H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


DKP-50A dozimetrining ishlash prinsipi


Download 485.49 Kb.
bet70/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

DKP-50A dozimetrining ishlash prinsipi. Avtoruchka
shaklida tayyorlangan dozimetr odam olgan tashqi nurlanishni
aniq o‘lchash imkonini beradi. Ish vaqtida dozimetr kiyimning
cho‘ntagiga taqib yuriladi. dozimetrning duraluminiy qutisi
tashqi elektrod (korpusga kondensatorli ionlovchi kamera
joylashtirilgan), elektroskop, hisob yuritish mikroskopi,
zaryadlash qismidan iborat. Kamera ning ichki elektrodi rolini
egik alumin sterjen o‘taydi.
dozimetrning asosiy qismi kichik gabaritli ionlash kamerasi
bo‘lib, unga elektroskopli kondensator ulangan. Elektroskop
ichki elektrodning egik qismi bilan unga mahkamlangan vizir
tolasidan (harakatchan elementdan) tashkil topgan. Korpusning
old qismida 90 marta kattalashtirib beruvchi hisob yuritish
mikroskopi joylashgan. Bu mikroskop okular, obyektiv
va shkaladan iborat. Shkalada 25 ta bo‘linma bor. Har bir
bo‘linmaning qiymati 2 r ga teng. Shkala va okular shakldor
gayka bilan mahkamlangan. Korpusning ke yingi qismida
dozimetrni zaryadlash qismi joylashgan. Bu qism diafragmadan
iborat bo‘lib, uning qo‘zg‘aluvchi kontakti shtirdir. Siqilganda
shtir ionlashgan kameraning ichki elektrodi bilan tutashadi.
qo‘yib yuborganda esa dastlabki vaziyatga qaytadi.
Dozimetrning ishlash prinsipi. Ishlash oldidan dozimetrning
ionlash kamerasi va kondensatori zaryadlash qurilmasidan
zaryad lab olinadi. Zaryadlash jarayonida elektroskopning


140
vizir tolasi ichki elektroddan og‘adi. Zaryadlangan dozimetrga


gamma nuri ta’sir etganda, kameraning ish hajmida ionizatsiya
toki hosil bo‘ladi. Bunda ichki elektrod imkoniyati pasayadi.
Ichki elektron imko niyatning o‘zgarishiga qarab vizir tolasi
bilan elektron tutqich orasi dagi itarish kuchlari kamayadi.
Natijada vizir tolasi tutqichga yaqin lashadi. Vizir tolasining
aksi esa hisob yuritish mikroskopi ning shkalasi bo‘ylab suriladi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling