H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Asosiy kasalliklar va ularning klinik simptomlari


Download 485.49 Kb.
bet86/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Asosiy kasalliklar va ularning klinik simptomlari
Nafas yo‘llarining yuqumli kasalliklari yer yuzida yildan
yilga ko‘payib bormoqda.
Nafas yo‘llarining yuqumli kasalliklari asosan viruslar
chaqiradi, ammo ba’zan bakteriyalar etiologik omil bo‘lib
hisoblanadi (pnevmokokk, streptokokk, stafilokokk,
meningokokk, ko‘kyo‘tal va defteriya tayoqchalari va hokazo).


175
Nafas yo‘llarining yuqumli kasalliklariga isitma, yo‘tal, yiringli


balg‘am (rangi sariq, yashil kulrang, malla va hokazo), hansirash,
klinik simptomlari bo‘lgan sil ham kiradi va bu simptomlar uzoq
vaqt davom etsa, pnevmoniyaga shubha tug‘iladi. Ko‘krak qatasi
rentgenografiyasida­normaga­qaraganda­o‘zgarish­aniqlansa,­qon­
analizida leykositlar, C-reaktiv oqsil, eritrositlar cho‘kish tezligi
oshsa, pnevmoniya tashxisi qo‘yiladi. Keyinchalik balg‘am
(ekilishi)­analizi­natijalari,­qonga­patogen­agentga­qarshi­spetsifik­
antitelolar darajasi tekshiruvlaridan foydalanib, qo‘zg‘atuvchi
aniqlanadi va tegishli antibiotiklar bilan va tomchili infuziya
bilan davolash olib boriladi. Klinik simptomlarga asoslanib
tashxis qo‘yish ba’zan qiyin bo‘ladi. Chunki u yoki bu
viruslar sababli yuzaga kelgan kasalliklarning klinik turlarini
aniqlashning imkoniyati bo‘lmaydi, chunki aksariyat holda
bir necha tur viruslar bir kasallikning simptomlarini yuzaga
keltiradi va, aksincha, bir virusning o‘zi bir necha viruslarga
xos bo‘lgan simptomlar berishi mumkin. Masalan: adenoviruslar
o‘tkir faringit, follikulyar konyuktivit va pnevmoniyaga sabab
bo‘lishi mumkin.
Nafas a’zolari yuqumli kasalliklarining asosiy
klinik tekshiruvlari
Yuqumli kasalliklar tashxisini tasdiqlash uchun qator
tekshiruvlar­mavjud:­ko‘krak­qafasi­rentgenografiya,­ultratovush­
tekshiruvi, kompyuter tomografiya, umumiy qon analizi,
C-reaktiv oqsil va qo‘zg‘ativchilarni bakteriya sifatida tekshirish
va hokazo.
Ikkita guruhga bo‘linadigan laboratoriya tekshirish usullari
qo‘llaniladi:
- bemor organizmida qo‘zg‘atuvchini bevosita aniqlash usuli
(bakteriyoskopik va bakteriyologik);


176
- bemor organizmida qo‘zg‘atuvchining borligini bilvosita


isbotlovchi usullar (serologik, allergik va immunologik).
Bemor organizmida qo‘zg‘atuvchi bevosita aniqlash.
Bakterioskopik (mikroskopik) usul - mikroskop yuqumli
kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini aniqlash uchun qo‘llaniladi,
patologik materialdan surtma tayyorlanadi, so‘ng turli bo‘yoqlar
bilan bo‘yaladi. Baktirioskopik tekshiruvning afzalligi uning
tezligi bilan asoslanadi. Tekshiruv natijalarini bir necha soatdan
so‘ng olish mumkin.
Bakteriologik (mikrobiologik) usul mikrob –
qo‘zg‘atuvchisining­toza­kulturasini­bemordan­sun’iу­ozuqa­
muhitiga olingan balg‘amni ekish yo‘li bilan mikroblarni
o‘rganishga asoslangan.
3) bemor organizmida qo‘zg‘atuvchi borligini bilvosita
isbotlovchi usullar.
Serologik usullar - mazkur yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchisi
organizmga tushganda unga javoban kishi organizmida ishlab
chiqariladigan o‘ziga xos bo‘lgan antitelolarni qon zardobida
aniqlash usulidir. Serologik reaksiyalarning qo‘llanish doirasi
keng. Masalan: mazkur reaksiyalar turi bo‘lgan agglyutinatsiya
reaksiyasi (AR), bevosita to‘g‘ri bo‘lmagan gemagglyutinatsiya
reaksiyasi (BTBGR), Kompliment bo‘g‘lash reaksiyasi (KBR),
immunofluoressensiya­reaksiyasi­(IFR),­immunofermentli­tahlil­
(IFT) va hokazo tekshirishlar shular jumlasidandir.
Yuqumli kasalliklar diagnostikasida bemorning turli xil
biologik muhutida (zardobi, qoni, siydigi, so‘lagida) kasallik
qo‘zg‘atuvchisining o‘ziga xos bo‘lgan antigenlarini aniqlash
metodalarini qo‘llash mumkin. Bu maqsadlar uchun ko‘p
holatlarda­immunofluoressent­metodi­ishlatiladi.
Virusologik usul - o‘ziga xos bo‘lgan muhitda ekish yo‘li
orqali virusni ajratib oladi.


177
diagnostikada teri-allergik sinamalar (TAT) qo‘llaniladi.


Allergen teri ichiga kiritiladi va skarifikatsiyalangan­teriga­
surkaladi. 24-48 soatdan keyin allergen kiritilgan joyda
yallig‘lanish reaksiyasi paydo bo‘ladi (Brutsellyozda BIYRNE
sinamasi: tuberkulyozda Mantu sinamasi).

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling