H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet13/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Bajarish algoritmi
1. Uyga chaqiruv jurnalidan bemorlarning familiyasi, ism-
sharifini,­mazilini­yozib­oling.­Uchastka­tibbiy­hamshirasi­sum-
kasini tayyorlang.
2. Sumkani oling va chaqirilgan uyga tashrif buyuring.
3. Uyning sanitariya holatini, yorug‘ligini, isitish sistemasini
ko‘zdan kechiring.
4. Bemorning ahvolini baholang:
а)­subyektiv­tekshiring:
b)­оbyektiv­tekshiring;
d) laboratoriya tekshiruvlariga yo‘llanma bering.
5. Hamshira tashxisini qo‘ying.
6. Bemorning muammosi asosida parvarish rejasini tuzing.
7. Parvarishni amalga oshiring, natijasini kuting.
8. Bemorning holatini nazorat qiling, kuzatuv kundaligiga
qayd etib boring.
9. Bemorning ahvoliga qarab undagi o‘zgarish natijalari-
ni baholang:
a) natija ijobiy bo‘lsa, muolajalarni davom ettiring;


30
b) natija salbiy bo‘lsa, qaytadan bemorning ahvolini baho-


lang, hamshira tashxisini qo‘ying, parvarish rejasini tuzib, amal-
ga oshiring;
d) natija o‘zgarishsiz bo‘lsa, bemor ahvolini baholashda
xatolikka yo‘l qo‘ydingizmi, qaytadan bemor ahvolini bahol-
ang, hamshira tashxisini qo‘ying, parvarish rejasini tuzing va
rejani amalga oshiring.
10. Bemorning ahvoli yaxshilangandan so‘ng natijalar haqida
uchastka shifokoriga hisobot bering.
Muolaja nomi: Uy sharoitida hamshiralik parvarishi
Маqsad. Uy sharoitida hamshiralik parvarishini o‘rganish.
Кerakli jihozlar. Tonometr, shpatel, fonendoskop, dori
moddalari, oqliklar, ichki kiyimlar, bemorni parvarish qilish
uchun anjomlar.
Bajarish algoritmi
Uy sharoitida bemorning ahvolini baholang.
Ma’lumotlarni tahlil qiling, muammolarning muhimlik
darajasini aniqlang va hamshira tashxisini qo‘ying. Hamshi-
ra tashxisiga binoan, parvarishning qisqa yoki uzoq muddatli,
bog‘lanmagan va bog‘langan hamshiralik parvarishini tuzing.
1. Parvarishni amalga oshiring.
2. Bemorning ahvoli haqidagi ma’lumotlarni kuzatuv
kundaligiga qayd etib boring.
3. Natijasini baholang: bemordan ahvolini so‘rang, katta
hamshiraga murojaat qiling va natijani tahlil qiling.
4. Bemorni, uning oila a’zolarini hamshiralik ishiga o‘qiting.
Eslatma. Agar bemor yuqumli kasallikka gumon qilinsa, yuqum-
li kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladi, 12 soatdan kechiktirmasdan


31
sanita riya-epidemiologiya nazorati markaziga shoshilinch xabarnoma


yuboriladi. Bemor yotgan xonada yakuniy dezinfeksiya o‘tkaziladi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling