H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»
Download 485.49 Kb.
|
Hamshiralik ishi-www.hozir.org
Oshqozon-ichak infeksiyalari. Yoz fasli odamlarga olam-
olam quvonch olib keladi. Mevalar pishib, to‘kinchilik bosh- lanadi. Uzoq-yaqin joylarga sayrga chiqish imkoni tug‘iladi. Meva-sabzavotlar pishishi bilan o‘tkir oshqozon-ichak infek- siyalari ham avj oladi. Bunda qorin og‘rig‘i, diareya kabi nox- ush holatlar yuzaga chi qishi mumkin. Chunki keksa kishilarda infeksiyaga tabiiy ravishda qarshilik ko‘rsatish kuchi pasaygan bo‘ladi. Bu muammolarning oldini olish uchun ayrim oddiy qoi- dalarga rioya qilish lozim bo‘la di: 95
dan saqlaning; – ovqatlanish oldidan va ovqat pishirish oldidan qo‘llarni yaxshilab sovunlab yuving; – bozordan sotib olingan va tomorqadan terilgan hamma mevalar, sabzavotlarni tozalab yuving va qaynoq suvga chaying; – issiq havoda sut mahsulotlarini iste’mol qilishda ehtiyot bo‘ling. Mehnatga layoqatli yoshdagi (25–64 yosh) katta kishilar ning sog‘lig‘i, oila salomatligi uchun va umuman aholi farovonligi uchun alohida muhim o‘rin tutadi. Aholining eng katta guruhi va jamiyatda asosiy ishlab chiqaruvchi kuch bo‘lgan bu kishi- lar noinfeksion kasalliklarga ko‘p chalinadilar. Bu yoshdagi erkaklaro‘rtasidao‘limijtimоiymuvozanatbuzilishinivujud- ga keltirib, uning oqibatida katta yosh guruhlarida ayollar erkak- larga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qiladi. Erkaklar o‘rtasidagi o‘limning yuqori ligini klinik tibbiyot va jamoat sog‘lig‘ini saqlashdagi mavjud bi limlar va texnologiyalar yordamida bar- taraf etish mumkin. Katta yoshdagi erkaklar xavf omilini pas- aytirish va salomatlik omilining ta’sirini kuchaytirish uchun profilaktikvakliniktibbiyotningsa’y-harakatlarijamlanadigan maqsadli guruh bo‘lib qolishlari kerak. Kasallanish va o‘limga sabab bo‘ladigan xavfli omillar orasida organizmning o‘ziga xos ichki va unga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillari bor. Ularda yuz beradigan ko‘pgina kasalliklar vao‘limxavfiyoshga,jinsgavagenetikmoyillikkaaloqador ichki omillardan sodir bo‘lishiga qaramay, ularning talaygina qismi tashqi individual turmush tarzi va tevarak-atrofga bog‘liq bo‘ladi. Erkaklar o‘limi 1950- va 1970-yillar orasida o‘sgan, biroq 1970-yildan boshlab o‘zgarmagan va pasayib borgan. Katta yoshdagi aholi salomatiligi darajasini oshirish uning ha yot tarzini o‘zgartirishga, individual xavfni kamaytirishga va 96
va rakni pasaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli birlamchi va ikkilamchiprofilaktikdasturlarishlabchiqishnitalabqiladi.Bu o‘zgarishlarning ko‘pchiligi quyidagi masalalarga yo‘naltirilishi kerak: – chekishdan voz kechish; – kletchatka miqdori ko‘p va yog‘lar kam bo‘lgan par- hez taomlar; – muntazam jismoniy mashqlar; – yo‘llarda va ish joyida xavfsizlik; – zo‘ravonlikka qarshi kurash; – tanlab testlashga muhtoj bemorlarni aniqlash uchun dispanse rizatsiyalash; – gipertoniyaga umumiy testlash va uni davolash; –umumiytestlash,xavflio‘smalargaxavfomillariyuqori bo‘l gan guruhlarni testlash va tegishlicha davolash; – surunkali kasalliklar, jumladan qandli diabet va glaukoma- ning ilk belgilariga test o‘tkazish va ularni davolash; – psixologik va psixiatrik yordam bo‘yicha xizmatlar; – infeksion kasalliklar profilaktikasi va ularni to‘g‘ri davolash; – katta yoshdagi hamma aholini difteriya – qoqshol anatok- sini, barcha guruhlarini grippga va pnevmokokk infeksiyalari- ga qarshi vaksina bilan immunizatsiya qilish. Jamoat sog‘liqni saqlash tizimi katta yoshdagi aholi kasal- langanda kasallikning og‘irligini pasaytirish uchun zarur bir- lamchiprofilaktikavatestlashdasturlariniamalgaoshirishga javobgar hisoblanadi. 45–64 yoshdagi shaxslar chekish, ortiqcha ovqatlanish, jismoniyharakatbilanshug‘ullanmaslikkabixavfliomillar- ga, ayniqsa, sezuvchan bo‘ladilar. Ular, shuningdek, o‘z ish- laridan,ishniyo‘qotganlaridaesaijtimoiyvaoilaviyixtiloflar- 97
ligidan va oilaning buzi lishidan iztirobga tushadilar. Bu omillar ilmli,ijtimоiyvakasbdarajasiyuqorikishilargaqaragandabilim saviyasivaijtimоiymavqeyipastkishilardako‘proquchraydi. Download 485.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling