H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet45/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Ayollar salomatligi
Bolalik bilan menopauza o‘rtasidagi muddatda ayollarning
salomatlik muammolari reproduktivlik (farzandli bo‘lish) bilan
an’anaviy bog‘langan. Ayolning ma’lumot darajasi oshishi,
hamma sohalarda ishlaydigan ayollar sonining ko‘payishi va
boshqa ijtimoiy-axloqiy o‘zgarishlar tufayli ayolning salomatlik
muammolari boshqa sohalarga ham ta’sir etadi.
So‘nggi yillarda jamoat sog‘liqni saqlash tizimi ayollar
salomatligi muammolariga ko‘proq ahamiyat berib kelmoqda.
Ayollar aho lining boshqa toifalariga nisbatan tibbiy yordamga


99
ko‘proq murojaat qiladilar, tibbiyot xodimlari o‘rtasida ayollar


ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ayollar erkaklarga nisbatan uzoq
umr ko‘radilar, ular erkaklarga qaraganda shifokorlarga 25 %
ko‘proq murojaat qiladilar va kasalxonalarda 15 % ko‘proq
yotadilar. Ayollarda reproduktivlik bilan bog‘liq alohida tibbiy
ehtiyojlar bo‘ladi, bundan tashqari, ayol sog‘lig‘ida boshqa
tibbiy muammolar va ehtiyojlar ham katta o‘rin egallaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda o‘pka raki birinchi o‘rinni
egallaydi, ayollarda sut bezi raki ko‘proq kuzatiladi.
Ayolning menarxe va menopauza o‘rtasidagi hayot sikli
reproduktivlik funksiyasi bilan bog‘langan. Jismoniy va ruhiy
stress bilan bog‘langan menarxe, hayzdan oldingi sindrom va
menopauza­ayollar­kasalliklari­klinikasida­va­profilaktik­das-
turlarda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Ayolning fiziologik
ehtiyojlariga oilada, ish xonada va umuman jamiyatda to‘g‘ri
munosabatda bo‘linar ekan, ayol ham o‘z ehtiyojlariga e’tibor
ko‘rsatilayotganiga qarab, kasalliklarni yengilroq o‘tkazadi.
Ayol sog‘lig‘ining boshqa jihatlari temir tanqisligi anemiyasi
va ovqatlanishning buzilishlariga aloqador holatlarni o‘z ichi-
ga oladi.
Ayollar salomatligi biologik va ijtimoiy omillarga bog‘liq.
Ayollar menopauzadan keyin ilgari gormonal himoya qilingan
yurak qon-tomir kasalliklari, osteoporoz va ular bilan bog‘liq
aso ratlarga mo yil bo‘lib qoladilar. Ayollarning ruhiy kasallik-
lar, xususan patologik qo‘rquv, depressiya va ovqatlanishning
buzilishla ridan kasallanish ko‘rsatkichlarining oshishi, aftidan,
gormo­nal­va­ijtimоiy­omillar­bilan­izohlansa­kerak.­Tug‘uruqdan­
keyingi va menopauzal depres siya, ishlashni bola parvarishi
bilan birga olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan stresslar, oila buzil-
gani bois uzoq davrlargacha yolg‘iz yashash – bular oqibat-nati-
jada ayollarda ruhiy xastaliklar kelib chi qishiga sabab bo‘ladi.
Ayollarda spetsifik rak shakllari – sut bezi, tuxumdon,
bachadon bo‘yni raki ham sog‘liqni muhofaza qilish jihatlaridan


100
biri sana ladi va ularning skriningi erta tashxis qo‘yishga va


davolashga imkon beradi. Jinsiy va jismoniy zo‘ravonlik,
bolalarni yolg‘iz tarbiyalash, jamiyatda ayol uchun zarur bo‘lgan
tibbiy ta’minot xizmatlarining mazmunini va yo‘nalishini
belgilab beradigan omillardan hisoblanadi. Ayollar salomatligi
ko‘p jihatdan uning jamiyat dagi mavqeyiga (ma’lumoti, ishga
joylashishi, mehnatga haq olishi va h.k.) bog‘liq. Ayollar
huquqlari va ularga amal qilish bo‘yicha choralar xususi dagi
qonunlar turli mamlakatlarda turli-tuman va ularning sog‘liqni
saqlash sohasidagi ifodasi ham bir xil emas.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda ayol sog‘lig‘i bir qator
muammolarga duch keladi, jumladan, homiladorlik va onalar
o‘limining yuqori ko‘rsatkichlari, tanosil kasalliklari va SPId,
kontratsepsiya vositalari bilan yetarlicha ta’minlanmaganlik
kabilar shular qatoriga kiradi. Afrikaning ba’zi bir tumanlarida
homilador ayollarning uchdan bir qismi VICH infeksiya
tashuvchilar hisoblanadi. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining
ma’lumotlariga ko‘ra jahondagi barcha ayollarning qariyb
to‘rtdan bir qismi oilada zo‘ravonlikka va jinsiy shil qimliklarga
uchraydi. Tailand, Yangi Papua-Gvineya, Koreyada bu
ko‘rsatkichlar 50 %dan yuqori, Pokiston va Chi lida ular 80 %
gacha boradi. JSSTning boshqa ma’lumotlariga ko‘ra rivojlana-
yotgan mamlakatlarda 85–115 mln. ayollar „xatna“ (klitorekto-
miya) qi lingan va yiliga qariyb 2 mln qizlar shu marosimni
boshdan kechiradilar. Ayollarni „xatna“ qilishning bevosita
asoratlaridan qon ketish, og‘riq shoki va infeksion yallig‘lanish
kabi hodisalarni sanab o‘tish mumkin. Uning keyinchalik yuz
beradigan oqibatlari chanoq a’zolari yallig‘lanishi, bepushtlik,
psi xologik shikastalik va jinsiy buzilishlardan iborat. Bu,
shuningdek, tug‘uruqlarda tug‘uruq yo‘llari tuti lib qo lishiga
sabab bo‘lib, odatda, onaning o‘limi bilan yakunlanadi.
Klitorektomiya profilaktikasi jamiyatning ayolga bo‘lgan


101
munosabatini tubdan o‘zgartirishni, uning bilim darajasini va


jamiyatdagi mavqeyini, shuningdek, uning ijtimoiy rolini va
obro‘sini oshirishni taqozo qiladi.


Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling