H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Keksalarni parvarishlashda hamshiraning tutgan o‘rni
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
Keksalarni parvarishlashda hamshiraning tutgan o‘rni
Tibbiyot fanining rivojlanishi bilan birgalikda tibbiy hamshirasi ning roli va faoliyati ham o‘sib, rivojlanib bormoqda. 103
murakkab tibbiy, tabiiy va texnik bilimlarga ega bo‘lishi lozim. Hamshira va bemor o‘rtasidagi aloqaning muhimligi shun- daki, davolash jarayonida u doimo bemor yonida bo‘ladi, tekshirish lar, shifokor va hamshira ishida bemor bilan ishlash davomida tur licha emotsional aloqalar yuzaga keladi, bunga davolash muassasasi da gi muhit ham sabab bo‘ladi. Hamshira va bemor o‘rtasidagi aloqa, davolash jarayonida- gi shifo kor – hamshira – bemor o‘rtasidagi aloqaning tarkibiy qismi dir. Hamshiraning o‘z kasbiga vijdonan yondashishi bemor ning tez sog‘ayib ketishiga yordam beradi. Bemorni par- varish qilish psixo logik jihatdan ham ta’sir qiladi. Bemorga hamshira tomonidan ko‘rsatilgan yordam, e’tibor va g‘amxo‘rlik faqat ishda emas, balki uning so‘zida ham namoyon bo‘lishi kerak. Muloyimlik, mehribonlik, xushmuomala lik – yaxshi ish uslubining ajralmas elementidir. Bemorning sog‘ayishga bo‘lgan ishonchi muhim omil hisoblanadi. Agarda bemor hamshira va shifokorga ishonsa, uning sog‘lig‘i xavf ostida emasligini sezadi, sog‘ayib ketishi uchun barcha muolajalarni olsihga rozi bo‘ladi. Agar bemorda shifokor va hamshiraga ishonch bo‘lmasa, u serjahl bo‘lib, bo‘lar-bo‘lmasga hamshirani chaqiraveradi. Bemorni tinglay bilish qobiliyati hamshira ishida muhim aha miyatga ega. Hamshira suhbat davomida bemordagi qo‘rquv, ishonch sizlik holati va boshqalarni bilib olishi mum- kin. Agarda o‘zaro suhbat samimiy bo‘lsa, bemordagi ishonch- sizlik, xavotir barham topadi. Yetarli malakaga ega bo‘lgan hamshira bemor savollariga qanday javob qaytarishni biladi, lozim bo‘lganda ayrim savol- lar bilan shifokorga murojaat qilishni tavsiya qiladi. Shifokor va hamshira tomonidan o‘tkaziladigan psixoterape- vtik muolajani jamoa usulida o‘tkazish ham mumkin. Ma’lumki 104
uchrashib turadi, bunday paytda palatadagi bemorlar bilan ham- shira o‘rtasida suhbat boshlanishi mumkin. Bu vaziyatda bemor- lar guruhiga psi xoterapevtik ta’sir o‘tkazish imkoniyati tug‘iladi. Suhbat mavzusi palata dagi tartib-qoidalar va ayrim bemorlarn- ing yangi jamoaga moslashuv muammosi to‘g‘risida bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda hamshira oddiy suhbat bilan chek- lanib qolmasdan, tarbiyaviy va sanitariya-oqartuv ishlari bilan ham shug‘ullanishi kerak. Bemor bilan hamshira o‘rtasida chiqadigan bahslar zararli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday paytda hamshira o‘zining haqligini isbotlab o‘tirishining keragi yo‘q. Agarda hamshira yetarli bil- im va tajribaga ega bo‘lsa o‘z haqligini isbotlab o‘tirishga asos ham qolmaydi. Bemorlardan nimanidir iltimos qilish va topshiriqlar be rish yaramaydi. Agarda bemor manfaati uchun bunday zarurat tug‘ilib qo lsa, yaxshisi unda bemorda bu masalaga nisbatan qiziqish uyg‘otgan ma’qul, faqat shundan keyingina unga ma’lum topshiriqlar be rish mumkin bo‘ladi. Ba’zi hollarda bemor kasal xonadan muddat dan ol din ketish yoki shifoxona- dan chiqish muddati yetib kel ganda qo lish xohishini bildiri- shi mumkin. Shu ning uchun ham bemorlarni shifo xonadan chiqib ketishdan oldin ma’lum tayyorgarlik ishlari o‘tkaziladi. Bemorlarningshifoxonadanqandaykayfiyatdaketishigabefarq qaramaslik ke rak va barcha tushunmovchiliklarni bartaraf etish kerak. davlatimiz xalq farovonligini, jumladan, qariyalarning moddiy ahvolini hamda yashash sharoitlarini yaxshilash, ular- ga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatni takomillashtirish borasi- da muhim tadbirlarni amalga oshirmoqda. qariyalar haqida g‘amxo‘rlik qi lish davlatimiz olib borayotgan ijtimoiy siyo- 105
qadrlash yili“ deb e’lon qili nishida ham ko‘rishimiz mumkin. Shu yil munosabati bilan davlatimiz miqyosida qator tadbirlar ishlab chiqildi va izchil amalga oshirilib kelinmoqda. Bu chora- tadbirlar qariyalarni ham jismoniy, ham ruhiy talablarini to‘la- to‘kis qondirishga, vaqtidan ilgari qa rishning oldini olishga va uzoq umr ko‘rishga imkon bermoqda. Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling