H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Ruhan o‘z-o‘zini boshqarish tushunchasi
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
7.3. Ruhan o‘z-o‘zini boshqarish tushunchasi,
usullari va ahamiyati Ruhan o‘z-o‘zini boshqarish keng ma’noda organizm bar- cha sistemalarining faolligini boshqarishdir. Faollik barcha tirik mavjudodga xos bo‘lib, ularning rivojini ta’minlaydi, mustaqil qilib, javob kuchini belgilaydi. Biologik o‘z-o‘zini boshqarish- da gomeostaz, ya’ni tana haroratining doimiyligi, arterial qon bosimi, qon shaklli elementla rining bir xilligini misol keltirish mumkin. Ruhan o‘z-o‘zini boshqa rish har bir insonning tashqi omillarning salbiy ta’sirini kamaytiruv chi imkoniyatidir. Ruhiy sog‘liq bu insonning ruhiy osoyishtalik, o‘z-o‘zini boshqarabilish,mustahkamkayfiyat,murakkabvaziyatlarga tez mos lashib, undan chiqa bilish, qisqa vaqt ichida ruhiy osoyishtalikni tiklay olish qobiliyatiga ega bo‘lishdir. „Ruh“ bilan „tana“ning o‘zaro uzviyligi, boshqacha qilib aytganda organizmning ruhiy jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishnatijasidabuyukfiziologI.Pavlovruhiyo‘zgarishlar oqibati, albatta, a’zolar va sis te malar faoliyatiga ta’sir etishini isbotlab berdi. 164
yuz ning qizarganligi yoki oqarganligi qayd qilinadi (tomirlarning tora yishi yoki kengayishiga qarab). Bu holatlarning mazmuni va jadalligi shaxsning va organizmning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Ruhiy ta’sirlar bosh og‘rig‘ini yoki organizmdagi boshqa funksio nal buzi lishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shunga ko‘ra, har bir shaxs o‘z-o‘zini zararli ta’sirlardan saqlashga erishishi lozim. Aks holda organizmda va ruhiyatda odam uchun og‘ir bo‘lgan turli no xushliklar paydo bo‘ladi. O‘z-o‘zini ruhan idora etishda o‘zini tarbiyalashning aha- miyati katta. O‘z-o‘zini tarbiyalash uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: 1) o‘z-o‘zini va atrofdagilarni kuzatish; 2) o‘z-o‘zini va atrofdagilarni nazorat qilish; 3) o‘z-o‘zini majburlash; 4) o‘z-o‘ziga hisobot berish. Kuzatish natijasida salbiy va ijobiy xususiyatlar aniqlanib, nazorat ostiga olinadi. Salbiy xususiyatlarni bartaraf etish uchun esa o‘z-o‘zini majburlash zarurati tug‘iladi. Buning natijasida salbiy xususiyatlar yo‘qoladi, buning uchun irodali bo‘lish kat- ta ahamiyatga ega. Lekin qanchalik o‘zini tarbiyalab, ruhiyati- ni, organizm faoliyatini to‘g‘ri boshqarmasin, ruhiy muvozanat turli omillar ta’sirida ham buzilishi mumkin. Bunday holatlar esa ruhiyatni muhofaza (himoya) qilish zaruratini tug‘diradi. Ayniqsa tibbiyot xodimlari faoliyatida asabiy holatlar ko‘p uchraydi. Buning uchun ruhiyatni muhofaza qilish usullaridan foydalanish zarur, bularga quyidagilar kiradi: 1)taqqoslash–identifikatsiya; 2) moslashish – proyeksiya; 3) e’tiborni chalg‘itish yoki o‘zgartirish; 4) unutish yoki siqib chiqarish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling