H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet10/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Tayanch so‘z va atamalar
1. JSST - Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti
2. Epidemiya - kasallikning ma’lum hududda tarqalishi
3. Pandemiya - kasallikning qit’a bo‘ylab tarqalishi
4. Onkologiya - o‘sma kasalliklarini o‘rganadigan bo‘lim
5. Kanserogen - o‘sma kasalliklarini chaqiruvchi moddalar
6. DPM -­davolash-profilaktika­muassasalari
7. YUNESEF - BMT Bolalar jamg‘armasi
8. YUNESKO - BMT Aholi jamg‘armasi


23
9. Reproduktiv salomatlik- insonlarni jismoniy, ruhiy-aqliy,


jinsiy yetukligi.
10. OITS - orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi.
Nazorat uchun savollar
1. Jamoa deganda nimani tushunasiz?
2. Jamoada hamshiralik ishi ta ‘rifini aytib bering.
3. Jamoa hamshirasining ish joylari hisohlangan joylari 
haqida gapirib bering.
4. Tibbiyot va jamoada hamshiralik ishi fanining rivojlanishiga 
ta ‘sir qilgan sharoitlar?
5. О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining tibbiyotni 
rivojlantirish bo ‘yicha qabul qilgan qarorlaridan qaysilarini 
bilasiz?


24
II bob


JAMOADA HAMSHIRALIK ISHINING USULLARI
Reja
1. Uy sharoitida hamshiralik ishi va uning afzalliklari.
2. Uyga tashrif vaqtida sanitariya-oqartuv ishlarini amal-
ga oshirish.
3.­Hamshiralik­jarayonini­obyektlardagi­tashriflar­vaqti-
da qo‘llash.
4.­Profilaktik­emlash­ishlarini­tashkil­etish.
2.1. Uy sharoitida hamshiralik ishi va uning afzalliklari
Umumamaliyot oila hamshirasining oilalarga xizmat
ko‘rsatishi ning o‘ziga yarasha afzal tomonlari quyidagilardan
iborat:
1. Bir vaqtning o‘zida oiladagi bolalarga, o‘smir va kattalar-
ga xizmat qilish va aholiga qulaylik yaratish.
2. Emlash ishlarini samarali va sifatli olib borish.
3. Tug‘ish yoshidagi ayollarni o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazish.
4. Homiladorlikni erta hisobga olish.
5. Oilani sog‘lom davridayoq nazoratga olish.
6. Oila ishonchini qozonish, oilaga tibbiy maslahatchi sifa-
tida kirib borish orqali ish samarasini oshirish.
7. Oila a’zolariga „o‘z-o‘zini nazorat qilish“ni o‘rgatish.
8. Oilaning sanitariya holati va yashash sharoitini o‘rganish.
9. Aholi orasida, har bir oilada sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish.


25
Umumamaliyot hamshirasi oilaga kirib borar ekan, aholini


kasallik davrida emas, balki sog‘lomligida ham muntazam
nazorat qilib, turli xil kasalliklarning oldini olishga, ayniqsa,
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sil, onkologik, giyohvandlik,
alkogolizm, tanosil va ruhiy kasalliklarga moyilligi bo‘lgan
oilalarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga imkon
yaratadi va ularni davo lash samara sini oshiradi.
Tug‘ish yoshidagi ayollarning salomatligini tiklash, sog‘lom
oilani shakllantirish, oila tibbiy savodxonligini oshirish, oilada
sog‘lom farzand tug‘ilishini va uni jismonan sog‘lom, yetuk
va barkamol inson bo‘lib yetishishida umumamaliyot oila
hamshira larining alohida o‘rni bor. Oilaviy prinsipda ishlash
quyidagi natijalarga olib keladi: oila o‘z hamshirasiga ega
bo‘ladi; oila xonado niga qatnov ortadi, aholini kasallik davrida
emas, sog‘lomligida ham nazoratga olinadi; oilada kasalliklar
erta aniqlanadi; oilaga alohida yondashish natijasida sanitariya-
targ‘ibot ishlari ko‘tariladi; yosh bolasi bor oilalar, yangi
yosh oila qurganlarga tibbiy-ijtimoiy patronaj yaxshilanadi;
homiladorlik erta hisobga olinadi; aholi orasida ijtimoiy kasallik
aniqlanishiga e’tibor kuchayadi; yolg‘iz qariyalar, o‘zgalar
parvarishiga muhtoj bo‘lganlarga uyda xizmat ko‘rsatish
yaxshilanadi; aholini „uy shifoxonasi“ sharoitida davo-
lash rivojlanadi; hamshira o‘zi mustaqil ish yurita boshlaydi;
hamshira tashxisi, tahlili natijasida ishga tibbiy yondashish
amalga oshiriladi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling