H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet67/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Lazerning organizmga ta’siri. Yuqori tezlikdagi lazer
nuri kuydiruvchi ta’sir qiladi. Bunda to‘qima tuzilmalari tez
qiziydi,­to‘qimadagi­suyuqlik­va­uning­atrofidagi­tuzilmalar­bir­


136
zumda qaynaydi. Natijada to‘qimalarda bosim keskin oshadi.


Zarba to‘lqini hosil bo‘ladi, kuyish kuchayadi. To‘qimalarda
mexa nik shikastlanish yuz beradi (to‘qimalarning yirtilishi
kuzatiladi). demak, la zer nuri to‘qimalarga termik va mexanik
ta’sir etadi. qonda irsiy belgilar ning o‘zgarishiga olib keladi.
Mahalliy ta’siri – bu ko‘z to‘qimalariga ta’sir etishidir. Bu
ta’sir nurning uzunligi, diametriga, ko‘zning nur manbayidagi
masofasiga bog‘liq. Nur ta’sirida ko‘z gavhari ning xiralashishi,
adaptatsiya pasayishi kuzatiladi. Bundan tashqari, nur markaziy
asab tizimiga, yurak-qon tomir ti zimi va endokrin bezlarga
ham ta’sir etadi. Yurak-qon tomir tizi mida uzoq muddatli
o‘zgarishlar kuzatiladi.
Profilaktikasi. Lazer nuri bilan ishlaganda maxsus himoya
ki yimlari, himoya ekranlaridan va ko‘zni himoya qilish uchun
maxsus ko‘zoynaklardan foydalaniladi.
Ionlashtiruvchi nurlar. Nur kasalligi va uning kelib 
chiqish sabablari. Ionlashgan nurlar XIX asrning oxiriga kelib
kashf etildi. 1895-yilda rentgen nuri, 1896-yilda Bekkerlom
uran tuzlarida radioaktivlik borligini aniqladi. Hozirgi vaqtda
50 dan ortiq tabiiy va 900 dan ortiq sun’iy radioaktiv izotoplar
mavjud. Radioaktiv moddalar hozirda fan va xalq xo‘jaligini
rivojlantirishda keng qo‘llanilmoqda. Tibbiyotda radioaktiv
izotoplardan molekulalar ning tuzilishi, moddalar almashinuvi va
o‘sma kasalliklari diagnostikasida hamda davolash maqsadlarida
foydalaniladi. Sun’iy radioaktiv moddalar metall parchalari
tuzilishini o‘rganishda, kimyoviy moddalarni sintez qilishda
keng qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda organizmning nurlanishiga, asosan, mehnat-
ni muhofaza qilish qoidalarining buzilishi sabab bo‘lmoqda.
Inson organizmi darajasiga qarab o‘tkir va surunkali nurlangan
bo‘ladi. qisqa muddatda yuqori darajada bir marotaba nurlanish
oqibatida o‘tkir nurlanish, ko‘p marotaba uzoq nurlanish oqiba-
tida surunkali nurlanish kasalligi kelib chiqadi.


137


Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling