H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet108/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Turli yoshdagi bolalarning bo‘yi
Bolaning
yoshi
Bo‘y uzunligi 
(sm)
Bolaning 
yoshi yillar
Buy uzunligi 
(sm)
1
72,2
9
123,5
2
83,0
10
126,5
3
92,5
11
134,0
4
97,5
12
137,0
5
102,0
13
142,0
6
109,0
14
150,0
7
113,0
15
152,5
8
119,0
Turli yoshdagi bolalarning bosh va ko‘krak aylanasi
O‘g‘il bolalarning bo‘yi, vazni va ko‘krak aylanasi
bolalikning 11 yoshigacha qiz bolalarnikidan ustunlik qiladi, 11
yoshga kelib esa bu o‘lchovlar bir-biriga tenglashadi, keyinchalik
15 yoshgacha qiz bolalar ustunligi sezilib qoladi. 15-16 yoshdan
keyin esa o‘g‘il bolalar
Bolalarning jismoniy rivojlanishiga juda ko‘p omillar,
jumladan, tashqi muhit omillari (kun tartibi,ovqatlanish,
sayrlar,jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, chiniqish
va boshqalar) va har xil kasalliklar (ayniqsa,yurak tug‘ma
nuqsonlari, markaziy asab tizimining tug‘ma va orttirilgan
kasalliklari, endokrinopatiyalar va kasalliklar) salbiy ta’sir
qilishi mumkin.
Hozirgi davrda kelib bolalar va o‘smirlarning o‘sishi va
rivojlanishida akseleritsiya jarayonlari sodir bo‘layotganini ham
hisobga olish zarur. Akseleliratsiya jarayoni jismoniy va jinsiy
rivojlanishning tezlashishi bilan xarakterlanadi va quyidagilarda
o‘z aksini topadi:


210
1. Chaqaloqlarning kattaroq tug‘ilayotganligi;


2. Sut tishlarining ertaroq chiqayotganligi;
3. Hamma yoshda bolalarning vazni va bo‘yining kattaroq
bo‘lib borishi;
4. Bosh, ko‘krak va boshqa o‘lchovlarning kattaroq bo‘lib
borishi;
5. qiz bolalaning erta hayz ko‘ra boshlayotgagani va o‘g‘il
bolalarda balog‘atga yetishishining erta sodir bo‘layotganligi;
6. O‘g‘il va qiz bolalarda suyaklanish yadrolarining ertaroq
paydo bo‘layotganligi.
Xulosa qilinganda, bolalarning jismoniy rivojlanishini
kuzatish va doimiy baholab borish bevosita tibbiyot
hamshirasining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, aniqlangan har
qanday kamchiliklar vaqtida shifokorga ma’lum qilinishi va
tegishli chora-tadbirlar ko‘rinishini ta’minlash talab qilinadi.
Bola nerv-psixik doirasini tekshirish-so‘rash va obyektiv
tekshirishdan iborat.
So‘rash(anamnez) Bolararni 4-5 yoshligidan boshlab
tekshirganda, kerakli ma’lumotlarni onadan surishtirib, aniqlab
oilsh mumkin, ayni zamonda maktab yoshidagi bola bilan to‘la
suhbat o‘tkazganda, ba’zida ona uchun ma’lum bo‘lmagan,
chunonchi, maktabda uning xulq-atvorini, o‘rtoqlari bilan
munosabatini­va­hakozolarni­atroflicha­aniqlab­olasa­bo‘ladi.­
Onadan so‘rashni bolaning ona qornidagi davri rivojlanishida
boshlash kerak: homildaorlik qanday o‘tdi, tug‘ish qanday
bo‘ldi? Tez va shuningdek uzoq davom etadigan tug‘ishda
profilaktika­va­markaziy­nerv­sistemasining­buzilishigacha­olib­
keladigan mayiblik bo‘lishi mumkin. Hamma statik funksiyalar
rivojlanishining vaqtini hisobga olish lozim, chunki ular bosh
miya takomillashishi bilan bog‘liq, demak bola qachon boshini
tutishni, oyoqda turishni,yurishni, tushinishini, ayrim so‘zlarni
ayta boshlashini bilishi lozim.


211
Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalaning muhitga


nisbatan ta’sirlanishini, o‘rtoqlari bilan a’loqasini, ularning
maktab sharoitidagi axloqini va darslarni o‘zlashtirish darajasini
aniqlash lozim. Bola va onadan ochiqchasiga so‘raganda bunda
ba’zan bolada shavqatsizlik, kelisha olmaslik, qovoq solishlik,
intizomsizlik alomatlari namoyon bo‘ladi.
Nerv-psixik doirasi holatining muhim ko‘rsatkichlaridan biri
bolaning uyqusidir. U tez uxlamaydimi, uyqusida gapimaydimi,
uyqusirab turmaydimi, qanday tushlar ko‘radi?
Shuni ta`kidlab o‘tish lozimki, nerv psixikasi doirasi va
uyqu buzilishiga muhit sharoitining noqulay ta’siri, noto‘g‘ri
tarbiya haddan tashqari ish bilan band bo‘lishi, yoshiga munosib
bo‘lmagan adabiyotlar o‘qishi va hokazolar sabab bo‘ladi.
Kasalning turiga qarab savollar ham o‘zgarib turadi, shuning
uchun bu yerda umumiy tegishli ko‘rsatmalar berilgandir.
Yuqoridagilarni shakllantirishda, albatta, bemorlarning ham
o‘ziga xos xususiytlarni hisobga olish, bemorlar bilan ish olib
borishda ular yoshining ahamiyatini unutmaslik kerak.Shu
maqsadda bemorlarning ayrim, shartli ravishda ajratib olingan
guruhlarida uchraydigan xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz.
1. Maktabgacha yoshidagi bolalar guruhi – o‘z kasalliklarini
his qilmay, kasal ekanliklarini tushinib yetmaslik:
- shikoyatlarini umumlashgan holda bayon eta olmaslik;
- kasallik belgilaridan kuchli ruhiy ta’sirlanish;
- davolash va diagnostika muolajalarini qurquv bilan qabul
qilish;
- kasallik davomida tarbiya va tabiatdagi o‘zgarishlarning
(nuqsonlarning) kuchayishi.
Tibbiyot hamshirasi bu guruh bemorlar bilan iliq
munosabatda bo‘lishi, avvalambor, bolalar bilan yaqindan aloqa
o‘rnatishi, ularni kasalligidan chalg‘itishi, bolaning ota-onasi
yoki qarindosh-urug‘lari bilan mutaxasis sifatida muloqotda
bo‘lishi lozim.


212
2. O‘smirlar yoshidagi bemorlar:


- kattalarga taqlid qilishlik;
- mardlik,shavvozlik;
- o‘z-o‘zini himoya qilish;
- kasallikka va uning kechishiga befarqlik;
-­salomatligiga,xavfli­omillarga­ehtiyotsizlik­bilan­qarash.
Bu guruh bemorlar bilan ish olib borishda hamshira juda
ehtiyot bo‘lishi, so‘zlariga, yuz imo-ishorasiga katta e’tibor
berib, o‘smirlik yoshining nozik pallasi-balog‘atga va uning
o‘smirga xos ta’siri borligini ham yodda saqlashi lozim.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling