H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Sirroz - jigar hujayralarning biriktiruvchi to‘qimalarga aylanishi (qotishi). 19. Transfuziya
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX-bob
18. Sirroz - jigar hujayralarning biriktiruvchi to‘qimalarga
aylanishi (qotishi). 19. Transfuziya - qon va qon preparatlarini quyish. Nazorat uchun savollar 1. Infeksiya tushunchasiga ta’rif bering. 2. Yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi uchun qanday sharoitlar bo lishi kerak? 205
4. Nafas olish tizimi infeksiyalarini qanday tekshirish usullarini bilasiz? 5. Yuqumli kasalliklarni qanday tekshirish usullarini bilasiz? 6. Yuqumli kasalliklarning maxsus profilaktikasini qanday tushunasiz? 7. Yuqumli kasalliklarning umumiy profilaktikasida qanday tadbirlar о ‘tkaziladi? 8. DOTS nima? 9. Infeksiyani aniqlash uchun bilvosita tekshirish usullariga nimalar kiradi? 10. Outurish va kiiydirgi kasalliklarining oqihatlarini ayting. 206
Maktab yoshidagi bolalarning salomatligini himoya qilishda hamshiraning o‘rni Reja: 1. Bolalalik davrlari va uning xususiyatlari. 2. Bolalarning jismoniy rivojlanishi. 3. Bolalar va o‘smirlarning kun tartibi. 4. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar muassasalarida jihozlarga bo‘lgan gigienik talablar. 5. Bolalarning ovqatlanish tartibi. 6. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar salomatligiga ta’sir etuvchi omillar. 7. Sog‘lom avlod davlat dasrurining asosiy yo‘nalishlari. 8. Kasalliklarni oldini olishda dispanserning roli va hamshiraning vazifalari. Bolalar organizmi muayan qonuniyqtlarga asoslangan holda tinmay o‘sib, rivojlanib boradi. Bola o‘sib rivojlanish jarayonida ma’lum bir davrlarni boshidan kechiradi. Har bir davr boladagi o‘zigaxosanatomo-fiziologikxususiyatlarbilanta’riflanadiki, ushbu hususiyatlar jamlanib bola organizmining reaktiv xossalari va qarshilik qilish qobilyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bu esa, o‘z navbatida, turli yoshdagi bolalarda aniq bir kasalikning o‘tishiga va patologik jarayonlarning o‘ziga xos kechishiga olib keladi. Pediatriyada bolalik davrlarining N.P.Gundobin taklif etgan sxemasi amaliy jihatdan qulayligi uchun qabul iqlingan. Bunga muvofiqbolalikdavrlariquyidagidavrlargabo‘linadi. 1. Bolaning ona qornidagi rivojlanish davri-urug‘lanishdan to to‘g‘ilgagacha (9 kalendar oyi, 10 akusherlik oyi, 39-40 hafta yoki 270-280 kungacha) davom etadi. 207
oyi: 3. Platsentar davr(homila)-3 oydan keyingi davr; 4. Chaqaloqlik davri-28 kungacha 5. Sut tishlari davri: a) maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi davr-(katta yasli yoshi); b) maktabgacha tarbiya yoshi-(bolalar bog‘chasiga qatnash) davri; 6. O‘smirlik davri(kichik maktab yoshi); 7. Balog‘atga yetish davri(katta maktab yoshi). Yuqoridagi davrlarning har birda, e’tiborga olinishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar haqida to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Maktabgacha tarbiyadan oldingi davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi. Bu davrning xarekterli tomonlari shundan iboratki, bola juda serharakat, qiziquvchan, atrof-muhit bilan ko‘proq muloqotda bo‘ladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun bolaga gigiyenik ko‘nikmalarni ko‘proq singdirish zaruriyati tug‘iladi. Bu davrda bolalarda qizamiq, qizilcha, ko‘kyo‘tal, suvchechak, dezenteriya, virusli gepatit, o‘tkir respirator infeksiyalar, skalatin va boshqa kasalliklar bilan og‘rishi hollari ko‘proq uchraydi. Ayniqsa, shu yoshdagi bolalarda organizmning turli sabablarga ko‘ra zaiflashishi,silintoksikatsiyasiningyuzagachiqishiga,ba’zida esa uning lokal formalariga o‘tib ketishiga ham olib keladi. Maktabgacha tarbiya davri-3 yoshdan 6-7 yoshgacha oraliqni o‘z ichiga oladi va bu davr bola organizmining oldingi davrlariga nisbatan anchagina musthkamlanishi, muskullarining rivojlanib baquvvatlashishi,katta yoshdagi kishilar bilan bir xil ovqatlanishga o‘tilishi bilan xarakterlanadi.Bu davrning oxirlariga kelib bolada sut tishlari almashina boshlaydi,bola 208
tayyorlanadi. Bolalardagi kasalliklar deyarli yengilroq va asoratlarsiz o‘tadi,lekinsilbilankasallanishxavfiyuqoriligichaqoladi,turli xil endokrin kasalliklar paydo bo‘lishi ehtimoli oshadi. Kichik maktab yoshidagi davri – 6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha bo‘lib, suyak tizimining rivojlanishi oxiriga yetadi, muskullarizo‘rberibrivojlanishdadavometadi,fikrlash,yozish, uyg‘unlashgan nozik harakatlarni bajarish ko‘nikmalarning mukammalashishi bilan xarakterlanadi. Sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinib bo‘ladi,bola bog‘cha sharoitidan maktab sharoitiga moslashadi.Bu yoshdagi bolalarda ham o‘tkir yuqumli kasalliklar katta ahamiyat kasb etsa ham, kamroq va yengilroq o‘tishi bilan qolgan davrlardan farq qiladi. Lekin bu davrda bolalarda revmatizm bilan kasallanish darajasi ortadi. Bolalarning jismoniy rivojlanishi Bolalarning jismoniy rivojlanishini baholash katta ahamiyatga ega bo‘lib, olib borilayotgan barcha parvarish va ko‘zatuv ishlarining ko‘rsatkichi yoki nishonasi hisoblanadi. Bolalarning asosiy xususiyatlaridan biri, uning o‘sishi va rivojlanishidir. Bu ikki tushuncha yoki jarayonga alohida to‘talishni lozim topdik. O‘sishi-bolada massa (og‘irlik) ortib borishi hisoblansa, rivojlanish-boladagi turli organ va tizimlarning mukamallashuvi va diferensiyallashuvini bildiradi.Bu ikki jarayon bolada doimiy davom etadi, lekin hamma vaqt ham baravar kechmaydi, qaysidir ma’lum bir davrda ustunlik qilsa, ikkinchisi ikkinchi o‘ringa tushib qoladi va aksincha. Bolaning turli davrdagi yoshiga xos farqlari ham ana shu jarayonlarning qay birining ustun turishi bilan xarakterlanadi. Bolalarning jismoniy rivojlanishi ularning vazni (og‘irligi), bo‘yi, ko‘krak qafasi va bosh aylanasi, kattaroq bolalarda o‘pkasining tiriklik sig‘imi va muskul kuchi, shuningdek, umumiy ahvolini aniqlash bilan baholanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling