H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Aholi sog‘lig‘ini saqlashda dispanser ko‘rigining


Download 485.49 Kb.
bet58/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

6.3. Aholi sog‘lig‘ini saqlashda dispanser ko‘rigining 
ahamiyati va umumiy amaliyot hamshirasining vazifalari
Sanoat korxonalari ishchi xizmatchilarining sog‘lig‘ini
saq lash, mehnat qobilayatini yo‘qotishga sabab bo‘ladigan
kasalliklarni kamaytirish tibbiyot xodimlarining eng
muhim vazifalaridan bi ridir. Respublikamizning iqdisodiy
mustaqillikka erishishida, mod diy boyliklarni ko‘paytirishda
sanoat korxonalarining roli juda katta. Kor xonalarda mehnat
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Shu sababli korxona
ishchi xizmatchilariga imtiyozli tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi
tashkil qilingan. Ularga tibbiy xizmat turar joylarda (umumiy
tibbiy muassasalarda) ishlab chiqarish tamoyiliga asoslangan
maxsus tibbiyot tarmoqlarida (tibbiy sanitariya qismi,
poliklinika hududiga tegishli sex uchastkalarida va tekshirish
punktlarida) ko‘rsatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida
ishchilar uchun maxsus tibbiy xizmatni tashkil qilish ko‘pgina
afzalliklarga ega:
– bunda ishchilarga yaqindan tibbiy xizmat ko‘rsatiladi;


120
– vrachlar ishchilarning ishlab chiqarish sharoitlarini o‘rga-


nadilar;
– kasallik va shikoyatlar sababini aniqlaydilar.
Korxona ma’muriyati va kasaba uyushmasi bilan birgalikda
korxona sharoitini sog‘lomlashtirish, sanitariya davolash-
profilaktika­tadbirlarini­amalga­oshirib,­kasallikni­kamaytirishga­
harakat qiladilar. Sanoat korxonalarida 4000 dan ortiq (ko‘mir,
neft, tog‘ rudalari, kimyo-sanoat korxonalarida esa 2000 dan
ortiq) ishchi bo‘lsa tibbiy sanitariya qismi tuziladi. Bu qism
muayyan korxona ishchi xizmatchilariga barcha turdagi
tibbiy­xizmat­ko‘rsatuvchi­davolash-profilaktika­muassasalari­
majmuyidan iborat bo‘ladi. Ba’zi tibbiy sanitariya qismlari ochiq
bo‘lib ishchi xizmatchilar ning oilasiga hamda o‘sha hududdagi
tuman aholisiga ham xizmat ko‘rsatadi.
Korxona tibbiy sanitariya qismlari korxonaning ishlab chiqa-
rish rejasining bajarilishiga yordam beradi. Uning boshlig‘i
bevo sita tuman yoki shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi boshqar-
masi mudiriga bo‘ysunadi.
Tibbiy sanitariya qismlari tarkibida poliklinika, statsionar,
sana­toriy-profilaktoriy,­sexlarda­sog‘liqni­saqlash­punktlari­
bo‘ladi. Sexlarda shikastlanishlar yuz berganda birinchi tibbiy
yordam­ko‘rsatish­va­davolash-profilaktika­ishlari­olib­borish­
uchun sexda sog‘liqni saqlash punktlari tuziladi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling