114
avariyalarda shaxsiy himoya vositalari zarur. Shaxsiy himoya
vositalariga maxsus kiyimlar (oyoq kiyimlar, maxsus ichki
kiyimlar, bosh kiyimlar), ko‘zoynaklar,
respiratorlar, sanoat
gazniqobi, shovqindan himoyalanish vositalari, himoya mazlari
va pastalar kiradi.
Maxsus kiyimlar ishchilar organizmining issiqlik almashi-
nuvini buzmagan holda ularni
tashqi muhitning salbiy
ta’siridan saqlaydigan bo‘lishi kerak. Shuning uchun maxsus
ish kiyimlariga qo‘yiladigan asosiy gigiyena talablaridan
biri ularning havo va bug‘ o‘tkazuvchan bo‘lishidir. Bundan
tashqari, ish kiyimlari ishchining harakatiga xalal bermasligi
vaularilinibqolibbaxtsizhodisalarxavfinioshirmaydigan,o‘t
olib ketmaydigan bo‘lishi ke rak. Ish kiyimlari tayyorlanadigan
gazlamalar
yetarlicha chidamli, pishiq, yumshoq, yengil
va terini qitiqlamaydigan bo‘lishi kerak. Bu gazlamalar
ularniifloslantiradiganmoddalardanosontozalanadiganva
zararsizlantiriladigan bo‘lishi zarur.
Turli zararlanishlardan himoya qiladigan maxsus
kiyimlar. Cho‘g‘langan metallarning uchqunlaridan
himoyalanish uchun kanop va jun gazlamalari qo‘llaniladi,
chunki ular tez yonib ketmaydi. Issiq
sexlarning nurlanishiga
duchor bo‘lib turadigan joylardagi ishchilar ning ish kiyimlari
bir necha qavat qilib tikiladi. Tashqi qavati o‘t olib ketmaydigan
brezent to‘qimasidan, ichki qavati yumshoq ip gazlamadan
tikilgan bo‘ladi.
Kislotalarning ta’siridan
himoyalanishda jun, rezina
to‘qimalar, xlorvinil qoplangan matolar qo‘llaniladi.
Ishqorlar junlarni oson, kanop, ip-gazlamalarni qiyinroq par-
chalaydi. Rezina to‘qimalar ishqorlar ta’siriga
juda chidamli-
dir. Shu ningdek, bu maqsadda xlorvinil bilan yoki nitrosellulo-
za bilan qoplangan kiyimlar kiyiladi.