H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Download 1.94 Mb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2
9.2. Iqtisodiy rivojlanishi.
Oʻzbekistondagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirilishida koʻp millatli Qoraqalpogʻiston xalqining ham hissasi bor. Shuning uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov: “Qoraqalpoq xalqi doimo yurtimizning tayanch togʻlaridan hisoblangan”, - deb ta’kidlaydi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi yirik tabiiy, mineral va qishloq xoʻjaligi resurslari, mehnat salohiyati, yoʻl, transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, sanoat infratuzilmasi, qulay geografik joylashuvi va katta hududiga ega. Qoraqalpogʻiston hududidan foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati, neft, qurilish xom ashyolari: qoplama toshlar, gips, ohaktosh, keramzit va sement, konlardan ruda xom ashyosi olinadi. Sanoatida xom ashyo yetkazib beruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar mavjud. Sanoatida elektroenergetika, yoqilgʻi sanoati, kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik va metallsozlik, oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz, un-yorma va aralash yem, poligrafiya sanoat tarmoqlari bor. Energetika sohasida Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi mavjud. U Qoraqalpogʻiston va qoʻshni viloyatlarning elektr energiyasiga boʻlgan talabini qondiradi (stansiyaning oʻrtacha yillik quvvati 443,4 MVt). Mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpogʻistonning rivojlanishiga ham ulkan e’tibor berilmoqda. Aynan ana shunday e’tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti - Nukus shahridan boshlab, tumanlar markazlari, shahar va qishloqlar, hatto chekka ovullargacha har tomonlama oʻzgarib, rivojlanib bormoqda. Oʻlkada mulkchilikning yangi shakllari paydo boʻldi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida xususiy sektorning hissasi ordi. Jumladan, bank-moliya tizimi butunlay yangi shakl va mazmunga ega boʻldi. Bu yerda davlat banklari bilan birga tijorat va xususiy banklar ham faoliyat koʻrsatmoqda. Agrosanoat banki va sanoat-qurilish banklari ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. Qoraqalpogʻiston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. Qoraqalpogʻistonda ulgurji va birja savdosi bilan shugʻullanuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat koʻrsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchi-lar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng huquqliligini ta’minlash choralari koʻrildi. Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan iqtisodiy-ijtimoiy oʻzgarishlar, qurilish va obodonchilik ishlarini sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi. Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan, sahro bagʻridagi moʻjiza deb nom olgan Qoʻngʻirot soda zavodi, Ustyurt gaz-kimyo kompleksi, Nukus polimer, Samsung-Nukus, Nukus elektroapparat, “Lanextrakt” qoʻshma korxonasi, “Nukus Med Tex” MCHJ, “Tertkyl shiyshe idislari” MCHJ, Xoʻjayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qoʻshma korxonasi, Qoʻngʻirotdagi karbid, Nukusdagi marmar va kabel zavodlari, Oʻrga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” majmualari, Qoraoʻzak tumanidagi “Qoraqalpoq sement” korxonasi, Toʻrtkoʻl tumanidagi “Vegateks global” korxonasi kabi zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, 345 kilometrlik Navoiy - Nukus temir yoʻli, Nukus bilan Xoʻjaylini bogʻlaydigan ulkan koʻprik, Qoʻngʻirot avtomobil yoʻli, oʻnlab umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san’at maktablari singari koʻplab inshootlar - bularning barchasi istiqlol mevasidir. Mustaqillik yillarida mahsulot ishlab chiqarish ham koʻpaydi, xususan past voltli apparaturalar, yoʻl qurilishi mashinalari ehtiyot qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, yigʻma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, mebellar, paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar, qandolatchilik mahsulotlari, oʻsimlik yogʻi, uzum vinosi, salqin ichimliklar, osh tuzi va boshqalar ana shular jumlasidandir. Birinchi Prezidentimizning tashabbusi bilan tamal toshi qoʻyilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi 2016-yil 21-may kuni ishga tushdi. Bu gazni qayta ishlash majmuasi mahsulotni qayta ishlash hajmiga koʻra faqatgina Markaziy Osiyodagina emas dunyoda sanoqli korxonalar qatoriga kiradi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aytish kerakki, bu dasturlar respublikani asrlar davomidagi oddiy agrar oʻlkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalar, transport-kommunikasiya tarmoqlari, yuksak malakali kadrlarga ega boʻlgan qudratli mintaqaga aylantirishni nazarda tutadi. Dasturlarning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilishi natijasida qoraqalpoq zamini bugungi kunda tanib boʻlmas darajada oʻzgarib, yildan yilga chiroy ochib, barqaror sur’atlarda rivojlanib borayotgan diyorga aylandi. Mustaqillik yillarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida institutsional va tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishda ma’lum ijobiy siljishlarga erishildi. Noqulay ekologik sharoitga qaramasdan mintaqada makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida islohotlarni amalga oshirish oʻzining ijobiy samaralarini koʻrsatmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki mintaqada iqtisodiy oʻsish sur’atlari 2005-2017-yillarda umummamlakat koʻrsatkichlariga nisbatan yuqori boʻlgan. Tahlillarni koʻrsatishicha ushbu yuqori iqtisodiy oʻsish sur’atlari avvalambor mintaqada qurilish, sanoat va xizmat koʻrsatish sohalari hisobiga erishildi. Ayniqsa, 2016-yilda yuqori iqtisodiy oʻsish (18,7 foiz) yangi qurilgan Qoʻngʻirot soda zavodi va Ustyurt gazkimyo majmuasi hisobiga toʻgʻri keladi. Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari iqtisodiyot tarkibini shakllanishi bilan ham toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq. Keyingi yillarda, yalpi hududiy mahsulotning tarkibida, ya’ni diversifikatsiya jarayonida ma’lum oʻzgarishlar kuzatilgan. Oʻzbekiston iqtisodiyotining tarmoqlararo tarkibida 2005-2017-yillarda bir qator ijobiy siljishlar yuz berdi. Jumladan, yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 14,2 foizdan 26,7 foizga oshgan boʻlsa, qishloq xoʻjaligining ulushi 30,1 foizdan 19,2 foizga kamaygan. Qoraqalpogʻiston Respublikasida ishlab chiqarilgan ichki hududiy mahsulotning tarkibiy oʻzgarishida ushbu tendensiyani kuzatish mumkin. Bunda sanoatning ulushi keskin oshgan (9,5 foizdan 32,7 foizga), qishloq xoʻjaligining ulushi esa kamaygan (21,3 foizdan 15,2 foizga). Ushbu vaziyatni mintaqa iqtisodiyoti tarkibini shakllantirishda yuz bergan ma’lum sifat oʻzgarishlar bilan izohlash mumkin. Agarda Qoʻngʻirot soda zavodi va Ustyurt gazkimyo majmuasi hisobga olinmasa, sanoatning ulushi kamaygan va xizmatlar sohasining rivojlanish darajasi talablarga javob bermasligi, ekologik vaziyatning (Orol dengizi inqirozi, suv va yerning sifat koʻrsatkichlari tushib ketganligi) salbiy natijalar ekanligini qayd etish lozim. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling