Qimmatbaho va eng yuksak naflilik
Shunday qilib, qiymat mavjud ne’mat so‘nggi birligining sub’ektiv eng
yuksak foydaliligi bilan belgilanadi. Agar ne’mat haddan tashqari ko‘p bo‘lsa,
uning birgalikdagi foydaliligi qancha katta bo‘lmasin, ne’matning so‘nggi
birligi foydaliligi nolga teng bo‘ladi, chunki qaysi birlikni so‘nggi deb
hisoblashdan qati nazar, birlikning foydaliligi nolga tengdir. Mazkur ne’mat
Menger terminologiyasida noiqtisodiy bo‘ladi. Agar ne’matlarning birgalikdagi
foydaliligi (masalan, brilliantning) uncha katta bo‘lmasa, ular miqdorining
cheklanganligi so‘nggi birligining qiymati yetarli darajada yuqori bo‘lishiga
olib keladi va bu ne’mat iqtisodiy xarakter hamda qiymatga ega hisoblanadi.
Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosa chiqarsak bo‘ladi: o‘zining
eng birinchi ko‘rinishida qiymat konkret individum uchun mazkur iqtisodiy
ne’mat turlarining nisbiy foydalilik tasirining iste’mol bahosidir.
Qiymat ijtimoiy hodisa
Shuni hisobga olish kerakki, birinchidan, ne’matlar osmondan tushmaydi,
balki mehnat va boshqa resurslar yordamida ishlab chiqariladi; ikkinchidan,
rivojlangan xo‘jalik tizimida qiymat individual emas, balki ijtimoiy xarakterga
ega. Individual baholashlarning bozordagi muvofiqlashuvi sodir bo‘ladi.
Ne’matning ijtimoiy o‘ta foydaliligini chiqarishni bozor turli shaxslarning
barobar harakat qilish hollari prinsipi bo‘yicha amalga oshiradi. Bu barobar
harakat qiluvchi ayirboshlashning har bir ishtirokchisining o‘z ehtiyojlarini
maksimal qondirish uchun intilishi ta’siri ostida, stixiyali ravishda vujudga
keladi. Ayirboshlash ishtirokchilari soni ko‘proq bo‘lsa, ayirboshlash
jarayonida ikki shaxs o‘rtasidagi ayirboshlashga nisbatan narxlar ancha tor
chegarada vujudga keladi. Ayirboshlash ishtirokchilari qanchalik ko‘p bo‘lsa
(ularning har biri bozorga o‘zining sub’ektiv baholarini olib kiradi), narx
chegaralari shunchalik tor bo‘ladi va nihoyat qator sub’ektiv qiymatlar
ne’matning yagona ijtimoiy bozor qiymatiga kelishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |