H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


O‘zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar


Download 485.49 Kb.
bet85/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

O‘zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar
tibbiy statistkasi
O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash vazirligining muhim
muammosi yuqumli kasalliklar profilaktikasi hisoblanadi.
Gepatit bilan kasallanish yil davomida ko‘p uchraydi, bugimgi
kunda­chaqaloqlik­yoshidan­boshlab­faol­profilaktik­emlash­
ishlari va salomatlikni saqlash bo‘yicha toiaqonli o‘qitishni
rag‘batlantirishga oid tadbirlar olib borilmoqda.
Gepatit bilan kasallanish 115,8/100000 kishini tashkil
qiladi (BMT rivojlanish dasturi 2005-y.), shu jumladan, gepatit
A-105,0;­gepatit­В­-­8,9­va­gepatit­С­-­1,6­kishini­tashkil­qiladi.­
Gepatit A bilan kasallanish yozning ikkinchi yarmidan boshlab
to kuzgacha bo‘lgan davrda ko‘payadi, bunda kasallanish asosan
bolalarda kuzatiladi.
Bunday kasalliklarni oldini olishda ijtimoiy infratulizilma
muhim ahamiyatga ega boidi.
Nafas olish tizimining asosiy yuqumli kasalliklari va 
ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari
Reja
1. Nafas olish tizimining asosiy yuqumli kasalliklari haqida
tushuncha.
2. Nafas oilish tizimining asosiy yuqumli kasalliklar paydo
bo‘lishining oldini olish chora-tadbirlari.
3. Nafas olish tizimining asosiy yuqumli kasalliklari paydo
bo‘lganda, uning tarqalishini oldini olish.
4. Nafas olish tizimining asosiy yuqumli kasalliklarini oldini
oiish va unga qarshi kurashishda tibbiyot hamshirasining roli.


174
Nafas olish tizimining asosiy yuqumli kasalliklari haqida


tushuncha
Nafas olish tizimining asosiy yuqumli kasalliklari burun
bo‘shliqlaridan o‘pkagacha bo‘lgan nafas olish tizimini
tashkil qilgan yuqori nafas olish yo‘llari infeksiyalari va
o‘pkadan boshlanuvchi o‘pkani qarab olgan quyi nafas olish
yo‘llari infeksiyalariga bo‘linadi. Kishi tumov bo‘lganda yoki
yo‘talganda yuqori nafas yo‘llariga virusli infeksiya kirganidan,
yuqori nafas yo‘llarida shamollash yoki infeksiya borligidan
dalolat beradi. Yuqori nafas yoilarining shilliq pardalari havo-
tomchi infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilarining ko‘payish joyidir,
yuqori nafas yo‘llarining zararlanishida: yo‘tal, aksirish, burun
bitib qolishi va bosh og‘rig‘i, isitma, artrit, tomoqdagi og‘riq,
balg‘am, burun ajralmalari oqishi belgilari kuzatiladi.
qo‘zg‘atuvchilar aerogen yo‘l bilan yo‘talganda, aksirganda
va hatto gapirganda mikroblarni saqlaydigan shilliq va so‘lakning
mayda zarrachalari bilan tarqalishi kuzatiladi. Infeksiya havo
orqali nafas olishda shilliq pardalarga tushadi (havo-tomchi
orqali), bundan tashqari qo‘zg‘atuvchilarning havo-chang orqali
ham tarqalishini kuzatish mumkin.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling