H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Sexlarda sog‘liqni saqlash punktlarini tashkil qilish
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
Sexlarda sog‘liqni saqlash punktlarini tashkil qilish.
Tegishli tibbiyot xodimlari tomonidan korxona ishchilariga uchastkalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladi. Sexning shifokor terapevti bir yoki bir necha sex ishchilariga (soniga qarab) xizmat ko‘rsatadi. Unga bu ishda hamshira yordam beradi. Agar ishlab chiqarishda 2000 ishchi xizmat qilsa, unda (kimyo, ko‘mir, tog‘ rudalari, neftni qayta ishlash korxonalari) sex uchastkasi tashkil qilinadi. Sex shifokori va hamshirasi bemorlarni poliklinika va sexda (haftasiga 9 soat) qabul qiladi. Ishchilarning mehnat sharoiti va ishlab chiqarish jarayoni bilan 121
omillarni aniqlaydi va ularni bartaraf qilishga harakat qiladi. Sexdagi ayrim ixtisosli ishchilar guruhi ning ish sharoiti bilan yaqindan tanishish bemorlarning mehnat qo biliyati haqida bir fikrgakelishga,ularniturliishgajoylashtirishnihalqilishgayor- dam beradi. Sex shifokori shu hududdagi uchastka shifokori bilan birga isholibborishimaqsadgamuvofiqbo‘ladi.Uzoqroqdajoylash- gan va tibbiy sanitariya qismi bo‘lmagan korxonalarda shifo- korlik sog‘liqni saqlash punktlari tashkil qilinadi. Tibbiy sanitariya qismlari, statsionar, poliklinikalar, korxona- lar hududida felsherlik punktlari tuziladi. Bu punkt xodimlari korxona barcha bo‘limlarining sanitariya holatini nazorat qila- di, shikastlangan, kasallangan ishchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi, lozim topsa poliklinika yoki statsionarga yuboradi, shifokor ko‘rsatmalarini bajaradi (inyeksiya qiladi, bog‘lash ish- larini o‘tkazadi). Biron bir maqsadli tibbiy ko‘nikmalarni tash- kil qilishda ishchilar guruhi ustidan dispanser kuzatuvida va davolash-profilaktikaishlaridaishtiroketadi. Korxona ishchi yoshlarini, ayollarni zararli omillar bilan ish- laydigan (zaharli moddalar, yuqori harorat, qattiq vibratsiya va hokazo) ishchilarni ma’lum bir vaqt oralig‘ida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish zarur. Bunday ko‘riklar buyruq asosida tasdiqlanib, mutaxa ssis shi fo korlar tomonidan o‘tkaziladi. Bu bilan ana shu kasbga aloqador kasalliklarga chalingan bemorlarni vaqti- da aniqlash, tekshiruvdan o‘tkazish, kechiktirmasdan davolash, ularni parhez taomlar bilan ta’minlash, sog‘lig‘iga qarab to‘g‘ri ishga joylashtirish va hokazolarga imkon yaratiladi. Sex ishchi- larini to‘liq va o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish o‘zining ijobiy samarasini beradi. Hamshira quyidagi ishlarni bajaradi: 122
ishlarini olib boradi; 2) texnika xavfziligi bo‘yicha varaqalarni ko‘rinadigan joy- ga osib qo‘yadi; 3) muntazam ravishda ishlab chiqarish bilan bo‘g‘liq bo‘lgan kasalliklar va shikastlanishlar haqida ma’ruzalar qiladi; 4) ishxonalar, korxona hududining sanitariya holatini nazorat qiladi; 5) maxsus kiyim-boshlar va individual himoya moslamala- rini ko‘zdan kechiradi; 6) ishchilarni vaqt-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi; 7) laboratoriya tekshirishlari olib borishni tashkillashtiradi; 8) korxonada dispanserizatsiya ishini sex shifokori bilan birgalikda amalda oshiradi; 9) 18 yoshgacha bo‘lgan ishchi o‘smirlarning hammasini (polikli nika o‘smirlar kabinetida) dispanser kuzatuviga oladi; 10) kerakli davo-profilaktika tadbirlari rejasini tuzadi (davolashning yangi usullarini qo‘llaydi, statsionarga yotqiza- di, sanatoriy-kurortlarga tavsiya qiladi; 11) dispanser hisobiga olingan bemorlarni nazorat qiladi. Baxtsiz hodisa (shikastlanish va hokazo)lar yuz berganda o‘z vaqtida to‘g‘ri, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Korxonaning ish jarayonida shikastlanish yuz berishi mumkin bo‘lgan joyga birinchi tibbiy xizmat punkti joylashtiriladi. Katta sexlarda feldsherlik va hamshiralik yor- dami ana shu punktlarda ko‘rsatiladi. Kichkina sexlarda esa bu ish o‘rgatilgan ishchilar (har almashinuvda 4 kishidan iborat sanitariya posti bo‘ladi) tomonidan amalga oshiriladi. Ular ixti- yorida sex dorixonasi, zambillar va shina lar bo‘ladi. Korxona ularni dori-darmon va kerakli materiallar bilan ta’minlab turadi. Sanitariya posti doimo sex hamshirasining nazoratida bo‘ladi. 123
o‘r gatiladi. Ularga korxonada ishni ana shunday tashkil qilinishi shikastlangan ishchiga o‘sha joyning o‘zida birinchi tibbiy yor- dam ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash punktlariga, tibbiy sanitariya qismi sta tsionariga jo‘natish, shikastlanish asoratlarining oldini olishga imkon beradi. Yengil shikastlanish bo‘lganda korxonan- ing feldsherlik va hamshiralik punktlarida yordam ko‘rsatiladi, og‘ir jarohatlarda faqatgina birinchi yordam ko‘rsatilib bemor statsionarga jo‘natiladi. Bu sog‘liqni saqlash punktlarida barcha tibbiy asbob lar, dori-darmonlar, steril materiallar bo‘lishi lozim. Shikastlanish yuz berganda undan tibbiy-sanitariya qismidagi jarroh-travmatologni xabardor qi lish ke rak. U qanday yordam ko‘rsatilayotganini nazorat qi lib turadi. Tibbiy sanitariya qismining barcha xodimlari texnika xavf- sizligi xodimlari bilan birga shikastlanish sabablarini o‘rganib, uning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va bajaril- ishini nazorat qiladi. Korxonaning tibbiy sanitariya qismin- ing barcha bo‘g‘imlarida sanitariya-epidemiologiyaga qarshi ish olib boriladi. Ular har kuni korxona, ishlab chiqarish va maishiy muassasa larni (sex, bufetlar, oshxona, dushxona va hojatxonalar) ishchilar yashaydigan yotoqxona lar, maga zinlar sanitariya holatini nazorat qiladilar, topilgan kamchiliklarni yo‘qotishga qaratilgan sanita riya-gigiyena tadbirlari haqi dagi takliflarbilanma’muriyatgakiradilarvabutakliflarnibajari- lishi ustidan nazorat qiladilar. Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling