H jamolxonov


Download 5.34 Mb.
bet148/170
Sana20.11.2023
Hajmi5.34 Mb.
#1789312
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   170
Bog'liq
H jamolxonov

Frazeologik butunlik — frazemaning umumlashgan ko‘chma ma’nosini shu frazema tarkibidagi so‘zlar ma’nolari bilan izohlash mumkin bo‘lgan ibora.
Frazeologik chatishma — frazemaning umumlashgan ko‘chma ma’nosi shu frazema tarkibidagi so’zlar ma’nolari bilan izohlanmaydigan ibora.
FRAZEMALARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARIGA KO‘RA TURLARI
Adabiyotlar: 11 [83-87], 27 [113-115, 123-125, 127-128, 137— 141, 142-143], 32 [88], 110 [6-9].

  1. §. Frazemalarning shakl munosabatiga ko‘ra turlari

Frazemalarning shakl munosabati asosida frazeologik omonimiya va frazeologik paronimiya yuzaga keladi:

  1. Frazeologik omonimiya frazemalarning ifoda planidagi (shakldagi, ti zilishdagi) tenglik hodisasidir.

Qiyos qiling: 1. Jon bermoq — «barhayot qilmoq»: ... Odamzodga jon bergan ham, jonini oladigan ham yaratganning o‘zi (P.T.)

  1. Jon bermoq — «oimoq» «so‘nggi marta nafas chiqarmoq»: Semiz va hamisha yurak kasalidan qiynalib yurgan xotin arava ustida yulduz to ‘la osmonga termilib jon berdi. (Sh.R.) Yana: 1. Ustidan chiqmoq — «Biror narsa qilinayotganda tepasiga borib qolmoq»: Qaynanangiz rosa sevarekan, rais, — dedi Ro‘zi polvon hazil aralash, — ovqatning ustidan chiqdingiz (Sh.R.). 2. Ustidan chiqmoq — «Bajarmoq»: Demak, Hakimov telefonda ■bergan so‘z,ining ustidan chiqibdi (P.Q.).

Shaklan teng bo’lgan frazemalar tilshunoslikda omofrazemalar deb nomlanadi97.
Erkin birikma bilan frazema (turg’un birikma) o’rtasidagi shakliy tenglik hodisasi frazeologik omonimiya emas, frazeologik omonimlik sanaladi. Demak, bunday holatlarda «Omonimiya» va «omonimlik» atamalari o’zaro farqlanadi. Chunonchi: 1. Ko'zyummoq (erkin birikma) — «Ko‘zini yumib

olmoq» ma’nosida; 2) Ko‘zyummoq (turg’un birikma, frazema) — «ko‘ra- bila turib e’tiborsiz qoldirmoq» ma’nosida; 3) ko‘zyummoq(turg‘un birikma, frazema) — «vafot etmoq» ma’nosida. Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida erkin va turg‘un birikmalar, ikkinchi va uchinchisida esa turg‘un birikmalar (frazemalar) o’rtasida shakliy tenglik borligini ko’ramiz. Birinchi va ikkinchi inisollardagi shakliy tenglik omonimlik sirasiga, ikkinchi va uchinchi misollardagi shakliy tenglik esa omonimiya sirasiga kiradi.


  1. Download 5.34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling