H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Kamayib boruvchi me’yoriy naflilik qonuni. Foydalik miqdorini


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
10.4. Kamayib boruvchi me’yoriy naflilik qonuni. Foydalik miqdorini 
o‘lchash 
Gossenning birinchi qonuni. Deylik, iste’molchi A tovarni sotib oldi. A 
tovar har bir birligining o‘ta foydaliligi bir xilmi?
Boshqacha aytganda, iste’molchi A tovarning istalgan birligidan bir hil 
foyda ko‘radimi? Ne’matlar naflilik samara darajasi ularning cheklanganligi 
va qayta ishlab chiqarilish imkoniyatiga bog‘liqdir. Ne’mat birliklari sonining 
ko‘payishi bilan unga bo‘lgan ehtiyoj tobora to‘yina boradi. Har bir yangi 
birlikni iste’mol qilib borishi bilan to‘yinilishi darajasi o‘sib, ne’matning 
naflilik darajasi sekin-asta kamayadi. Masalan, birinchi stakan suvdan 


232 
qoniqish, ikkinchi yoki uchinchisinikidan ancha yuqori. Demak, uchinchi va 
to‘rtinchi stakan suvlarning foydaliligi alohida shaxs uchun mazkur misolda 
birinchi yoki ikkinchi stakanlarga nisbatan ancha kam. To‘rtinchi stakan suv 
umuman, kerak bo‘lmasligi ham mumkin.
Agar boshqa tovarlarni iste’mol qilish o‘zgarmasa, A tovarga ehtiyoj 
to‘yib borgan sari bu tovarning keyingi birliklaridan ehtiyojni qondirish 
pasayadi, ya’ni A tovar har bir keyingi birligining o‘ta foydaliligi kamayadi. 
Ushbu qat’iy va doimo takrorlanadigan o‘zaro bog‘liqlik va iqtisodiy 
hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi o‘ta naflilikning kamayishi qonuni, deb nom 
oldi. Avval mazkr qonun G.Gossen tomonidan (1854) ehtiyojlarning to‘yinishi 
qonuni sifatida nomlangan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda u Gossenning birinchi 
qonuni nomini olgan.
Ko‘pchilik tovarlar uchun bu qonun tovarlarning ikkinchi yoki uchinchi 
birligidan harakat qiladi, ya’ni tovarlarning navbatdagi birligini olish bilan
ularning o‘ta foydaliligi pasayadi. Alohida hollarda biron-bir tovarni iste’mol 
qilishning boshlang‘ich bosqichida o‘ta naflilik ko‘tarilishi mumkin. Masalan, 
issiq kunda ikkinchi stakan suvdan olingan qoniqish (tashnalikdan) 
birinchisinikiga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
Ammo shunday savolga duchor bo‘lgan odam har kuni non iste’mol 
qiladi, ammo nima uchundir iste’mol qilish davomida undan qoniqish darajasi 
pasayganini his qilmaydi? Bunday qarashning xatoligi shundaki, bu yerda 
baholash ob’ekti noto‘g‘ri belgilangan, bizni bir kunda iste’mol qilingan 
nonning foydaliligi emas, bir kunlik foydaliligi qiziqtiradi. Agar umumiy 
kunlik naflilik o‘zgarsa, o‘ta naflilik haqida gap yuritish mumkin. Masalan, siz 
bir kunda 200 gr non istemol qilasiz, agar bu normani 100 gr. ga oshirilsa 
undan olgan qoniqishingiz avvalgisidan (ya’ni 100 gr. dan 200 gr. gacha) olgan 
qoniqishingizdan kamroq bo‘ladi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling