H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Sanoat sohasinining rivojlanishi. Yoqilgʻi energetika sohasi rivoji


Download 1.94 Mb.
bet31/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

6.3. Sanoat sohasinining rivojlanishi. Yoqilgʻi energetika sohasi rivoji. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlarini rivojlantirish bilan bir qatorda mamlakatning yoqilgʻi mustaqilligiga erishishga alohida e’tibor qaratildi. Oʻzbekiston hududida katta gaz zahiralari va 160 dan ortiq neft koni mavjud. Biroq sobiq Ittifoq davrida Oʻzbekiston ittifoqdosh respublikalardan olib kiriladigan neft mahsulotlariga qaram boʻlgan. Xususan, XX asrning 90-yillari boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari keltirilar, 600 ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun berilardi. Shu boisdan mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash boshlandi.
Respublikada tarqoq holda faoliyat yuritayotgan neft hamda gazni qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalari 1992-yilda tashkil etilgan “Oʻzbekneftgaz” konserniga birlashtirildi. 1998-yilda esa u “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi. Mazkur kompaniya rivojlangan davlatlardagi kompaniyalar bilan hamkorlik oʻrnatib, 1995-2000-yillarda tarmoqqa 1,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida xorij sarmoyasini jalb etdi. Natijada respublikamizning Ustyurt, Buxoro-Xiva, janubiy-gʻarbiy Hisor, Surxondaryo, Fargʻona mintaqalarida gaz, neft va gaz kondensati qazib oluvchi 92 ta korxona kengaytirildi, yangi texnik uskunalar bilan jihozlandi.
Yaponiyaning “Mitsuiy” firmasi bilan hamkorlikda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi jahon andozalari darajasida ta’mirlandi. Mazkur korxonaning dizel yoqilgʻisi yoqilgʻisi uskunasini zamonaviy qismlar bilan jihozlashga 178 mln. AQSh dollari sarflandi. Bu korxonada 50 dan ortiq turdagi yoqilgʻi mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Neft mustaqilligiga erishishda AQShning “Dresser” va “M.Y.Kollogg” hamda Yaponiyaning “Nisho Ivali” kompaniyalari ishtirokida 1997-yilda barpo etilgan, yiliga 2,5 mlrd. Kubometr gaz haydash quvvatiga ega boʻlgan Koʻk dumoloq compressor stansiyasi, Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor shahrida barpo etilgan neftni qayta ishlash zavodining oʻrni katta boʻldi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodini bunyod etishda Fransiyaning “Texnep” kompaniyasi hamda “Kredi Kommersial de Frans” va “Pariba” banklari, Yaponiyaning “Marebeni” va “Jey-Ji-Si” kompaniyalari va “Eksport-import banki”, AQShning “Cheyz Manxetten” banki, Turkiyaning “Gama” kompaniyasi oʻz samoliyotlari, texnik asbob-uskunalari, mutaxassis-quruvchilari bilan faol qatnashdi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1997-yil 22-avgust kuni ishga tushirildi va benzin, aviakerosin, suyultirilgan gaz, dizel yoqilgʻisi kabi mahsulotlar ishlab chiqara boshladi. Zavod qurilishi jarayonida 262 mln. AQSh dollari oʻzlashtirildi.
Zavod qurilishiga “Oʻzbekneftgaz”, “Oʻzmontajmaxsusqurilish”, “Neftgaz-qurilish” va boshqa sanoat, transport korxonalari, tegishli vazirliklar ulkan hissa qoʻshdilar.
Respublikada neft mahsulotlariishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilib, chetdan neft mahsulotlari sotib olish qisqardi. Sanoat va aholi ehtiyojlari oʻsishi hisobiga hozir ham Oʻzbekiston neft mahsulotlarini import qiladi. Masalan, 2022-yil yanvar-sentyabr oylarida 738,4 mln. dollar neft va neft mahsulotlari import qilgan boʻlsa, 97,9 mln. dollar neft mahsulotlari eksport qilgan28.
Mustaqillik yillarida tabiiy gaz ishlab chiqarish ham oʻsib bordi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling