Mavzu: XX asrning boshlarida turkiston. Birinchi rus inqilobining turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga


Birinchi jahon urushi arafasida Turkiston o‘lkasidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol


Download 284.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana20.12.2022
Hajmi284.63 Kb.
#1038314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 (1)

Birinchi jahon urushi arafasida Turkiston o‘lkasidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. 
O‘zbek xalqi ko‘p ming yillik tarixning muayyan bir davrlarida chet el 
bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashlarida yuz minglab odamlari va 
boyliklaridan ayrildi. Ko‘p shahar va qishloqlar vayronaga aylantirildi. Ammo 
xalqimiz o‘tmish zamonlarda chorizm va sho‘ro davlatining 130 yillik hukmronligi 
davridagidek qirg‘in-barot, talon-taroj va azob-uqubatlarni boshidan kechirmagan 
edi. Bosqinchilar o‘lkani qonga belab, o‘z xohish va rejalariga monand tarzda yangi 
shahar va qasabalarni, temir yo‘llar va sanoat korxonalarini qurib, o‘lkada 
mustahkam o‘rnashib oldilar. Yuz minglab odamlarini ko‘chirtirib kelib, serunum 
va obod yerlarni egalladilar. Oltin, gaz, ko‘mir va boshqa xilma-xil tabiiy boyliklarni 
o‘zlashtirib turdilar. Ayni mahalda o‘zbeklar Rossiyada yuzaga kelgan urushlarning 
girdobiga ham tortildilar. Xususan, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari shular 
jumlasidandir. XX asrning boshlarida Rossiyada nihoyatda og‘ir sharoit va chuqur 
inqiroz hukm surdi. Uning 1904 yilda Yaponiya bilan urushda mag‘lubiyatga 
uchrashi va katta talofat ko‘rishi mamlakatning iqtisodiy haetiga katta zarba berdi. 
Natijada ishchilarning haeti og‘irlashdi va haq-huquqlari inkor etildi. Ommaviy 
kasalliklar ko‘zga tashlandi. Rossiyaning mushkul ahvoli uning mustamlakasi
xususan Turkiston zaminini ham qamrab oldi. Chor hukumati va kapitalistlar urush 
bahonasida ulkadan 41 mln. pud paxta, 3 mln. pud paxta yegi, 200 ming pud sovun, 
70 ming ot, 12797 tuya, 300 ming pud gusht, 474 ming pud baliq, 270 arava, 1344 
o‘tov, ko‘p miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari, quruq mevalarni Rossiyaga olib 
ketishdi. Shuningdek, 1915 yilda Sirdare va Yettisuv viloyatlaridan bir million quy 
jo‘natildi. Ma’lumki, Chor ma’muriyati o‘lkada g‘alla ekinlarini qisqartirish 
hisobiga paxtachilikni rivojlantirgan. U g‘allani Rossiya ichkarisidan keltirib katta 
daromadni qo‘lga kiritmoqda edi. Ammo urush tufayli g‘allani keltirish keskin 
kamaydi. Chunonchi, 1916 yildan Farg‘ona viloyatiga keltiriladigan g‘allasi 12–14 
mln. pudga kamaydi. Butun o‘lkada esa g‘alla yetishmovchiligi 22 mln. pudni 
tashkil etdi. Oziqovqat, kiyim-kechak, gazlama va qurilish jihozlarini narxi kun 
sayin oshib bordi. Masalan gazlamalarning narxi 300–400, kiyim-kechaklarniki 
200–300, qandniki 250, poyafzallarniki 300–400 foizga ko‘tarildi. Farg‘ona 
vodiysida ilgari 5 so‘m turadigan otning narxi 100–200, 5 so‘mlik qo‘yniki – 30–35 
so‘mga oshdi. G‘alla va nonni narxlari juda kutarilib ketdi. Yer solig‘i 1914 yildagi 
6.859.021 so‘mdan 1916 yilda 14.311.771 so‘mga yetdi. Bir pud paxta tolasiga 2 
sum 50 tiyindan qushimcha soliq olish joriy etildi. 1915 yil yanvardan boshlab, tub 
aholidan harbiy xizmatni o‘tamaganliklari evaziga daromadlardan qo‘shimcha 21 
foiz soliq olish buyurildi. Urush tufayli paxta narxi ko‘tarildi. Bundan paxtakorlar 
bir muncha foyda ko‘rishlari mumkin edi. Biroq chor hukumati to‘qimachilik sanoat 
egalarining talabiga ko‘ra paxtaning bozor narxini 30–31 so‘mdan 24,05 so‘mga 
tushirdi. Bu dehqonlarga katta ziyon keltirgan bo‘lsa, kapitalistlarni cho‘ntagini 
to‘ldirdi. Masalan, birgina Tver to‘qimachilik sanoati 1913–1914 yillarda paxtaning 
eski narxidan 1.893.000 so‘m foyda olgan bo‘lsa keyingi 1915–1916 yillarda u 
9.931.000 so‘mga ko‘tarildi. Dehqon ommasi banklar, firmalar va mahalliy 
sudxo‘rlardan olgan qarzlari orqasida ham qashshoqlashgan edilar. XX asr 


ibtidosida nufuzli davlatlar o‘rtasida dunyoni qaytadan taqsimlab, egalik qilish 
maqsadida boshlangan o‘zaro kurash oxir-oqibatda 1914–17 yillarda keng quloch 
yoygan Birinchi jahon urushiga olib kelgandi. Unda 1,5 milliard aholini qamrab 
olgan 38 davlat qatnashdi. Ular bir-biriga dushman ikki guruhdan tashkil topgandi: 
bir tomonda Angliya, Fransiya va Rossiya, ikkinchi tomonda esa Olmoniya, 
Avstriya va Vengriya boshchiliklarida tuzilgan harbiy ittifoqlar. Dastavval 
Yevropada alanga olgan urush so‘ngroq Uzoq va Yaqin Sharq, Afrika, Atlantika, 
Tinch va Hind ummonlari bo‘ylab tarqaldi. Urush harakatlarida 1914 yili 480 
diviziya qatnashgan bo‘lsa, 1917 yilda u 889 taga yetdi. Jang maydonlarida 10 
milyon kishi halok bo‘ldi, 20 milyon kishi dunyodan ko‘z yumdi. Chor hukumati 
urushda ketma-ket mag‘lubiyatga uchrab, o‘n minglab askarlari o‘ldirildi va yarador 
qilindi.

Download 284.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling