H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet49/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

mehnat qobiliyatini aniqlash
Hozirgi kunda ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash va
sog‘lom lashtirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.
Kor xonalar zamonaviy texnika bilan jihozlanmoqda. Lekin
bu ishchi-xizmatchilar, qishloq xo‘jalik xodimlari sog‘lig‘iga
ma’lum darajada salbiy ta’sir etadi. Mexanizatsiyalashtirish
va avtomatlash tirish ish sur’atini tezlashtirsa-da odamning
asabiy-ruhiy jihatdan zo‘riqishiga hamda holdan toyishiga


107
olib keladi. Ish jarayonida mushaklar qisqarishi 2 fazada:


anaerob–kislorodsiz va aerob–kislorod ishtirokida o‘tadi.
Bu jara yonlarning birinchisi boshqa laridan ilgariroq yuzaga
kelib, mu shak ishining anaerob fazasi deb ataladi, ikkinchisi
esa keyinroq sodir bo‘lib, aerob faza deyiladi. Anaerob fazada
mushaklar fosfat kislota ishtirokida uglevodli parchalanish
hisobiga qisqaradi. Bu parchalanishning natijasida sut kislota
hosil bo‘ladi. Aerob faza vaqtida sut kislotaning bir qismi
karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi. qolgan sut kislota
esa erkin holda qoldiq energiya hisobiga qaytadan tiklanib,
glikogenga aylanadi va mushakdagi modda almashinishi
jarayonida yana ishtirok etishi mumkin. Bir minutda to‘plangan
parchalanish mahsulotlarini to‘la oksidlash uchun zarur bo‘lgan
kislorod miqdori kislorodga talab yoki kislorodga bo‘lgan
ehtiyoj deb ataladi. Ishning boshlanishida paydo bo‘lgan sut
kislotaning ma’lum qismigina oksidlanadi. qolgan sut kislota
esa mushaklarda vaqtincha to‘planadi va qonga o‘tadi. Ish
boshlangandan so‘ng ma’lum vaqt o‘tgach (2–4 daqiqa) sodir
bo‘layotgan mushak harakatlari ta’sirlari nerv tizimiga borishi
sut kislota va boshqa mahsulotlar qonga kirishi tufayli nafas
va yurak-qon tomirlari tizimining faoliyati oshadi. Natijada
organizm hosil bo‘layotgan sut kislota oksidlanishi uchun zarur
bo‘lgan kislorod miqdorining hammasini oladi. Parchalanish
mahsulotlarining to‘planishi va oksidlanib yo‘qolishi o‘rtasidagi
muvozanat turg‘un holat deb ataladi. Ish tamom bo‘lgandan
keyin bir qancha vaqt davomida kislorod ko‘proq miqdorda
iste’mol qili nadi, bu kislorod parchalanish mahsulotlaridan
qolgan qismining oksidlani shiga sarf qilinadi. Bu vaqt tiklanish
davri deb ataladi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling