H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimi va
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimi va
bugungi kundagi rivojlanish yo‘llari 1. Moddiy-texnik bazani tashkil qilish va mustahkamlash. Turkiya, AqSH, Yaponiya, Isroil kabi mamlakatlarning sog ‘ - liqni saqlash sohasidagi ish tajribasini o‘rganishning solishtirma tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tibbiy xodimlarining tayyorgarlik darajasi va kasbiy mahorati ularning darajasida, sog‘liqni saqlash- ning ba’zi sohalari bo‘yicha esa ulardan ham yo‘qoridir. Asosan, ushbu mamlakatlarda tibbiyot va sog‘liqni saqlash tizimi yangi texnologiyalar va rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini 17
mati sog‘liqni saqlashning moddiy-texnik bazasini mustahkam- lash, chet el sarmoyalari va grantlarini jalb qilish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rmoqda. Masalan, Yaponoya, 1995–1999-yillar davomida va keyingi yillarda ham respublika iqtisodiyotida yuz berayotgan o‘zgarishlar va barqarorlikni ko‘rib, O‘zbekistonga bemminnat tarzda, Yaponiya granti doirasida taxminan 20 mln AqSH dollariga teng tibbiy asbob-uskunalarni taqdim qildi. Maskur zamonaviy tibbiy jihozlar hozirgi paytda dPMlarida, qo‘llanilmoqda. Yuqorida aytib o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, sog‘liqni saqlash moddiy-texnik bazasining yaxshilanishi tibbiyot sohasidagi xizmatlar sifatini oshirish va yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2. Yuqori malakali xodimlar (kadrlar)ni o‘qitish va tayyorlash. 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 73 mingdan ortiq shifokorlar va 240 mingdan ortiq o‘rta tibbiyot xodimlari, 100 000 kishilik aholiga 30 va 108 tibbiyot xodimi xizmat ko‘rsatadi. Aholining tibbiy xodimlar bilan ta’minlanganligi bo‘yicha O‘zbekiston rivojlangan mamlakatlardan sezilarli darajada ustun turadi. Boshqa tarafdan, o‘rta tibbiy xodimlar sezilarli yetishmovchiligi qayd qilingan. Shifokorlarning o‘rta tibbiyot xodimlariga nisbatan 3 ga 11 ga teng bo‘lgan, bu esa sog‘liqni saqlash tizimi rivojlangan mamlakatlarga qaraganda pastdir. Bundan tashqari, tibbiy xodimlarni tayyorlash va mutaxassislarning diplomidan keyingi tizimining o‘zida sezilarli kamchiliklar, ko‘pchilik tibbiy xodimlarning va tibbiy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining past malakasi sezildi. Vujudga kelgan vaziyat tibbiy xodimlarni tayyorlashga yangicha yondashishni talab qildi. O‘zbekistonda qabul qilingan «Fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonunlar hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ta’lim 18
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi «Sog‘liqni saqlash tizimini islohotlashtirishning davlat dasturi to‘g‘rsida»gi Farmoni bilan tibbiy ta’limda amalga oshirilayotgan islohotga sezilarli tuzatishlar kiritildi. Tibbiyot maktabi islohotlari negiziga ta’limning uzluksizligi va ko‘p bosqichligini tatbiq qilish, tibbiy ta’limni fan va amaliyot bilan birlashtirish, abituriyentlarni umumiy tanlov bo‘yicha qabul qilinishini o‘tkazish, bilimlarning reyting baholanishini va talabalar tayyorgarligini tekshirishda kompyuter test sinovlarini qo‘llash, o‘rta tibbiy xodimlar rolini oshirish, umumiy amaliyot shifokori tizimini kiritish va tibbiy oliy o‘quv vurtlarida «Oliy malakali hamshiralik ishi» fakultetlarini ochish kirdi. 3. Shoshilinch yordam markazlarining tashkil qilinishi. Aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash va mamlakat- ning sog‘lom aholisining uyg‘un rivojlanishi uchun sharoitlarni ta’minlashda, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 10.11.1998-yildagi 2107-sonli farmoni bilan tasdiqlangan sog‘liqni saqlash tizimini islohotlashtirish davlat dasturi asos bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash milliy modeli asosini barcha fuqarolarga davlat tomonidan tibbiy-sanitariya xizmatlarining kafolatlangan hajmi doirasida tibbiy xizmatlardan foydalanish va bepul davolanishni ta’minlaydigan, sog‘liqni saqlashning davlat tizimi tashkil qilindi. davlatning aholiga kafolatlangan bepul xizmat ko‘rsatish tizimida yangi yo‘nalish shoshilinch tibbiy yordam xizmatini tashkil qilish haqida alohida ta’kidlash lozim. Uning tarkibiga Toshkent shahridagi Respublika markazi va uning barcha viloyat markazlaridagi va qoraqalpog‘iston Respublikasidagi filiallari hamda markaziy va shahar shifoxonalari tarkibidagi bo‘limlar, qishloq shifokorlik punktlaridagi shoshilinch tibbiy yordam shohobchalari kira- 19
sezilarli yutuqlarga erishildi. Ushbu obyektlarda ta’mirlash-qayta tiklash ishlarinig sezilarli hajmda o‘tkazildi, zamonaviy va yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash masalalari amalga oshirilmoqda. 4. Sog‘liqni saqlashning birlamchi bog‘ini. qishloq aholisi turmush sharoitlarining yaxshilashda iqti- sodiy va ish salohiyatidan yanada to‘liq va unumli foydalansh uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yildagi 182-son- li «qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarorigamuvofiq,Qoraqalpog‘istonRespublikasivaviloyatlar- da 1996-yildan 2000-yilgacha 1400 ta yangi qishloq shifokorlik punktlari qurildi va 300 ta mavjud qishloq shifokorlik ambulato- riyalari, feldsherlik-akusherlik punktlari qishloq vrachlik punkt- lariga aylantirildi. Shaharlarda ayollar maslahatxonalari. bolalar va kattalar poliklinikalari oilaviy poliklinikalarga aylantirildi va u yerda bemorlar qabuli umumiy amaliyot shifokorlari tomoni- dan olib boriladi, shuningdek, poliklinikalarda tor mutaxassislar ko‘rigi tashkil qilingan. 5. Onalik va bolalakni muhofaza qilish bo‘yicha faoliyatni tako- millashtirish. Reproduktiv yoshdagi ayollarni sag‘lomlashtirish, ko‘krak suti bilan ovqatlantirishini quvvatlash va rag‘batlantirish, emlash, istalmagan homiladorlikni oldini olish dasturini amalga oshirishni davom ettirish, homildorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va bolalar muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, ularni zamo- naviy turdagi jihozlar va asboblar bilan ta’minlash bo‘yicha joylar- da sog‘liqni saqlash idoralarning uyg‘unlashtirish faoliyati hamda boshqa tadbirlar natijasida Respublikada go‘daklar o‘limining jadal ko‘rsatkichi pasaydi, shuningdek, tugishlar, g‘ayri qonuniy abort- lar, hisobga olingan homiladorlar dinamikasi kamaydi. 20
qobiliyatini yaxshilash va oilani rejalashtirish bo‘yicha Respubli- kamarkazitashkiletildivabundaymarkazfiliallarirespublikaning viloyatlarida ham tashkil etildi. Ayollarning tug‘ish qobiliyatini muhofaza qilish va oilani rejalashtirish sohasida JSSTning Yev- ropa Mintaqviy Buyrosi, BMT Aholi jamg‘armasi, YUNESKO, Xalqaro Taraqqiyot Amerika Agentligi, Germaniya texnik marka- zi va boshqalar kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik dasturlari- ni amalga oshiradilar. BMTning Bolalar Jamg‘armasi (YUNESEF) bilan hamkorlik mavjud onalar va bolalarning tirik qolishi, rivoj- lanishi va muhofazasi bo‘yicha dasturlar qabul qilingan. «Sog‘lom avlod uchun» MNBF bilan hamkorlikda Ona va bola skreningi» davlat dasturining amalga oshirilishi davom etmoqda, Nukus, Andijon va Toshkent shahridagi Respublika skrining markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 6. Sog‘liqni saqlashni takomillashtirish. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni- ga asosan, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashning takomillashtirish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam muassasalar barpo etildi va texnik qayta jihozlandi. Shuningdek, tibbiy xodimlar ta’limi sohasi, kollejlarda 3 yillik ta’lim tizimining tashkil qilinishi va oliy o‘quv yurtlarida «Oliy malakali hamshiralik ishi» bo‘yicha fakultetlar- ning ochilishi ham bunga misol bo‘la oladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yildagi farmonigamuvofiq,sog‘liqnisaqlashbo‘yichaxizmatsohasini rivojlantirish va tibbiyotni islohotlashtirishning keyingi rejalashtirilishi, onalik va bolalikni muhofaza qilishni ushbu siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ta’kidlab o‘tishishimiz mumkin. U onalar va bolalarda kasalliklarni oldini olish va ona va bolalarning sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan epidemiyaga qarshi tadbirlarni, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar, zarur bo‘lgan nevrojarrohlik, kardiojarrohlik, 21
takomillashtirishni o‘z ichiga oladi. Boshqa tarafdan ko‘pgina tibbiy muassasalar davlat budje- ti hisobiga moliyalashtirildi, shuningdek, xususiy shifoxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar soni ham ortmoqda. Aholining malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqi yanada kengaydi. Bundan tashqari: Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling