H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Jamoadagi sog‘liqni saqlashda hamshiralik ishi


Download 485.49 Kb.
bet6/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Jamoadagi sog‘liqni saqlashda hamshiralik ishi
qishloq vrachlik punkti, oilaviy poliklinikadagi faoliyati:
QVP - bu qishloq aholisiga tibbiy yordam ko‘rsatish
tizimidagi birlamchi bo‘g‘in bo‘lib, mazkur muassasada aholiga
shifokordan dastlabki va birinchi shifokorlik yordami ko‘rsatiladi
hamda­kasalliklarni­oldini­olish­maqsadida­profilaktik­emlash­va­
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o‘tkaziladi.
Poliklinika - aholi zichligi yuqori bo‘lgan katta shaharlarda
yashovchi odamlarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimidagi
birlamchi bo‘g‘ini. Ushbu muassasada aholiga shoshilinch
yordam ko‘rsatiladi, o‘tkir va surunkali kasalliklarning
davolanishi, kasalliklarni oldini olish maqsadida emlashlar va
epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkaziladi.
Jamoa sog‘lig‘ini saqlashda hamshiralik ishi obyektlari
qVP, oilaviy poliklinika xizmatlaridan foydalanuvchi barcha
bemorlar, ularning oilalari hamda jamoaning hamma fuqarolari-
jamoadagi sog‘liqni saqlash hamshiralik ishi obyektlari
hisoblanadi.
Uydagi hamshiralik parvarishi
1. Oilaviy poliklinikadagi hamshira faoliyati.
Ambulator bemorga hamda uyda davolanayotgan bemorga va
uning oilasiga tibbiy yordam ko‘rsatiladi, kasalliklarning oldini
olish choralari, kasalliklarning erta aniqlanish va davolanish
ishlari o‘tkaziladi.
Uydagi hamshiralik parvarishining obyektlari.
Bolalar, kattalar, har qanday yoshdagi keksa odamlar
va ular-ning oilalari, sog‘liq darajasidan qat’i nazar barcha
odamlar, nogironlar hamda ularning oilalari uydagi hamshiralik
parvarishining obyektlari hisoblanadi.
Maktabdagi hamshiralik parvarishi
1. Maktab, litsey, kollejdagi faoliyati.


12
Sog‘liq haqidagi bilimlar va ko‘nikmalarni egallash,


o‘quvchilar, o‘smirlar, hamda bolalar bog‘chalari, boshlang‘ich,
o‘rta va maxsus maktablarning o‘quvchilari jismoniy va ruhiy
rivojlanishini baholash va ularning sog‘lom rivojlanishiga
yordam ko‘rsatadi.
2. Maktabdagi hamshiralik parvarishi obyektlari.
O‘quv yurtlarining o‘quvchilari va talabalari hamda
ularning o‘qituvchilari maktabdagi hamshiralik parvarishining
obyektlaridir.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling