H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- YUNESEF
- II bob
- 2.1. Uy sharoitida hamshiralik ishi va uning afzalliklari
Tayanch so‘z va atamalar
1. JSST - Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti 2. Epidemiya - kasallikning ma’lum hududda tarqalishi 3. Pandemiya - kasallikning qit’a bo‘ylab tarqalishi 4. Onkologiya - o‘sma kasalliklarini o‘rganadigan bo‘lim 5. Kanserogen - o‘sma kasalliklarini chaqiruvchi moddalar 6. DPM -davolash-profilaktikamuassasalari 7. YUNESEF - BMT Bolalar jamg‘armasi 8. YUNESKO - BMT Aholi jamg‘armasi 23
jinsiy yetukligi. 10. OITS - orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi. Nazorat uchun savollar 1. Jamoa deganda nimani tushunasiz? 2. Jamoada hamshiralik ishi ta ‘rifini aytib bering. 3. Jamoa hamshirasining ish joylari hisohlangan joylari haqida gapirib bering. 4. Tibbiyot va jamoada hamshiralik ishi fanining rivojlanishiga ta ‘sir qilgan sharoitlar? 5. О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining tibbiyotni rivojlantirish bo ‘yicha qabul qilgan qarorlaridan qaysilarini bilasiz? 24
JAMOADA HAMSHIRALIK ISHINING USULLARI Reja 1. Uy sharoitida hamshiralik ishi va uning afzalliklari. 2. Uyga tashrif vaqtida sanitariya-oqartuv ishlarini amal- ga oshirish. 3.Hamshiralikjarayoniniobyektlardagitashriflarvaqti- da qo‘llash. 4.Profilaktikemlashishlarinitashkiletish. 2.1. Uy sharoitida hamshiralik ishi va uning afzalliklari Umumamaliyot oila hamshirasining oilalarga xizmat ko‘rsatishi ning o‘ziga yarasha afzal tomonlari quyidagilardan iborat: 1. Bir vaqtning o‘zida oiladagi bolalarga, o‘smir va kattalar- ga xizmat qilish va aholiga qulaylik yaratish. 2. Emlash ishlarini samarali va sifatli olib borish. 3. Tug‘ish yoshidagi ayollarni o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. 4. Homiladorlikni erta hisobga olish. 5. Oilani sog‘lom davridayoq nazoratga olish. 6. Oila ishonchini qozonish, oilaga tibbiy maslahatchi sifa- tida kirib borish orqali ish samarasini oshirish. 7. Oila a’zolariga „o‘z-o‘zini nazorat qilish“ni o‘rgatish. 8. Oilaning sanitariya holati va yashash sharoitini o‘rganish. 9. Aholi orasida, har bir oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish. 25
kasallik davrida emas, balki sog‘lomligida ham muntazam nazorat qilib, turli xil kasalliklarning oldini olishga, ayniqsa, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sil, onkologik, giyohvandlik, alkogolizm, tanosil va ruhiy kasalliklarga moyilligi bo‘lgan oilalarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga imkon yaratadi va ularni davo lash samara sini oshiradi. Tug‘ish yoshidagi ayollarning salomatligini tiklash, sog‘lom oilani shakllantirish, oila tibbiy savodxonligini oshirish, oilada sog‘lom farzand tug‘ilishini va uni jismonan sog‘lom, yetuk va barkamol inson bo‘lib yetishishida umumamaliyot oila hamshira larining alohida o‘rni bor. Oilaviy prinsipda ishlash quyidagi natijalarga olib keladi: oila o‘z hamshirasiga ega bo‘ladi; oila xonado niga qatnov ortadi, aholini kasallik davrida emas, sog‘lomligida ham nazoratga olinadi; oilada kasalliklar erta aniqlanadi; oilaga alohida yondashish natijasida sanitariya- targ‘ibot ishlari ko‘tariladi; yosh bolasi bor oilalar, yangi yosh oila qurganlarga tibbiy-ijtimoiy patronaj yaxshilanadi; homiladorlik erta hisobga olinadi; aholi orasida ijtimoiy kasallik aniqlanishiga e’tibor kuchayadi; yolg‘iz qariyalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lganlarga uyda xizmat ko‘rsatish yaxshilanadi; aholini „uy shifoxonasi“ sharoitida davo- lash rivojlanadi; hamshira o‘zi mustaqil ish yurita boshlaydi; hamshira tashxisi, tahlili natijasida ishga tibbiy yondashish amalga oshiriladi. Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling