H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
D=F(p) formulasini yaratdi. Bu yerda D
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
- Beshinchisi
D=F(p) formulasini yaratdi. Bu yerda D-talab, P-narxlar, F-funksiya. U talab
narxning funksiyasi ekanligini ko‘rsatdi. Marjinalist inqilobining birinchi bosqichida avstriya maktabi bo‘lgan. Avstriya maktabi ko‘zga ko‘rinarli vakillarining qarashlari uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldirgan. Masalan, Menger chegaraviy naflilik nazariyasi asoslarini ayirboshlashning individual faktlarini qo‘llagan holda ishlab chiqdi. «Eng yuksak foyda» terminini muomalaga kiritgan Vizer bu nazariyadan ishlab chiqarish xarajatlarini baholashda foydalandi. Bem-Baverk esa, o‘zidan avvalgilarning qarashlarini yanada rivojlantirdi. Avstriya maktabi iste’mol tovarlari bozorlarida narxlarning shakllanishini alohida individlarning zarur tovarlarning o‘sha foydaliligiga bergan sub’ektiv baholari bilan belgilanadi. Bu sub’ektiv baholar sub’ektiv qiymatlar, deb atalib, ulardan ob’ektiv qiymatlar chiqarilardi, ya’ni bozorda qo‘shiladigan ayirboshlash proporsiyalari. Avstriya maktabining muhim hususiyati undagi izchil sub’ektivizimdir: avstriyaliklar iqtisodiy fanning barcha kategoriyalarini iqtisodiy sub’ektning buyumga munosabatidan, ularning nimani afzal ko‘rishidan, nimalarni kutishidan, bilimidan chiqarishga harakat qiladilar. 10.3. So‘nggi qo‘shilgan naflilik qiymat nazariyasi inqilobiy g‘oya sifatida Qiymat va marjinalizm. Eng yuksak naflilik nazariyasi «marjinalizm», deb nom olgan ta’limotning tarkibiy qismidir. Eng yuksak naflilik nazariyasining vujudga kelishi qiymat nazariyasida inqilobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Marjinalizmning asosiy g‘oyalari quyidagilardir: birinchidan, qiymatni mehnat sarflari bilan belgilash nomaqbuldir (yoki mehnat, yer va kapital). Ikkinchidan, ne’matning qiymati uni iste’mol qilgan shaxs 229 tomonidan olinadigan foydali samara o‘lchami bilan belgilanadi, ya’ni ne’matning eng yuksak foydaliligi bilan. Uchinchidan, ne’matlarning naflilik individual bahosini aks ettiruvchi aniq iste’molchilar, qiymatni sub’ektiv kategoriyalar sifatida qaraydi. To‘rtinchidan, o‘ta kattalik tushunchasi kiritildi va uning asosida ne’matlarning birgalikdagi va eng yuksak foydaliligi chegaralandi. Beshinchisi -mehnat va kapitalning qiymati va demak, ishlab chiqarish xarajatlari iste’mol tovarlari qiymatidan kelib chiqqan yasama sifatda belgilanadi. Eng yuksak naflilik nazariyasi vakillari iqtisodiy jarayonlar tahlilini odamlarning ehtiyojlarini o‘rganishdan, ne’matlarning naflilik mezonlarini izlashdan boshlash kerak, deb hisoblardilar. Ne’matlarning ana shu ne’matni istemol qilishdan oladigan qoniqishi tushuniladi, ya’ni ne’matlarning foydaliligi ularning odamning biron-bir ehtiyojini qondirish qobiliyati bilan belgilanadi. Eng yuksak naflilik nazariyasi iste’mol ne’matlarining umuman, foydaligini emas, balki bu ne’matlar ma’lum individga keltirishi mumkin bo‘lgan konkret foydalikni nazarda tutadi. Masalan, A iste’molchi X tovarni olar ekan, u buni o‘zining qandaydir ehtiyojini qondirish uchun qilgan, ya’ni Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling