H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


O‘smirlar mehnatini tashkil etish


Download 485.49 Kb.
bet78/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

O‘smirlar mehnatini tashkil etish. Mamlakatimizda sanoat
korxonalarida va qishloq xo‘jaligida o‘smirlarning mehnatiga
katta e’tibor beriladi. O‘smirlarning jismoniy va jinsiy jihatdan
rivoj lanish davrida endokrin, vegetativ asab tizimida, asab
ruhiy holatida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. So‘nggi
yillarda respublikamizda paxta te rimida bolalar va o‘smirlar,
homilador ayollar mehnatidan foydalanish taqiqlangan. Ammo
ijara pudrati, oilaviy pudrat, xo‘jalik yuritishning kooperativ
usullarining rivojlanishi, terilgan paxtaga to‘lanadigan haqning
oshishi sababli ular mehnatidan hozir ham foydalanilmoqda.
Paxtani qo‘lda terish organizm ning rivojlanishiga birmuncha
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat
bosh sanitariya shifokori tomonidan 1989-yil 23-oktabrda „Pax-


154
ta yig‘im-terimida 18 yoshga yetmagan o‘smirlar va homilador


ayollarning mehnatidan foydalanishni man etish to‘g‘risida“
3-son qarori qabul qilingan.
O‘smirlarni mehnat sharoitlari og‘ir, zararli yoki xavfli
bo‘lgan ishlarga, shuningdek, og‘ir yuk ko‘tarish bilan bog‘liq
bo‘lgan ishlarga jalb etish taqiqlangan. Ixtisosliklar va ishchi-
lar ro‘yxatida 18 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun mehnat qil-
ish taqiqlangan kasb lar keltirilgan. Ishlab chiqarish amaliyoti-
ni o‘tayotganda, o‘smirlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan korxonalarda,
ko‘pi bilan 3 soat ishlashlari mumkin. 16 yoshdan 18 yoshgacha
6 soatgacha, shaxsiy va brigada ta’limi o‘quvchilari uchun (15–
16 yoshgacha) 4 soatgacha qisqar tirish ko‘zda tutilgan.
Me’yoriy gigiyenik hujjatlar. O‘zbekiston Respublikasi
ijtimoiy siyosatining muhim vazifalaridan biri mehnatkashlarning
sog‘lig‘ini muhofaza qilish, xavfsiz ish sharoitini yaratib berish,
kasb kasalliklarini kamaytirishdan iborat.
Mehnat muhofazasi – bu mehnat qilish jarayonida insonning
ish qobiliyatini va sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlovchi qonunchilik
huj­jatlari­va­shunga­muvofiq­ijtimoiy-iqtisodiy,­texnik,­gigiye-
nik hamda tashkiliy chora-tadbirlar tizimidir.
Mehnat gigiyenasi, mehnatni muhofaza qilish sohasida
sanitariya-gigiyena me’yoriy qoidalarini ishlab chiqish va ularni
ishlab chiqa rishga taqdim etish katta ahamiyatga ega. Bunda
mehnat gigiyenasi va mehnat muhofazasida qonunchilikka rioya
etilishini nazorat qi lish va sog‘lomlashtiruvchi chora-tadbirlar
ishlab chiqish asosiy o‘rinni egallaydi.
Mehnat gigiyenasi va muhofazasi qonunchilik hujjatlari
reglamentining ahamiyati va mazmuniga ko‘ra 3 guruhga
bo‘linadi:
1. Asos bo‘luvchi hujjatlar:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (8.12.92-y.).


155
„Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida“gi qonun (1996-


y.).
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (1996-y.).
„davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida“gi qonun (1992-y.)
2. Barcha sanoat tarmoqlariga tegishli umumdavlat me’yoriy
qo nunchilik hujjatlari:
Sanitariya me’yor va qoidalari (San. m. va q.).
Ruxsat etilgan me’yorlar (REM) va boshqalar.
davlat standartlari mehnat xavfsizligi standartlari tizimi
(dav. st. MXST).
qurilish qoida va me’yorlari (qur. q. va m.).
SSVning tegishli buyruqlari (300-sonli buyruq va boshqa-
lar), shuningdek, sanoatning alohida tarmoqlari uchun sanitari-
ya qoidalari va standartlar.
3. Me’yoriy-uslubiy hujjatlar:
Alohida­masalalar­hamda­tegishli­talablar­bo‘yicha­xavfli­va­
za rarli ishlab chiqarish sharoitida u yoki bu yangi mahsulot olin-
ganda yoki qo‘llanilganda.
Asos bo‘luvchi qonunchilik hujjatlari. O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasi fuqarolar mehnat muhofazasi va gigiye-
nasi nizomini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita bog‘lovchi mam-
lakatning asosiy qonunidir.
37-moddada har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb
tanlash huquqiga ega ekanligi ko‘rsatilgan. 38-moddada
yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar haq to‘lanadigan dam
olish huquqiga ega ekan ligi ko‘rsatilgan. 39-moddada har bir
shaxsning qariganda, mehnat la yoqatini yo‘qotganda va boshqa
hollarda ijtimoiy ta’minlash huquqi ko‘rsatilgan.
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida“gi qonun aholi-
ning sog‘lig‘ini saqlashga yo‘naltirilgan muhim huquqiy hujjat-
dir. U 1996-yil 14-sentabrdan kuchga kirgan va quyidagi uchta
asosiy vazifani o‘z ichiga oladi:


156
1) davlat tomonidan fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash ta’minoti


kafolati huquqi;
2) sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
3) fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida davlat organlari
bosh qarmalar, tashkilotlar, birlashmalar, korxonalar, muassa-
salar fao liya ti ning huquqiy boshqarilishi.
Ishchi-xizmatchilarning mehnat gigiyenasi va muhofazasida
katta ahamiyatga ega bo‘lgan choralardan tibbiy-ijtimoiy
yordam berish 32-, 33-, 35-moddalarda, mehnatga vaqtinchalik
layoqatsizlik ekspertizasini o‘tkazish 36-moddada, tibbiy mehnat
ekspertizasi 37-moddada ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi asosiy mehnat hol-
atlarini reglamentlaydi: mehnat munosabatlarini boshqarish, ish-
chi va ish bilan ta’minlovchilar, ishga joylashish, mehnat shart-
nomalari, ish vaqti, dam olish va ta’til vaqti, ish tartibi, mehnat
muhofazasi, alohida toifadagi ishchilar, imtiyozli va davlat ijti-
moiy sug‘urtasi.
Shuni aytish kerakki, Mehnat kodeksi va boshqa qonun-
chilik me’ yoriy dalolatnomalar korxonalar, tashkilotlar-
da shartnoma bilan ishlovchi jismoniy shaxslarning mehnat
munosabatlari ni, meh nat huquqlarini kafolatlaydi (8-modda).
Mehnat kodeksida (16-modda) ishchilar hamda mehnat muho-
fazasi va gigiyenasi bi lan to‘g‘ ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lganlar
mehnat huquqlari bilan muhofazalangan. Har bir inson mehnat
qilish (57-, 58-, 59-moddalar), mehnat xavf sizligi va gigiyena-
si talablariga javob beradigan mehnat sharoitiga ega bo‘lishga
haqli. Yuqorida qayd etilgan sharoitlarni yaratib be rish ish
bilan ta’minlovchi shaxslar ning majburiyati hisoblanadi, shu-
ningdek, ular mehnat muhofazasi talablari buzilishiga mas’ul
hisoblanadilar. Ishchi va xizmatchilar haftasiga 40 soat
me’yoriy ish faoliyatini ta’minlovchi dam olishga (115-, 120-,


157
121-, 122-, 126-moddalar), qator kasblarda qisqartirilgan ish


kunlari (116-, 117-, 118-, 119-moddalar), shu ningdek, har yili
haq to‘lanadigan ta’til (134-, 135-, 136-, 137-, 138-moddalar),
yana har yilgi asosiy ta’til (134-modda), 15 ish kuni miqdori-
da uzaytirilgan ta’til (135-modda), qo‘shimcha ta’tilga (136-,
137-, 138-moddalar), ijtimoiy ta’til (149-modda) va uzluksiz
ta’tilga (150-modda) egalar. Ta’til jami (asosiy va qo‘shimcha)
48 ish kunidan oshmasligi kerak.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling