H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Ishlab chiqarishdagi hamshiralik parvarishi


Download 485.49 Kb.
bet7/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Ishlab chiqarishdagi hamshiralik parvarishi
1. Korxonalar, ish joylaridagi faoliyati.
Ish sharoitlarini tayyorlash, shoshilinch yordam ko‘rsatish,
kasalliklarning (kasb kasaliklari) oldini olish tadbirlari
o‘tkaziladi, kasalliklarni erta aniqlash (tibbiy ko‘rik), davolash
va sog‘liqni mustahakamlashda yordam ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarishdagi hamshiralik parvarishining obyektlari
ishchilar va ularning oila a’zolaridir.
1.2. Jamoada hamshiralik ishi fanining rivojlanish tarixi
Reja:
1. Jamoa sog‘lig‘ini saqlashning rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatgan sharoitlar.
2.O‘zbekiston Respublikasining bugungi kundagi so‘gliqni
saqlash tizimidagi rivojlanish.
Jamoa sog‘lig‘ini saqlashning rivojlanishiga ta’sir 
ko‘rsatgan sharoitlar
1. Taraqqiyotning turli bosqichlarida insoniyat tarixi shuni
ko‘rsatadiki, odamlar qadimdan o‘lat, vabo, chin chechak va
boshqa turli xil kasalliklarning epidemiya va pandiyimiyalari-
ga uchraganlar. Bunday muammolarga duch kelgan odamlar


13
kasalliklarning kelib chiqishini va ularning nima uchun bunday


ommalashib ketishi bilan qiziqa boshlaganlar va bu masalalarni
hal qilishga urunganlar. XIX asrda, XX asr boshida ilmiy-
texnika taraqqiyot va ko‘pgina mamlakatlarda sog‘liqni saqlash
kabi davlat tizimidagi alohida tarmoqning shakllanishi, mavjud
muammolarni hal qilishga yordam bergan. Har bir mamlakat-
ning sog‘liqni saqlash tizimida yuqumli kasallkilarning vujud-
ga kelishi tog‘risidagi muntazam hisob va hisobot uchun javob
beradigan kichik tizm mavjud. Bu tadbirlar ushbu kasalliklar-
ning tarqalishini va epidemiyaning avj olishini hamda yuqumli
kasalliklarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi. bu esa
nazoratni tashkil qilish, tashxis qo‘yishni hamda ularning oldini
olish choralarini ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Yuqumli
kasalliklar bilan kurashning muhim usullaridan biri – aholini
yuqumli kasalliklarga qarshi emlash, suv ta’minoti, oizq-ovqat
mahsulotlari ustidan nazoratni kuchaytirish. Yuqumli kasalliklar-
ni oldini olish aholi o‘rtasida sanitariya-oqartuv ishlarini olib
borish va ularni gigiyenik ko‘nikmalarga o‘rgatish juda muhim
ahamiyatga ega.
2. Tibbiy texnologiyaning rivojlanishi.
Insoniyatning rivojlanish tarixi, shuningdek, yuqumli kasal-
liklar bilan kurash tarixi deb atasa bo‘ladi. Optik mikroskop-
ning ixtirosi, yuqumli kasalliklarning sababi bo‘lgan bakte-
riyalar va viruslarni aniqlashni yengillashtirdi, ularni oldini olish
va davolash imkoniyatini berdi. Shu jumladan, aseptik vositalar-
ning rivojlanishi va bakteriyalarga qarshi vositalar ixtiro qili-
nishi tibbiot rivojlanishining tezlashishiga imkon berdi va kasal-
liklarni erta aniqlash va davolashga katta hissa qo‘shdi. Bir vaqt-
ning­o‘zida­profilaktik­tibbiyotning­rivojlanshi­tufayli­sog‘liqni
saqlashni (sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish) va tiklash-
ni o‘z ichiga olgan jamoa sog‘lig‘ini saqlash usuli odamlarning
sog‘lom turmush tarzini saqlash tadbirlarni ta’minladi. Ayniqsa,
yuqumli kasalliklarga qarshi chora-tadbirlar kasalliklarning oldi-


14
ni olish bo‘yicha asosan aholiga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib


qilish ishlari orqali jamoa hamshiralari faoliyati yordamida turli
yuqumli kasalliklarning kelib chiqishini kamaytirish mumkinligi
sezila boshlandi.
3. Kasalliklar tuzilishining o‘zgarishi.
XX asr o‘rtalarida dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida aholi
sog‘lig‘ini saqlash uchun javob beradigan alohida tarmoq mavjud
bo‘lgan. Ko‘pgina mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimi aho-
li­sog‘lig‘ini­saqlashda­ijtimoiy-profilatik­yo‘nalishda­muayyan
strategiyalarga ega bo‘lgan. Shu bilan ko‘pgina yuqimli kasalliklar
epidemik xususiyatini yo‘qotgan, lekin yuqumli bo‘lmagan kasal-
liklarning ulishi oshgan. deyarli, bitta avlod ko‘z o‘ngida jamoa
sog‘lig‘ining turlari yoki ayrim sohalarining o‘zgarishi ro‘y ber-
gan, birinchi o‘ringa surunkali kechadigan, yuqumli bo‘lmagan
kasalliklar (yurak-tomir, onkologik, shikastlanishlar, allergik,
asab-ruhiy va boshqalar) paydo bo‘lgan, lekin bu kasalliklarni oldi-
ni olishning an’anaviy usullari va atrof-muhitni muhofaza qilish-
ning sanitariya-gigiyenya choralari yordamida bartaraf qila olin-
magan. Shu sababli jamiyatning butun kuchlari va uning mablag‘i
aholi sog‘lig‘ini saqlash, halokat yoqasigacha keltirilgan ekologik
vaziyatga qaratilishi talab qilindi. Sog‘lom turmush tarzini shakil-
lantirib, surunkali kasalliklar bilan kurashishida aholiga so‘glom
turmush tarzini tushuntiradigan jamoa hamshiralari kerakligi, aholi
tibbiy madaniyatini oshirish zamon talabi ekanligi ma’lum
bo‘ladi.
4. Atrof-muhitning yaxshilanishi.
Aholining atrof-muhit bilan aloqadorligi xususiyati muhim
darajada qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Jamoatchilikning jismoniy muhitidagi o‘zgarishlar xususidagi
tashvishi o‘sib bormoqda. U ham umumiy, ekologik jihatidan, ham
odam ekologiyasi jihatidan sanoatlashtirish bilan kechadi. Lekin
hozirgi­jismoniy­muhit­sog‘liq­uchun­juda­xavflidir­–­bu­odamlar
tomonidan haqiqiy ahvolni ongli ravishda idrok qilishning ajralmas


15
qismidir. Bunday xavf hududiy miqyosida, ham dunyo miqyosida


mavjuddir. Kelib chiqqan muammolarni hal qilish uchun ko‘pgina
mamlakatlarda Jamoada sog‘liqni saqlash kabi fanning paydo
bo‘lishi uchun dastalabki sharoitlar yuzaga keldi. Hozirgi paytda
bizning respublikamiz ham boshqa mamlakatlar tajribasini
o‘rganmoqda va tibbiyotning amaliy faoliyatiga tatbiq etmoqda.
Sog‘liqqa ta’sir qiluvchi omillar:
a) Atmosfera havosining qo‘rg‘oshin, ayniqsa, uy allergenlari
va­tamaki­tutuni­bilan­ifloslanishi.
b) Sanoat korxonalari, transport tizimlari va yo‘l harakati
shovqinlarining organizmga ta’siri.
d) Ichimlik suvi bilan ta’minlash, sanitariya, chiqindilarni
yo‘qotish talab darajasida emasligi.
e) Potensial kanserogen moddalar, masalan, organik yoqilg‘i,
pestitsidlarning noloiyiq yonish mahsulotlarining organizmga
ta’siri.
5. Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy va mikrobiologik
ifloslanishi.
6. quyoshning ionlashtiruvchi nurlarining organizmga ta’siri.
Yuqoridagi so‘gliqqa ta’sir qiluvchi omillarning jamiyatimizga
ta’sirini kamaytirish maqsadida jamoa hamshiralariga ehtiyoj kun
sayin oshib bormoqda. Jamoa hamshirasi sog‘liqni mustahkamlash
uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi.
Atrof-muhitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar.
1. Atrol-muhitning zararli chiqindilarning to‘planib qolishi,
uyda sanitariya-gigiyenik tarbiyaning yetishmasligi, insonlar-
ning ishlab chiqarish zaharlari ta’siriga duchor bo‘layotganligi
to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib boradilar.
2. Yuqumli kasalliklarning oldini olish.
Yuqumli kasalliklarga qarshi chora-tadbirlar – jamoa
sog‘liqni saqlash faoliyatining muhim qismidir. Yuqumli
kasalliklarni oldini olishning muhim yo‘nalishlari kasallikning


16
yuqish manbasi, yuqish yo‘llari va organizmning kasalliklarga


moyilligiga qarshi chora-tadbirlar hisoblanadi.
Biroq, yuqumli kasallik atrofdagi ijtimoiy ahvol va
tibbiyotning taraqqiyoti yuqumli kasalliklarga qarshi kurash
bo‘yicha katta o‘zgarishlarni talab qilmoqda. Jamoada
yuqumli kasalliklarga qarshi chora-tadbirlar, faqatgina yuqumli
kasallikiar manbasini, ularning yuqish yo‘llarini bartaraf etishda
xizmat qiladi hamda kasallik yuqqan odamlarni yakkalanib
qolishidan va jamiyatning ularga nisbatan bo‘ladigan turli
salbiy munosabatlaridan himoya qiladi. Shu bilan birga, aholi
orasida yuqumli kasalliklar va ularning oldini olish haqida to‘gri
tushuntirish ishlari olib borish ham ana shunday tadbirlardan
hisoblanadi.
3. Faoliyat ko‘rsatish joylaridagi sanatariya ma’orif ishlari.
Gigiyena tarbiyasining maqsadi – alohida kasallikning oldini
olish emas, balki kasalliklarning oldini olish va sog‘liqni mustah-
kamlashni ta’minlashi mumkin bo‘lgan sanitariya-gigiyena ko‘-
nikmalarini jamoat ongiga singdirishdir. Hozirgi kunda har qanday
mamlakatning sog‘liqni saqlash tizimida, faoliyat ko‘rsatish joyla-
rida gigiyenik ko‘nikmalarni tatbiq qilish bo‘yicha turli majmuali
dasturlar ishlab chiqildi va tatbiq etildi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling