yozing.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling