H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Ish jarayonida nafas a’zolaridagi o‘zgarishlar


Download 485.49 Kb.
bet51/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Ish jarayonida nafas a’zolaridagi o‘zgarishlar. Tinch
holatda turgan kishi o‘pkasidagi havoning almashinishi
taxminan minutiga 6–8 litrni tashkil etadi. Ish jarayonida bu
hajm ortib, bir daqi qada 40–60 litrga yetadi. Nafas olish soni
esa bir daqiqada 20–30 taga qadar ortadi. Nafasning o‘zgarishi
ishning tartibi va og‘irligiga bog‘liq. Ish vaqtida organizm
unga qo‘yiladigan yuqori talablarga oson moslashadi. Agar
bunda organizmga birdaniga yuqori ta lab qo‘yilsa, nafas
olishda katta o‘zgarishlar yuzaga keladi. Tana ning uzoq vaqt
majburiy holatda bo‘lishi o‘pka ishini qiyinlashtiradi va qon
aylanishining buzilisliiga olib keladi. Charchashda nafas
harakatlari tezlashadi, yuzaki bo‘lib qoladi, natijada organizm
kislorod bilan yetarli darajada ta’minlana olmaydi va modda
almashinish mahsulotlari organizmdan tezda chi qib ketmaydi, bu
yurak ishini qiyinlashtiradi. Ishdagi qisqa tanaffus organizmdagi
jarayonlarning tiklanishiga olib keladi.
Ish jarayonida kishi organizmida suv almashinuvi 
va qonning tarkibi. Ish vaqtida organizmdagi suv balansi,
ya’ni organizmga kirgan va undan chiqqan suyuqlik miqdori
orasidagi nisbat buzilishi mumkin. Organizm uchun suvning
ahamiyati katta, suv balansi ning buzilishi butun organizmda turli
o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. Og‘ir jismoniy mehnat bilan
shug‘ullanuvchi, issiq sexlarda ishlovchi ishchilar bir ish kunida
6 litrgacha suyuqlik iste’mol qiladilar. Suvning bir qismi ter
bezlari orqali chiqib ketadi. Bunda tuz ko‘p ajralib chiqadi. dam
olishda bu holatlar me’yorga keladi. Bu ning ol dini olish uchun
suv – tuz balansini buzadigan sharoitlar ning yomon ta’sirini
bartaraf qilish, suyuqlik ichish tartibiga rioya qi lish ke rak.
Ishning ta’siri tufayli moddalar almashini shida qon ning tarkibiga
ta’sir qiluvchi o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ishdan oldin va ishdan
so‘ng o‘tkazilgan biokimyoviy tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki,
organizmda tarkibida fosfor bo‘lgan moddalar parchalanadi, sut


110
kislota to‘planadi, me’yorda doimiy tarkibga va sust ishqoriy


reak siyaga ega bo‘lgan qonning kislotaliligi ortadi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling