H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Toliqishga qarshi kurashish va mehnat jarayonini to‘g‘ri


Download 485.49 Kb.
bet53/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Toliqishga qarshi kurashish va mehnat jarayonini to‘g‘ri 
tashkil qilish. Toliqishning rivojlanishida markaziy asab tizimi-
ning faoliyati yetakchi o‘rin tutishi isbotlangan. Ishni to‘g‘ri
tashkil qilmaslik, aniq maqsad, tartib bo‘lmasligi, ish jarayoni
va gigiyena sharoitlarining yomonligi ruhiyatga salbiy ta’sir eta-
di va ish qobiliyatini pasaytiradi. Bunda odam tez toliqib qoladi.
Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonini puxta va to‘g‘ri tash-
kil etish, ish jarayoni dagi ijobiy omillar ish qobiliyatini oshira-
di. Ishlab chiqa rish dastgohlariga umumiy talablar 1994-yilda
qabul qilingan 0011-sonli Sanitariya qoida va me’yorlari „Tik
holda bajariluvchi ish joyi va o‘tirib bajariluvchi ish joyi“da
ko‘rsatilgan. Umumiy talablarga ko‘ra dastgoh shakli va ish
joyini tashkil qilish, tanani uzoq vaqt, ya’ni 30 daqiqadan ortiq
egib turishga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Muayyan mushak ishini ko‘p marta muntazam takrorlash
organizmning ish qobiliyatini va chidamliligini oshiradi. Bu
ishga moyil lik deyiladi. Ishga moyillik natijasida harakatlar
aniq va bexato bo‘ladi. Bu markaziy asab tizimining ishini
osonlashtiradi,­mushaklar­ishi­tejalgan­holda­sarflanadi.­Tik­
turib ishlaganda kamroq egi lish lozim. Buning uchun ishchining
bo‘yiga mos keladigan asbob lar tanlash lozim. 5 kg gacha kuch
sarflanadigan­ishni­o‘tirib,­10­ kg gacha o‘tirib va tik turib
ishlash, 20 kg gacha yukda esa tik turib ish lagan qulay. Ko‘p


113
energiya­sarflaydigan­ishchilar­(o‘roqchilar,­daraxt­ke­suvchilar­


va boshqalar) toliqmasligi uchun ishni mexanizatsiya lash va
avtomatlashtirish kerak bo‘ladi. Ish turi o‘zgartirib turilganda
toliqish ancha kamayadi. Masalan, aqliy mehnatdan so‘ng
jismoniy mehnat qilish yaxshi natija beradi. Bunday mehnatlarda
mikroiqlim – toza havo bo‘lishi, ish joyi yoritilishi lozim,
shovqin bo‘lmasligi va to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga
ega. Bir kunda uzog‘i bilan 8 soat mehnat qilish ke rak. Ayrim
sohalarda, masalan, ko‘mir va tog‘ sanoati ishchilari uchun 6
soatlik ish kuni belgilangan. Toliqishning oldini olishda dam
olishni to‘g‘ri tashkil etish ahamiyatli. dam olish ish davomida
va ishdan tashqari vaqtda bo‘ladi. Agar ish og‘ir bo‘lsa, 1–2
soatda 5–10 da qiqa dam olish yoki tanaffus qilish lozim.
davomli tanaffus qilish ishlash layo qatini pasaytiradi. Tushki
tanaffus 1 soat bo‘lishi mumkin. Juda toliqib qolmaslik uchun
haftada bir kun dam olish va yillik mehnat ta’tiliga chiqish
tavsiya etiladi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling