H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
Ultrabinafsha nur. Biologik faol ultrabinafsha nur spektri
uch chegaraga bo‘linadi: to‘lqin uzunligi 400–315 millimikron, 315–280 millimikron va 280–200 millimikron bo‘lgan ultrabi- nafsha nur. To‘lqin uzunligi 400–315 millimikron bo‘lgan nurlar sust biologik ta’sirga ega. 315–280 millimikron bo‘lgan nurlar raxitga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, teriga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, to‘lqin uzunligi 280–200 millimikron bo‘lgan nurlar to‘qima oqsillariga va lipoidlarga faol ta’sir etib, gemoliz paydo qiladi. Bu nurlar, shu ningdek, bakteritsid ta’sirga ham ega. To‘lqin uzunligi 280 millimikron bo‘lgan nurlarning organizmga ijobiy ta’siri shundan iboratki, ular modda almashinuviga va organizmning qon yaratish fuksiyasiga yaxshi ta’sir etadi. Ultrabinafsha nur immunizatsiyalovchi ta’sirga va fosfor-kalsiy almashinuvi uchun juda muhim bo‘lgan d vitaminining paydo bo‘lishiga imkon berish qobiliyatiga ega. Ishlab chiqarish sharoitida to‘lqin uzunligi 200 millimikrongacha bo‘lgan ultrabinafsha nurlar biologik jihatdan juda faoldir. Ishlab chiqarish sharoitida ultrabinafsha nur tarqalishining engxavflimanbayiqisqato‘lqinlinurlarnitarqatuvchivolt yoyi va simobli kvars gorelkalari hisoblanadi. Elektr yoy yordamida payvand qi lish ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan xizmatchilar, tibbiyot xodimlari, simobli-kvars lampalarni ishlatadigan texnik xodimlar bunday nur ta’siriga uchraydilar. Ultrabinafsha nurlarning kuchli ta’siri tufayli Ko‘pincha, dermatitlar, diffuz eritema, ekssuda tsiya, shish paydo bo‘ladi. Teri ning zararlangan joylari achishib, qichishadi. Ba’zida bosh og‘riydi, madorsizlanish, tana harorati ning ko‘tarilishi kabi umumiy belgilar ham paydo bo‘ladi. To‘lqin uzunligi 230 millimikrondan kam bo‘lgan ultrabinafsha nurlar ning ta’siri 134
Ko‘pincha, elektr bilan payvand qi lish vaqtida uchraydigan ko‘z shikastlanishi ning eng ko‘p ko‘rinishi elektrooftalmiyadir. U o‘tkir keratokonyunktivitdan iborat bo‘lib, juda qattiq og‘rish, achishish bilan kechadi, ko‘zga qum to‘lgandek bo‘ladi. Bu belgi, odatda, 6–8 soat ishlagandan keyin, ko‘pincha, kechasi paydo bo‘ladi, shilliq pardalar qizaradi va shishib ketadi, blefarospazm va yorug‘likdan qo‘rqish sifatida ifodalanadi. Maxsus lampa bilan tekshirilganda ko‘zning muguz pardasi shikastlanganligi kuzatiladi. Kasallik odatda 1–2 kundan ortiq davom etmaydi. Oldini olish uchun volt yoyi yordamida payvand qilish ishla- rini bajarishda maxsus qora oynalari bor shlemdan foydalanila- di. Yordamchi ishchilar ham elektr bilan payvand qilishda max- Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling