H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
Autogen mashqlar
Bu usullarni qo‘llash natijasida ruhiyatdagi salbiy ta’sirlar birmuncha kamayadi yoki bartaraf etiladi. Bu bilan ichki a’zolar fao liyatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarning oldi oli nadi. Turli xil ruhiy iztiroblarga barham berish, organizmni tetik- lash tirish maqsadida o‘z-o‘zini ishontirish usuli qo‘llaniladi. Bu mashqni 1909-yili nemis psixoterapevti Iogann Shuls tak- lif etgan. Bunda bemor muskullarini bo‘shashtirish va ma’lum maqsadni ko‘zlab o‘z-o‘zini ishontirish usullari yordamida o‘z ko‘nglidaxotirjamlik,yaxshikayfiyatvao‘zxatti-harakatlari- ga ishonish hissini paydo qiladi. Ushbu muolajani bemorning o‘zi o‘tkazadi. Matnni shifokor be radi, keyin uni bemor murakkablashtirib va takomillashtirib boradi. Mashqning boshlang‘ich va oliy darajasi tafovut qilina- di. Boshlang‘ich darajasiga o‘z-o‘ziga ta’sir qilishning quyida- gi shart li ifodalari bilan bog‘langan 6 ta mashq kiradi. 1. „O‘ng qo‘lim og‘ir bo‘lib qoldi“. 2. „O‘ng qo‘lim juda issiq“. 3. „Yuragim osoyishta va bir tekis urib turibdi“. 4. „Juda bemalol nafas olayapman“. 5. „quyosh o‘rilmasidan issiq chiqib turibdi“. 6. „Peshonam muzdekkina bo‘lib turibdi“. Kerakli ta’rif xayolan takrorlangandan keyin o‘sha zahoti tegishli sezgi aniq-ravshan paydo bo‘ladigan bo‘lsa, shunda har bir mashq o‘zlashtirib olingan deb hisoblanadi. Har qaysi seansning oxirida bemorlarga chuqur-chuqur nafas olib-chiqarib turish, tirsak bo‘g‘imini bukish va yozish mashqlarini baja rish taklif etiladi. Shundan so‘ng ular ko‘zlarini ochadilar. Har bir mashq ikki hafta davomida har kuni 3–4 martadan takrorlab turiladi va bitta mashq o‘zlashtirib olingandan 166
bosqichi“ga I. Shuls tasavvurlarning kishining shundoqqina ko‘z o‘ngida aniq-ravshan gavdalantira olishga hamda o‘zini alohida holatga solishga o‘rgatuvchi mashqlarni kiritadi, bu mashqlar odamning „o‘zini tuta bilishi“ uchun asos bo‘lgan. Savollar 1. Ruhiy salomatlikni saqlashda profilaktika qanday ahami- yatga ega? 2. Birlamchi profilaktika qanday o‘tkaziladi? 3. Ikkilamchi profilaktika qanday o‘tkaziladi? 4. Uchlamchi profilaktika qanday o‘tkaziladi? 5. Ruhan o‘z-o‘zini boshqarish nima? 6. Ruhan o‘z-o‘zini tarbiyalash uchun qanday usullardan foyda lanish mumkin? 7. Tibbiyot xodimlari faoliyatida asabiy holatlarda ruhiyat- ni mu hofaza qilishning qanday usullaridan foydalanish mumkin? 8. O‘z-o‘zini ishontirish usuli qanday qo‘llaniladi? 9. Aholining ruhiy sog‘lig‘ini saqlashda hamshiralik jarayo- ni qanday amalga oshiriladi? 10. Ruhiy kasalliklarni qanday tartibda dispanser hiso- biga olinadi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling