H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


VIII bob Jamoada asosiy yuqumli kasalliklarni oldini olish


Download 485.49 Kb.
bet83/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

VIII bob
Jamoada asosiy yuqumli kasalliklarni oldini olish
Asosiy yuqumli kasalliklar haqida tushuncha. O‘zbekiston 
Respublikasida yuqumli kasalliklar tibbiy statikasi
Reja
1.Yuqumli kasalliklar haqida tushuncha.
2. Yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kura-
shish chora-tadbirlari.
3. O‘zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar tibbiy
sta-tikasi.
8.1. Yuqumli kasalliklar haqida tushuncha
«Infeksiya» termini organizmga patogen mikroorganizmlarni
kirishi va ularni rivojlanishi va ko‘payishidir. dastlabki paytda
infeksiya yuqqan vaqtda kasallik alomatlari bo‘lmaydi, ya’ni
sub-yektiv va obyektiv belgilar, simptomlar kuzatilmaydi. Biroq
shu bilan birga, infeksiyaning organizmga tarqalishi davom etadi.
Organizmda kasallanish kuchayib boradi, yuqumli kasallik, deb
nomlangan subyektiv (klinik) simptomlar qo‘shilib, kasallik
yuqtirgan odamda isitmalash qaltirash kuzatiladi.
Yuqumli kasalliklar quyidagi holatlarda rivojlanadi.
Infeksiya manbayi bo‘lgan holatlarda infeksiya tarqaladi.
Sog‘lom kishi patogen mikroorganizmlar bilan zararlangan
оdam­terisiga,­fiziologik­ajralmalariga,­zararlangan­narsalarga­
tekkanda infeksiya yuqtirib oladi va uning tarqalishiga sababchi
bo‘ladi.


168
Yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining 3 ta asosiy sharti


mavjud: infeksiya manbayi, yuqish yo‘llari va organizmning
moyilligi.
Shu shartlarning hatto bittasi mavjud bo‘lmasa, infeksiya
shakllanmaydi.
1. Infeksiya manbayi: infeksiya manbayi sifatida
qo‘zg‘atuvchilar (viruslar bakteriyalar, zamburugiar, parazitlar.
gelment va boshqalar) va ular ishlab chiqaradigan toksinlardir.
qo‘zgatuvchilar kasal kishilarda (shu jumladan, yashirin davr
va sog‘ayish davri), yashirin infeksiyasi bor shaxslar bo‘lishi
mumkin. Kishi organizmidan tashqari infeksiya manbayi
hayvonlarda (qutirish), o

simliklarda (blastomikoz), tuproqda
(qoqshol), noorganik va organik moddalarda (fekaliylarda
askarida tuxumlari mavjud bo‘lganda) bo‘lishi mumkin.
2. Infeksiyaning yuqish yo‘llari - bu infeksiya manbayiga moyil
organizmga infeksiya tashib yuruvchi kishilardan o‘tish yo‘llari.
Yuqumli kasalliklarni gorizontal va vertikal yuqish yo‘llari
mavjud.
1. Gorizontal yuqish yo‘li: qo‘zg‘atuvchini bir avlodga
mansub bo‘lgan individuumdan boshqa individuumga o‘tishi.
Peroral, havo tomchi-havo, kontaktda bo‘lish, fomitlar (patogen
mikroorganizmlar bilan aloqada bo‘lgan predmetlar) va jonzodlar
yuqtirishning asosiy yo‘llari bo‘lib hisoblanadi.
A. Peroral infeksiya: qo‘zg‘atuvchi oziq-ovqat va suv (suv
infeksiyasi) orqali o‘tadi.
B. Havo-tomchi infeksiya: infeksiya asosan respirator yo

l
orqali tarqaladi. Bemor kishidan yo‘talganda, aksirganda yuqadi.
d. Aerogen infeksiya: bunday turdagi infeksiya nafaqat havo-
tomchi yo‘li, balki patogen mikroblari mavjud bo‘lgan chang
zarrachalari orqali ham yuqishi mumkin. Mikroorganizmlar havo
yo‘nalishlari orqali tarqaladi yoki bir xonada yoki yaqin joyda


169
tur-gan kishilar orqali o‘tadi yoki ular bunday infeksiyalar bilan


zararlangan havodan nafas olganda o‘zlari yuqtirib oladilar.
C. Kontakt - maishiy infeksiya: bevosita va bilvosita infek-
siyalar farqlanadi. Bevosita infeksiya (jinsiy a’zolar orqali yuqti-
riladigan jinsiy infeksiya) bunday infeksiya yuqtirilishida kasal
yoki patogen agent bilan bevosita kontakt sodir bo‘ladi. Bilvo-
sita infeksiya zararlangan jihozlar. Pashsha, kana va shu kabilar
orqali yuqtiriladigan transmissiv infeksiya yo‘li alohida ajratib
ko‘rsatiladi.
2. Yuqimli kasalliklarning vertikal yuqish yo‘li: infeksiya-
ning planseta orqali o‘tishi vertikal infeksiyaning eng qisqa
ta’rifi­bo‘lib.­bunda­infeksiya­onadan­plansenta­orqali­bolaga­
o‘tadi.
Chaqaloqning tug‘ruq yo‘llari va ona suti orqali infeksiya
yuqtirib olishi kengroq ta’rifni talab qiladi.
3.­Organizmning­moyilligi:­moyillik­tasnifi­turiga­tug‘ma­
immunitet­(nospetsefik)­hosil­bo‘lgan­immunitet­(spetsefik)­
va patogen agentlarlarni yuqtirishga moyil bo‘lgan jamoadagi
kishilar miqdori bilan belgilanadigan guruhiy immunitet.
Infeksiyani yuqtirishda, shuningdek, yosh, jins, irq, irsiyat,
ovqatlanish, hayotiy odatlar ta’sir qiladi.
Bugungi kunda infeksiyani turiga qarab, farqlovchi bir necha
tasniflar­mayjud:
– kasallik etiologiyasiga qarab bakteriaf virusli, zamburug‘li,
parazitar;
– qo‘zg‘atuvchi manbayi xususiyatiga qarab ekzogen va
endogen infeksiyalar;
A.B. Gramoshevskiy tomonidan ishlab chiqilgan
yuqumli kasalliklaning tasnifi eng ko‘p ishlatiladi. Bu
tasnif qo‘zg‘atuvchining organizmdagi birlamchi joyiashish
muvofiqligi­va­infeksiyani­yuqtirish­qonuniga­asoslanadi.


170
–­A.B.­Gramoshevskiyning­tasnifi:


– nafas olish yo‘llari infeksiyasi;
– ovqat hazm qilish tizimi infeksiyasi;
– qon infeksiyasi;
– tashqi qoplam infeksiyasi.
1. Nafas yo‘llari tizimi infeksiyasi. Organizmda nafas yo‘llari
kasallik qo‘zg‘atuvshilarining birlamchi joyiashish joyi nafas
yo‘llari shilliq pardasi hisoblanadi. U yerda qo‘zatuvchilarning
ko‘payishi kasallanishning rivojlanishiga olib keladi. Natijada
asab tolalarining uchlari qichishadi, uning oqibatida esa yo‘tal
va aksirish yuzaga keladi. Kasallik yo‘talganda, aksirganda va
hatto gapirganda havo orqali boshqalarga yuqadi.
Havoda tarqalgan mikrob qo‘zg‘atuvchilari havo oqimlari
bilan nafas olinganda nafas olish yo‘llarining shilliq pardalariga
o‘tadi. Kasallikning bunday yuqishi havo-tomchi infeksiyaning
tarqalishidir. Bundan tashqari, chang infeksiyasi mavjud. Bu
infeksiya havoda mavjud bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar orqali
bilvosita yoi bilan yuqib, aerogen infeksiyani yuzaga keltiradi.
Masalan, gripp, adinovirusli infeksiya. tuberkulyoz va boshqalar
misol bo‘la oladi.
2. Ichak infeksiyasi - ichak infeksiyasining qo‘zg‘atuvchisi
ovqat va suv bilan birgalikda oshqozon-ichak yo‘llari orqali
organizmga kirib qoladi. Ayni oshqozon-ichak yo‘lida
qo‘z‘atuvchining birlamchi joylashishi boiib, buning natijasida
o‘ziga xos bo‘lgan o‘zgarishlar yuzaga keladi.
Vabo va tif kasalliklari holatida bu jarayon ichakda
o‘zgarishlar yuz berib, najas massalari ko‘rishi o‘zgarib, ular
orqali tarqaladi.
3. Qon infeksiyalari - bu infeksiyalar qo‘zg‘atuvchilari
dastlab qonda va limfada jovlashadi. Chunki qon avlanish tizimi,
ovqat hazm qilish va nafas olish tizimidan farqli ravishda yopiq


171
hisoblanadi. Agar kasal bo‘lgan kishining qoni sog‘lom kishining


qoniga o‘tsagina qo‘zg‘atuvchilar ham shu qon orqali o‘tib,
kasallikni yuzaga keltiradi (masalan: OITS, virusli gepatit B).
qo‘zg‘atuvchi organizmga qon so‘ruvchi hasharotlar (pashsha,
bit, kana) chaqqanda ham o‘tib infeksiyani yuzaga keltirishi
mumkin (masalan: bezgak, toshmali tif).
4. Tashqi qoplamlar infeksiyasi. Shikastlangan teri yoki shilliq
pardalar orqali organizmga kirgan qo‘zg
;
atuvchi chaqirgan infek-
siyalardir. Kishini kasal hayvonlar (quturish) tishlab olganda.
kasal hayvon bilan kontaktda bo‘lganda (kuydirgi), shuningdek,
yaraga qo‘zg‘atuvchi tushganda (qoqshol) va qo‘zg‘atuvchi
shilliq pardaga o‘tganda (yashur. sap) kasallik yuqishi mumkin.
Ba’zi bir holatlarda yuqumli kasalliklar haqida gap ketganda
«o‘ta­xavfli»­va­«karantin­infeksiyalari»­terminlari­ishlatiladi.­
Keng ma’noda «o‘ta xavfli infeksiyalar» bu katta yuqumli
kuchga ega. o‘g‘ir kechadigan va yuqori o‘lim bilan bog‘liq
bo‘lgan yuqumli kasalliklardir.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling