Mavzu: XX asrning boshlarida turkiston. Birinchi rus inqilobining turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga


Download 284.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana20.12.2022
Hajmi284.63 Kb.
#1038314
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 (1)



7-MAVZU: XX ASRNING BOSHLARIDA TURKISTON. BIRINCHI RUS 
INQILOBINING TURKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYATGA 
TA’SIRI 
REJA 
1. XX asr boshlarida Turkistonda siyosiy vaziyat 
2. Birinchi Rus inqilobi sababi, natija va oqibatlari. 
3. Birinchi jahon urushi arafasida Turkiston o‘lkasidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. 
4. Birinchi jahon urushining Turkiston o‘lkasiga ta’siri. 
5. Turkiston o‘lkasida 1916 yilda yuz bergan milliy ozodlik harakatlari va uning 
natijalari.
1-masala 
Mustamlakachilar istilosi davrida ushbu holatlar yanada ko‘proq ko‘zga 
tashlanadigan bo‘ldi. Yevropa davlatlarining XX asr boshidagi mustamlakachilik 
siyosati oqibatida musulmon Sharqi xalqlari o‘rtasidagi an’anaviy aloqalar 
zaiflashib qoldi. Shu bilan birga, ayni shu davrda tashqi madaniy omillar bosimi 
ostida musulmon tamaddunining “omon qolish” muammosi keskin tarzda o‘rtaga 
chiqdi. Makkiavellining “Bo‘lib tashlayu boshqar” prinsipiga amalga qilgan 
mustamlakachi davlatlar necha o‘n yillar davomida qo‘l ostidagi musulmon 
Sharqining – nafaqat uning – hududlarida o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, 
elatlarlaro, dinlararo va kastalararo mojaro va ziddiyatlarni ustomonlik bilan o‘t 
oldirar, rag‘batlantirar va ulardan foydalanib qolishga urinar edi. Bunday 
siyosatning oqibati ushbu hududlarda yashaydigan millionlab kishilarning taqdiriga 
qayg‘uli va fojiali tarzda daxl qilar edi. 
XX asr boshlarida Turkistonda podsho Rossiyasining mustahkam o‘rnashib 
olishi kuzatildi. U o‘z siyosiy agentlari (vakillari) yordamida Buxoro amiri va Xiva 
xoni vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qo‘g‘irchoqqa aylantirib rus va g‘arb 
sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, 
aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini ko‘zlaydi. Ayni chog‘da mahalliy aholining 
talabi va ehtiyojlari nazarga olinmay qo‘yildi, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari bilan 
hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori 
bo‘lgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxo‘rlik, ijtimoiy–siyosiy 
adolatsizlik avj oldirildi. Turkiston mintaqasi XX asr boshlarida uchta siyosiy birlik: 
Turkiston general–gubernatorligi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi hududlaridan iborat 
edi. Turkiston general-gubernatorligi yohud Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasi 
tarkibiga kirgan bo‘lsa, Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiyaga qaram bo‘lgan 
yarim mustaqil davlatlar edi. Turkiston general-gubernatorligining umumiy 
maydoni XX asr boshlarida 1.738.918 km2 ni tashkil etgan. Aholi soni 1897 yilga 
birinchi Butunrossiya aholini ro‘yxatga olishning to‘la bo‘lmagan ma’lumotlariga 
ko‘ra, 5.280.983 kishidan iborat bo‘lgan. Rossiya statistik boshqarmasining 1914 
yilda to‘lmagan ma’lumotlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 6.492.692 kishiga yetgan. 
Turkiston aholisining umumiy miqdorida o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, tojiklar
turkmanlar, qoraqolpoqlar, ko‘pchilikni tashkil etganlar. Ularning miqdori 1897 
yilda–4.986.324, 1914 yilda–5.941.604 kishidan iborat bo‘lgan. Slavyan aholisi 
(ruslar, ukrainlar, beloruslar) ning soni 1897 yilda – 197.240, 1914 yilda–406.607 
kishini tashkil etgan. Bundan tashqari Turkiston aholisining etnik tarkibida boshqa 


xalqlar ham mavjud bo‘lgan. XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida 
mustamlakachilik va ulug‘ millatchilikka asoslangan siyosiy–ma’muriy tizim hukm 
surgan. Rossiya hukumati o‘zbek va boshqa tub xalqlarga siyosiy va insoniy 
huquqlar berishni xayoliga ham keltirmagan. Rossiya matbuoti va ilmiy asarlarida 
Turkiston o‘lkasi ochiqdan–ochiq «Rossiya mustamlakasi» nomi bilan izohlangan. 
Xatto ahvol shu darajaga borib yetganki «Russkiy Turkestan» («Rus Turkistoni») 
atamasini ishlatish odat tusiga aylandi. Shuningdek, tub xalqlar, o‘zbeklar, qozoqlar 
deb asl nomlari bilan emas, balki «inorodes» («begona zot»), tuzemes («erli aholi») 
deb yuritilgan. Mustaqillikning yo‘qotilishi, siyosiy xavfsizlik va adolatsizlik, butun 
jamiyat aholini Rossiya davlatiga qarshi kuchni muxolifatga aylantirdi. Ularning 
orasida tub xalqlar yuqori tabaqalarining ilg‘or vakillari ham bo‘lib, ozodlik 
g‘oyalari borgan sari kuch-quvvatga to‘lib bordi. Bu ilg‘or keyinchalik jadidlar 
siyosiy faoliyatining asosini tashkil qildi. 

Download 284.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling