H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Keksalik va qariyalar muammolarini aniqlash


Download 485.49 Kb.
bet39/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

5.2. Keksalik va qariyalar muammolarini aniqlash
Keksa yoshdagi kishilarning hayot faoliyatiga noqulay ta’sir
qi lish ehtimoli bo‘lgan o‘zgarishlar:


86
1. Ijtimoiy soha/bandlik:


– nafaqaga chiqish;
– bevalik, yaqinlarini yo‘qotish;
– turar joyining o‘zgarishi;
– do‘stlari va oilasini yo‘qotish;
– moliyaviy mustaqillikni yo‘qotish.
– kasb mahoratini va o‘z hurmatini yo‘qotish;
2. Fiziologik soha:
– gormonal o‘zgarishlar;
– insulinga muhtoj diabet paydo bo‘lishi;
– gipertoniya;
– qalqonsimon bez disfunksiyasi;
– osteoporoz.
3. Fiziologiyada patologik o‘zgarishlar:
– bir yoki bir necha a’zolarining surunkali kasalliklari;
– tibbiy-xirurgik patologiyalar, dori-darmonlar qabul qilish
va o‘zgalar yordamiga muhtojlik;
– harakatchanlikning, faollikning kamayishi va o‘zining
kundalik ehtiyojlarini yaxshi uddalay olmaslik.
Keksa yoshli kishilarning salomatligini muhofaza qilish
Ayrim kasalliklarga qarshi muvaffaqiyatli olib borilayotgan
kurash tufayli ko‘pchilik kishilar nisbatan sog‘lom bo‘lganlari
holda uzoq umr ko‘rmoqdalar. Ilgari yetuklik yoshidagi kishilar-
da uchraydigan ko‘p kasalliklar bizning davrimizga kelib, bir-
muncha keksalikda uchramoqsa. Sog‘liqni saqlash tizimining
asosiy vazifasi sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlab turish
va ko‘pchilikka sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlashdir.
Bunga ovqatlanish, jismoniy tay yorgarlik, sog‘lom dam olish,
kundalik mehnatda faollik, to‘laqonli oilaviy turmush, ijtimoiy
va diniy hayotda qatnashish, muntazam jinsiy turmush kiradi.
Bularning hammasida mo‘tadillikka erishish, ular odamning


87
jismoniy va emotsional imkoniyatlariga mos keladigan bo‘lishi


kerak.
Keksa yoshdagi kishilarga bir xilda tibbiy kuzatuvni tashkil
qi lish kompleks yondashuvni talab qiladi va davlat hamda
mintaqaviy darajada qo‘llab-quvvatlab turishga asoslanadi.
Keksa kishilar rivoj lanayotgan mamlakatlarda 3,5 % ni va
rivojlangan mamlakatlarda qariyb 20 %ni tashkil qiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda ularning soni o‘sib bormoqda, ayrim
joylarda­esa­30­%gacha­boradi.­Bu­keng­ko‘lamdagi­ijtimоiy­va­
tibbiy sohalarni rivojlantirish: uyda tibbiy yordam ko‘rsatish,
kasalxonadan keyingi tiklanish, qariyalar uchun qulay transport
vositalari va dam olish joyla rini tashkil qilishni ta lab etadi.
Yoshi ulg‘aygan odamning sog‘lig‘ini saqlashga hayotiy
zarur­bo‘lgan:­ovqatlanish,­iqtisodiy,­ijtimоiy­va­ruhiy­omillar­
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘pgina rivojlangan
mamlakatlarda­yoshi­ulg‘aygan­kishilar­ijtimоiy­sug‘urta­tizimi­
tomonidan to‘lanadigan mehnat nafaqalari hisobiga iqtisodiy
jihatdan yaxshi ta’minlangan bo‘ladilar. Biroq, moliyaviy
mablag‘larsiz qolgan va nochorlikda hayot kechiradigan kishilar
hanuzgacha bor. qarovsiz qolishlik, yolg‘izlik, kamharakatlik
va yetarlicha ovqatlanmaslik kasalliklar rivojlanishiga sabab
bo‘ladigan omillardir. Ko‘pgina keksa odamlarning mablag‘lari
o‘rtacha ovqat tanovul qilishlariga ham yetmaydi. Bundan
tashqari, keksa odamlarning ma’lum qismida tishlar butunlay
to‘kilib ketgan bo‘ladi. Shu tariqa ular yarim ochlik holatida
yashab, quruq non-choygagina kunlari qoladi. Hatto o‘ziga
to‘q va jismoniy baquvvat yoshi qaytgan odamda ham ba’zan
ishtaha bo‘lmaydi va u keraklicha sifatli ovqatlana olmaydi.
Ayniqsa, kamharakat bo‘lib qolgan odamlarga undan ham
qiyin, ular uydan ko‘chaga mustaqil holda chiqa olmaydilar
yoki xona ichida ham bemalol yura olishmaydi. Yoshi


88
ulg‘aygan odamlarga tavsiya qilinadigan ratsionda bu guruh-


dagi­kishilarning­kam­energiya­sarflashla­rini­nazarda tutish
lozim.
Keksalikka tayyorgarlik ayollar uchun katta ahamiyatga ega,
chunki statistik jihatdan ular erkaklardan uzoq umr ko‘radilar
va ular orasida osteoporozning rivojlanishi va u bilan bog‘liq
oyoq-qo‘l su yaklarining sinish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi.
Gipovitaminoz lar kuzatiladi, ayniqsa, qish oylarida d vitami-
ni yetishmaydi. Yoshi ulg‘aygan odamning salomatlik holati-
ga baho berishda har bir tibbiyot xodimi qariyaning ovqatlan-
ishiga, ayniqsa jismoniy kamquvvat va ruhiy holati past hamda
og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari bo‘lgan shaxslarga ko‘proq e’tibor
qaratishi kerak. Ratsionda ovqatning hamma asosiy turlarini
ta’minlash sog‘liqni saqlash xodimlari ning kasalliklarga tez
chalinadigan bu aholi guruhida mikroelementlar yetishmasligini
profilaktika­qilish­maqsadini­ko‘zlagan­eng­ta’sirchan­ara­lashuv­
usuli hisoblanadi. To‘la qimmatli ratsion aholini zarur oziqa
moddalari bilan ta’minlabgina qolmay, balki yoshi ulg‘aygan
kishilarga tavsiya qilingan B, C, d va E vitaminlarni ularning
organizmiga tushishiga kafolat beradi.
Yoshi ulg‘ayib kelayotgan kishilar sog‘lig‘ini quvvatlab
turishning­muhim­profilaktik­vositasi­jismoniy­harakat­hiso-
blanadi. Sport mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanish,
indivi dual yoki salomatlik guruhlariga qatnash ularda ishtaha
yaxshilanishiga, qattiq uxlashga va jismoniy jihatdan sog‘lom
bo‘lishga imkon beradi, befarqlikni va organizmning umumiy
kuchsizlanishini yo‘qotadi. Keksa odam jismoniy mashqlarni
o‘tirgan yoki yotgan holda bajarishi mumkin.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling