179
bilan zararlanib, ularning 90 % rivojlangan mamlakatlarda
yashaydilar. Saxara atrofida (Afrika) ikkala infeksiya
qo‘zg‘atuvchi bilan zararlanish nisbati har 100000 aholiga
1000 kishdan ko‘pni tashkil qilar ekan. dunyo
miqyosida SPId
kasalligiga chalinganlarning uch nafardan biri sil kasalligidan
vafot etar ekan.
Patogenezi. Sil mikobakteriyasi bilan zararlanganlarning
10 %dan ortig‘i sil kasalligi bilan kasallanadilar. Bunda
organizmning immun qobiliyati pasayganda,
nafas olishda
tushgan sil mikobakteriyalari rivojalanishi uchun qo‘lay holat
bo‘lib, kasallik rivojlanib. «Birlamchi sil» deb ataluvchi kasallik
bilan kasallanadilar.
«Surunkali - ikkilamchi yoki kattalar turi» deb nomlanuvchi
sil kasalligi ham mavjud. U dastlabki
sil kasalligi bilan
og‘riganda to‘liq davolanmasa retsidiv natijasida rivojlanadi. Bu
holat o‘pkada saqlangan ikobakteriyalar organizmning immun
qobiliyati susayganda yuzaga keladi. Sil kasalligi yuqtirilgandan
so‘ng 2 yil davomida surunkali formasiga o‘tadi. Biroq bunday
holatlar 20-30 yildan so‘ng ham sodir bo‘lishi mumkin. Hozirgi
paytda sil kasalligi ko‘proq keksa kishilarda kuzatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: