H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Korxona changi ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar


Download 485.49 Kb.
bet72/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Korxona changi ta’sirida kelib chiqadigan kasalliklar 
pnevmokoniozlar. Pnevmokonioz eng ko‘p tarqalgan kasb
kasalliklaridan­biri­bo‘lib,­fibrogen­ta’siri­bo‘lgan­changlarning­


142
uzoq vaqt nafas yo‘llari orqali organizmga tushishi natijasida


hosil bo‘ladi. „Pnevmokonioz“ atamasi tibbiyotga 1866-yili
Senker to monidan kiri tilgan (yunoncha: „pnevmon“ – o‘pka,
konis“ – chang ma’nosini anglatadi). Shundan buyon bir
necha yil davomida har qanday chang sharoitida ishlagan va
patologoanatomik o‘zgarishlari qanday bo‘lishiga qaramay
kasallikni pnevmokonioz deb atash tavsiya etilgan.
Pnevmokonioz kelib chiqishiga ko‘ra 6 guruhga bo‘linadi:
1) silikoz – kremniy (II) oksidi ta’sirida;
2) silikatoz – kremniy kislotasi tuzlarining changi ta’sirida;
3) karbokonioz – tarkibida uglerod bo‘lgan (antrokoz –
ko‘mir,­gravitoz­–­grafit)­changlar­ta’sirida;
4) metallokonioz – metall changlari ta’sirida, metall nomi
bilan bog‘liq (berillioz, aluminoz, baritoz);
5) bissinoz – organik changlar ta’sirida: un – amiloz, tama-
ki – tabakoz, paxta – bissinoz.
6) siderosilikoz, antrakosilikoz – aralash changlar ta’sirida.
Pnevmokonioz patogenezi. Pnevmokonioz turlari ichida
sili koz patogenezi yaxshi o‘rganilgan. Silikoz patogenezining
tekshirilishida dastlab, ikki bosqich qayd qilingan. Birinchi bos-
qich­ –­fizik­va­kimyo­viy­xususiyatlarini­hisobga­olgan­holda­
changning ta’sir qilish jarayo nini aniqlash. Ikkinchi bosqich
o‘pkada qo‘shuvchi to‘qimalardan hosil bo‘lgan patologik
flbroz­ning­hosil­bo‘lish­jarayonini­aniqlashdan­iborat.­Chang­
ta’sirida­hosil­bo‘lgan­flbrozning­patogenezini,­kasallikning­
kelib chiqish sabablarini aniqlash, davolashda patogenetik
usullarni qo‘llashga imkon tug‘diradi.
Pnevmokoniozning eng ko‘p uchraydigan va og‘ir turi silikoz
hisob lanadi. Silikoz kremniy (II) oksid (qum, tuproq changi)
uzoq vaqt davomida organizmga nafas bilan tushib turganda
paydo bo‘ladigan kasallikdir. Bu kasallikda o‘pka chandiq bo‘lib


143
qoladi. Silikoz kasalligi ruda, ko‘mir konlari ishchilarida, metall


quyuv chilarda, toshtaroshlarda, shishataroshlarda, quymalar-
ni qum bilan tozalovchi ishchilarda, shuningdek, o‘tga chidam-
li moddalarni (dinas va shamot) ishlab chiqaruvchi ishchilar-
da uchraydi. Nafas olayotgan paytda burun shilliq pardasi tutib
qololmagan chang o‘pkaga tushib kasallik qo‘zg‘atadi.
Tarkibida 10 foizdan ortiq kremniy (II) oksid bo‘lgan
changlar silikoz kasalligining sababchisidir. Korxona
sharoitida silikoz 0,01–5 nm diametrli chang zarrachalari bor
joylarda uzoq muddat ishlaganda paydo bo‘ladi. Silikoz asta-
sekin rivojlanadigan surun kali kasb kasalligi hisoblanadi.
Silikoz boshlanishida aniq belgi bo‘lmaydi. Ma’lumki, qum,
tuproq changining o‘pkaga kirishi ishchilarda turlicha kechadi.
Ba’zi kishilar qisqa muddat ichida silikoz kasalligiga chalinib
qoladilar. Ba’zilar uzoq muddat ishla ganda, ya’ni 6–10 yildan
so‘ng kasal bo‘ladilar. Kasallik darajasi kremniy (II) oksidining
miqdoriga, ishchining asab faoliyatiga va jismoniy holatiga
bog‘liq. Silikoz nafas a’zolarida og‘ir sklerotik o‘zgarishlar
bilan namoyon bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda asab, limfa, yurak-
qon tomir tizimida, me’da va ichakda hamda boshqa a’zolarda
kuzatiladi. Silikozda bronxlarning elastikligi pasayadi, ba’zi
hollarda spazma shishi kuzatiladi. Silikozga aniq tashxis
rentgenogramma belgilariga qarab qo‘yiladi. Bu o‘zgarishlarga
qarab silikoz uchta bosqichga bo‘linadi:
1-bosqichda – rentgenogrammada o‘pkada tomirlar – bronxlar
o‘zgarishlarga uchraganligi, bronxlarning ikkiga bo‘lingan qismi
kengaygani, o‘pkada 1 mm hajmli (ko‘z bilan ajratib olish qiyin)
tugunchalar borligi kuzatiladi. Bu davrda bemor ko‘krak qisishi,
og‘riq, ish davomida hansirash, balg‘amsiz quruq yo‘taldan shi-
ko­yat­qiladi.­Tekshirishlarda­o‘pka­chetlarida­emfizema,­bronxit­
alomati, jismoniy ishdan keyin ba’zan o‘pkada va yurak sohasida
funksio nal o‘zgarishlarni kuzatish mumkin.


144
2-bosqichda – o‘pkadagi o‘zgarishlar ancha rivojlan-


gan bo‘ladi. O‘pka parenximasida diffuz o‘zgarish sezilar-
li darajada, qon tomir va bronxlar deformatsiyasi rivojlangan
bo‘ladi. O‘pka sathiga sochib tashlangandek, diametri 2–4 mm 
li­tugunchalar­ko‘rinib­turadi.­Emfizema­rivojlangan­bo‘ladi.­
Bu bosqichda bemor o‘pka dagi og‘riq, ish boshlanishi bilan
nafas qisishi, balg‘amli yo‘taldan shi koyat qiladi. Rivojlan-
gan­emfizema­yoki­ikki­tomonlama­fib­roz,­plevrit,­yurak-o‘pka­
yetishmovchiligi kasallik boshlanishi dav ri ning aniq belgilari-
dir. O‘pka hajmi kengayadi, daqiqali hajmi ortadi.
3-bosqichda – o‘pkadagi tugunchalar miqdori va hajmi
ortadi, kichik tugunchalar bir-biriga qo‘shilib kattaroq tuguncha
(o‘smaga o‘xshash) hosil qiladi. Emfizema rivojlanadi,
o‘pkaning deyarli hamma sohasini egallaydi. Bemor oddiy
holatda ham nafas qisishi, qattiq balg‘amli yo‘tal, uyqusizlikdan
shikoyat qiladi. Lablari ning ko‘kargani kuzatiladi. O‘pka sathida
emfizemalar­alomati­bilan­o‘pkaning­kattalashgani­aniqlanadi.­
Bu bosqichda o‘pka-yurak (kor pulmonali) yetishmovchiligi va
qon aylanishining buzi lishi I–III darajaga yetadi.
Ko‘pincha, silikozga o‘pka sili kasalligining og‘ir turi
qo‘shiladi. Bemor ish qobiliyatini butunlay yo‘qotadi. Silikoz
bilan kasallanib o‘lgan bemorlarning organlari patologik jihat-
dan tekshirilganda oshqozonda, ichaklarda, limfa tugunlarida
silikotik tugunlar borligi aniqlanadi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling