H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


-yil 4-dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy


Download 1.94 Mb.
bet49/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

1993-yil 4-dekabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengeshining oʻn toʻrtinchi sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekistonning shimoliy-gʻarbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-gʻarb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoliy-gʻarbida Ustyurt tekisligi, shimoliy-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpogʻistonning umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat boʻlib, u hududining kattaligi jihatdan Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari orasida birinchi oʻrinda turadi.
Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmasi 16 ta tuman va 1 ta shahardan iborat: Amudaryo, Beruniy, Bozatov, Ellikqal’a, Toʻrtkoʻl, Kegeyli, Chimboy, Qoraoʻzak, Taxtakoʻpir, Qonlikoʻl, Shoʻmanoy, Qoʻngʻirot, Moʻynoq, Xoʻjayli, Taxiatosh, Nukus tumanlari va poytaxt – Nukus shahridir.
Qoraqalpogʻiston Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega boʻlgan suveren respublikadir. Qoraqalpogʻiston oʻz Konstitutsiyasi, bayrogʻi, gerbi va gimniga ega. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Respublika parlamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deb ataladi. Respublikada umumiy rahbarlik Joʻqorgʻi Kenges Raisi - Qoraqalpogʻiston Respublikasi parlamenti Raisi tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Joʻqorgʻi Kengesning 65 deputatdan iborat tarkibi umumxalq saylovi asosida muqobillik asosida saylanadi. Deputatlar Qoraqalpogʻiston qonunchilik tizimini yaratishda ishtirok etadilar.
Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengashining Raisi, Raisning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, yirik konsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi oʻz vazifasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpogʻiston Respublikasining doimiy vakolatxonasi faoliyat koʻrsatadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan qator jamoat tash-kilotlari bu yerda demokratik jarayonlarning tobora qaror topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda, Respublika hududida hukumatga qarashli boʻlmagan qator tashkilotlar, jumladan, “Orol va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi”, “EKOSAN”, “Aralsos”, “Sogʻlom avlod uchun” singari bir qator xalqaro tashkilotlarning boʻlimlari ish olib bormoqda.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling