108
Tinch holatda katta odam yuragi qon tomirlariga har daqiqada
3–5 litrga yaqin qonni chiqaradi. Bu daqiqalik hajm deb ataladi.
Yurak ishining yaxshi lanishi yurak qon tomirlarining qon
bilan
to‘lish darajasining oshi shi va yurak
mu shaklarining qon bilan
yaxshita’minlanishigabog‘liq.Buesagipertrofiyaga,ya’ni
uzoq vaqt og‘ir jismoniy ish bajaradigan odam ning yurak
massasi kattalashishiga olib kelishi mumkin.
Mehnatning har
xil turlarida yurak-qon tomir tizimining o‘zgarishlari turlicha
bo‘ladi. Masalan, Ko‘pincha, to‘quvchilarda pulsning tezlashishi
va arterial bosimning ko‘tarilishi sezilmaydi. Metallni qo‘lda
yoki yarim mexanik usulda to‘qmoqlash vaqtida puls va arterial
bosim ning o‘zgarishi boshqacha bo‘ladi. Puls bir daqiqada 160
marta va undan ham ko‘proq bo‘ladi.
Ishdan oldin qon bosimi
120/140
mm simob ustiniga teng bo‘lsa, ishdan keyin 150–170
mm simob ustuniga ko‘tariladi. Yurak-qon tomirlar tizimi va
boshqa organlardagi o‘zgarishlar ish tamom bo‘lgandan
keyin
va dam olish vaqtida qayta tiklanadi. Jismoniy zo‘riqish bilan
bir qatorda yuqori harorat va issiqlik nurlari ning ta’siri bilan
bog‘liq bo‘lgan sharoitlarda ishlashda meteorologik omil katta
ahamiyatga ega bo‘ladi. Yuqori harorat
va issiqlik nurlari teri,
qon tomirlarini kengaytirib, qon bosimini pasaytiradi.
Vaholanki,
jismoniy ish qon bosim ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
Shunday qilib, ishchilarda oldin qon bosimining ko‘tarilishi
sezi ladi, so‘ngra esa yuqori haroratning ta’siri ostida u
pasayadi. Yurak ning qisqarishi ancha tezlashadi. qon tomiri
1 daqiqada 160–180 marta uradi. Bu jarayonlarning qayta
tiklanishi
odamning chiniqqanligiga, holatiga,
mosla shish
qobiliyatiga, sog‘lomligiga bog‘liq. Har xil kasbdagi ishchilarda
organizm faoliyatining tik lanish vaqti har xil bo‘ladi. Masalan,
chinni zavodlarida pechlarni ta’mirlovchilarda, marten
sexlari, temirchilik sexlari ishchilarida 45 daqiqadan keyin,
chilangarlarda 2–3 daqiqadan keyin tiklanishi mumkin.