H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Nikotin, alkogol va narkotiklarga qaramlik
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
Nikotin, alkogol va narkotiklarga qaramlik. Chekish,
alkogol va narkotiklar iste’mol qilish jamiyatda kasallanish va erta yuz beradigan o‘limning eng ko‘p tarqalgan sabablari qatorigakiradi.Хulq-atvordagibuindividualxususiyatlaryoki „turmush tarzi“ omillari ayrim shaxslarning sog‘lig‘iga putur yetkazib, erta o‘limiga sabab bo‘lishidan tashqari, jamiyat zimmasiga og‘ir yuk bo‘lib tushadi. Bu sohada ko‘rilayotgan choralarahvolnio‘zgartirishivabukabixavfliomillarning jamiyat sog‘lig‘iga ta’sirini pasaytirishi mumkin. Bu qoida jamoat sog‘lig‘ini saqlash konsepsiyasining muhim qismi hisoblanadi. Chekish Tamaki chekish yurak qon-tomir kasalliklari, o‘pka raki va boshqa kasalliklarning rivojlanish sabablaridan biridir. Ko‘pincha, birinchi sigareta 18 yoshgacha chekiladi va ko‘pchilik chekadigan o‘smirlar nikotinga qaram bo‘lib qoladilar.Chekishgaxavfliijtimоiy-ruhiyomillarsababbo‘ladi va aksariyat tamaki o‘smirlar uchun birinchi narkotik modda bo‘lib qoladi, keyinchalik o‘smir qonun tomonidan man qilingan narkotiklar iste’mol qilishga o‘tadi. Jamoa miqyosidagi loyihalar jamoatchilik o‘smirlarning tamaki chekishiga muvaffa qiyatli ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Chekish katta yoshdagi erkaklar orasida kamaydi, biroq ayollar orasida bunday bo‘lmadi. Shuning natijasida erkaklarda o‘pka raki bilan kasallanish barqarorlashdi, ayollarda esa tobora ko‘payib bor yapti. O‘pka raki ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ayollar ning sut bezi rakidan oshib ketdi yoki unga yaqinlashdi. 98
Ichkilik ichish ilk sivilizatsiya davrlaridan boshlangan inso- niyat madaniyatining bir qismidir. Ichkilikka ruju qo‘yish shaxs sog‘lig‘i uchun ham, jamiyat uchun ham jiddiy muammolarga olib keladi. Surunkali alkogolizmda jigar sirrozi, yurak-qon tomir kasalliklari va normal hayot kechirish hamda mehnat qilishga imkon bermaydigan boshqa buzilishlar rivojlanadi. Ichkilikbozlik dardiga mubtalo bo‘lgan shaxs o‘zi uchun ham, jamiyat uchun xatarli bo‘lib qoladi, zo‘ravonlik qiladi, yo‘llarda va ishlab chiqarishda falokatlarga sabab bo‘ladi. Alkogol inson tanasining hamma a’zolariga zarar yetkazadi va uni ichish ko‘pgina kasalliklar: gipertoniya, bosh miya insulti, yurak ishemik kasalligi, jigar, qizilo‘ngach, hiqildoq, o‘pka, me’da, chambar va yo‘g‘on ichak raki va ayollarda sut bezi raki uchun umumiy xavf omilidir. U jinsiy tizim buzilishlarini, jumladan amenoreya, anovulatsiya, erta menopauza boshlanishi va homiladorlikning yomon oqibatlar bilan tugashi, tug‘ilgan bola vaznining pastligi va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda alkogol sindromini keltirib chiqaradi. Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling