H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Yalpi hududiy mahsuloti (YaHM)
Download 1.94 Mb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Infratuzilmani rivojlantirish sohasida
Yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 2017-2021-yillarda 32% yoki 26,3 trln. soʻmga oʻsdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,8 trln. soʻmdan 16,6 trln. soʻmgacha (30% oʻsish) oʻsdi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 20%ga oʻsib, 2021-yilda 12,3 trln. soʻmni tashkil etdi (2017-yilda - 5,0 trln. soʻm). Hududda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 2017-yildagi 19,2 mingdan 2021-yilda 27,4 ming taga yetdi (oʻsish 59%). Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2017-2021-yillarda 102 km gaz quvuri tarmoqlari, 105 km avtomobil yoʻllari ishga tushirildi hamda 2 278 km suv ta’minoti tarmoqlari tortildi va ta’mirlandi. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va munosib turmush sharoiti yaratish borasida aholini munosib uy-joy bilan ta’minlash kabi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, 2017-2021-yillarda hududda 4 390 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha ta’lim muassasalarida 15,2 ming, maktablarda 38,3 ming oʻrin yaratildi, shifoxonalarda 930 ta koykalar joylashtirildi. 2021-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻyicha yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi joriy narxlarda 26 250,7 mlrd. Soʻmni tashkil etdi va 2020-yil bilan taqqoslaganda 7,4 % ga oʻsdi. Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha YaIMning shakllanishida Qoraqalpogʻiston Respublikasining qoʻshgan hissasi 3,6 % ga yetdi. Shu davr mobaynida 127 mingga yaqin ish oʻrni yaratildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2022-yilning yanvar oyida hisoblangan Ishbilarmonlik faolligi indeksida (IFI) Qoraqalpogʻiston Respublikasida eng yuqori oʻsishni koʻrsatdi. Amaliyotda asosan mintaqani rivojlanish strategiyasi davlat tomonidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlar orqali amalga oshiriladi. Misol uchun mintaqani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvor vazifalar qatoriga kiritilganligi sababli, Qoraqalpogʻiston Respublikasini 2017-2018-yillarda kompleks rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Oʻzbekiston Prezidentining 2020-yil 11-noyabrda qabul qilingan “2020 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori shahar va tumanlar “oʻsish nuqtalari”ga muvofiq iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini yanada rivojlantirishga turtki berdi. Orolboʻyi rivojlanishida sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun Qoraqalpogʻistonning har bir tumani hududlardan biriga biriktirilgan. Masalan, Moʻynoq tumani Toshkent viloyatiga, Qoraqalpogʻiston poytaxti Nukus esa Toshkent shahriga biriktirilgan. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling